„Monopol faoliyatni cheklash
to‘g‘risida“
gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga
qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi
tizimida tuzilgan
Antimonopol
va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol
mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va
rentabel
likni
tartibga solib turibdi.
Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish
murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib,
korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan
keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq
parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin
kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish,
makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar
qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur
investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur
mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002-yillarda
iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari
ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va
ularni himoya qilish choralari to’g’risida» qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini
O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro
moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy
kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya
salmog’I yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999-yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari
hajmida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1999-yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor
tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-
2002-yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd.
AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar
soni 2003-yilda 2087 taga yetdi.
Yoqilg’i mustaqilligi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari
rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga
erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft
mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft
mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash
boshlandi, buning zamini 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni bor
edi.
Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor
stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996-yilga kelib chetdan neft
mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga erishildi. 1991-yilda 2,9 mln. tonna neft
(gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000-yilda bu
ko’rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub
metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilg’i mustaqilligiga erishdi.
Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal
rivojlandi. 1994-yilda barpo etilgan O’zbekiston-Isroil «O’zIzmash» qo’shma korxonasida paxta
terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon
mashinasozligining eng yangi yutug’idir, deb e’tirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomabil ishlab chiqaruvchi
korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yillarda Asaka shahrida «O’zDEU avto»
zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tiko”, “Neksiya” rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga
qo’yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64,9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4
ming, 2004-yilda 70 ming dona engil avtomobil ishlab chiqarildi. «O’zDEU» zavodida 1999-
2014-yillarda “Matiz”, “Lasetti”, “Epika”, “Spark”, “Malibu”, “Kobalt”, “Orlando” rusumli
avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi
28-mamlakatga aylandi. Agar 2000-yilda har 100 ta oilaga o’rtacha 20 ta yengil avtomobil
to’g’ri kelgan bo’lsa, 2013-yilda bu raqam 41,4 taga yetdi. Tadqiqotlarga ko’ra 2013-yilda
mamlakatimizdagi oilalarning 11 % dan ortig’i ikkitadan yengil avtomobilga ega.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKoch
avto» zavodi qurildi. 2000-yilda «SamKoch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili
ishlab chiqardi.
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o’nlab yangi
korxonalar bunyod etildi. Hozirgi paytda «O’zDEU» zavodi uchun zarur bo’lgan butlovchi
qismlarning 20 foizi O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga
yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda.
Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent traktor zavodi, O’zbekiston qishloq
xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent
agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan
qiyinchiliklarni yengib o’tdi. Birgina Toshkent traktor zavodi 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002
ta traktor ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab
tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.
Gaz-kimyo va yengil sanoat. 1995-yil oktabr oyida O’zbekiston bilan AQShning «ABB
Lummus Global» kompaniyasi o’rtasida Sho’rton gaz-kimyo majmuasini qurish bo’yicha
hamkorlik yo’lga qo’yildi. Qurilish ishlari 1997-2001-yillarda amalga oshirildi, majmua
qurilishida 1 mlrd. AQSh dollari hajmida sarmoya o’zlashtirildi. 2001-yil dekabrda Sho’rton
gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna
suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yengil va to’qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Paxtani qayta
ishlovchi
«Qabul-O’zbekKO»,
«Kosonsoy-Tekmen»,
«Papfen»,
«Asnam
tekstil»,
«Karakulteks», «Chinoz to’qimachi», «Qabul-Farg’ona», «Oq saroy to’qimachi» qo’shma
korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi.
Bu tarmoqda xalq ist’emoli mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o’rinlari
yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 2004-yilda bu ko’rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini
eksport qilish hajmlari ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati,
Qung’irot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Yangiyo’l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip
yigiruv fabrikasi va boshqa ko’plab korxonalar bunyod etildi.
Don mustaqilligi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e’tibor
berildi. Xo’jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Respublikada don
mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo’li
izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan-maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli
ekinlar-maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin-maydonlarida donli ekinlar salmog’i 1991-yilda
18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000-yilda 42 foizga o’sdi.
Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari
tayyorlash yo’li izchillik amalga oshirildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don,
shu jumlandan 609,5 ming tonna bug’doy tayyorlangan bo’lsa, 2014-yilda 8 mln. tonna bug’doy
yetishtirildi. O’zbekiston g’alla mustaqilligiga erishdi.
Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi.
Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.
Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi
korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar
berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi,
mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1990-yilda
Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan
keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga
kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab barqaror o’sish
ta’minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997-yilda
106,5 foizga, 1998-yilda 105,8 foizga, 1999-yilda 106,1 foizga, 2000-yilda 106,4 foizga, 2001-
yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003-yilda 108,4 foizga, 2004-yilda 109,4 foizga
o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab
chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib bordi, 1996-yildan
boshlab o’sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996-yilda YalM 101,7 foizga, 1997-yilda
105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999-yilda 104,4 foizga, 2000-yilda 104 foizga, 2001-
yilda 104,5 foizga o’sdi.
Natijada, 2001-yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991-yilga nisbatan 103 foiz
o’sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston iqtisodiy barqarorlikka
erishgan, iqtisodiy ko’rsatkichlari izchil o’sib borayotgan mamlakatdir. 2013-yilda yalpi ichki
mahsulot 8 %, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 %, qishloq xo’jaligi 6,8 % o’sdi.
1991-2013-yillarda YAIMda sanoatning ulushi 14,2 % dan 24,2 % ga, kichik biznesning
ulushi 31 % dan 55,8 % ga o’sdi. YAIMda qishloq xo’jaligining ulushi 34 % dan 17 % ga
kamayishi mamlakatimizning agrar respublikadan sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga
aylanayotganini ko’rsatadi. Eng muhimi xalqimizni oziq-ovqat maxsulotlari bilan to’liq
ta’minlash, kerak bo’lsa ularni eksport qilish imkoniyati yaratildi. 2013-yilda mirishkor dehqon
va femerlarimizning fidokorona mehnati bilan 7,8 mln tonna g’alla, 8,4 mln tonna sabzavot, 3
mln 360 ming tonna paxta yetishtirildi.
Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgarib, aholi turmush saviyasi o’sib bordi. Yirik
inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, izchil o’sish
sur’atlari odamlarning moddiy va ijtiomiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga
zamin bo’lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi
salmoqli darajada o’sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming km gaz tarmog’i, shundan 4,3 ming
kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog’i, shundan 1,9 ming
kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti qariyb 5 barobar, fholi daromadlari jon
boshiga o’rtacha 8,7 barobar o’sdi. So’nggi 10 yil davomida (2004-2014) O’zbekiston yalpi ishki
maxsulotining yillik o’sishi 8 % dan ziyod bo’lib kelmoqda.
Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O’zbekiston Havo
yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini o’rnatgan, u mustaqillik
yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi.
Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda
islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va
faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga
o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-
tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi,
pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng
qo’llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to’lovlar
miqdori 2000-yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari-mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va
boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli kasalxonalar,
95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 15,3 ming o’rinli
akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli dasturlar
amalga oshirilmoqda. 1991-2000-yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz
tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi
bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko’tarildi.
Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 2009-2012-yillarda
mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-
joy massivlari barpo etildi, 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga
topshirildi. 2013-yilning o’zida esa 10 mingta ana shu tipdagi uylar qurildi.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi bunyod
etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8
minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.
Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy yordam
ko’rsatmoqda.
1994-yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan
mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003-yilga kelib, katta miqdorda sarmoya
jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. 2013-yilning o’zida
Respublikamizda 146 ta yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari ishga tushirildi.
2012-yilda Toshkentda o’tkazilgan Ona va bola salomatligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy
konferensiyada qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umri
66 yoshdan 73,5 yoshga uzaygan.Onalar o’limi 2 baravar, bolalar o’limi esa 3 baravarga
kamaygan.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan
xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va 2014-yilda umumiy xarajatlarning 60 foizini tashkil
etdi.
2014-yilga kelib mamlakatimizdagi har uch oilaning bittasiga shaxsiy yengil avtomobil, har
100 oilaga o’rtacha 80 ta muzlatkich, 146 ta televizor (ba’zi oilalarda 2-3 tadan) to’g’ri
kelmoqda. Har bir oila 3-4 tadan uyali telefonlarga ega.
O’zbekiston dunyoda o’z xalqining sog’ligi haqida eng ko’p qayg’uradigan davlatdir. 1997-
yil yurtimizda “Inson manfaatlari yili”, 1998-yil “Oila yili”, 1999-yil “Ayollar yili”, 2000-yil
“Sog’lom avlod yili”, 2001-yil “Onalar va bolalar yili”, 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”,
2003-yil “Obod mahalla yili”, 2004-yil “Mehr va muruvvat yili”, 2005-yil “Sihat-salomatlik
yili”, 2006-yil “Xomiylar va shifokorlar yili”, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008-yil “Yoshlar
yili”, 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”, 2011-yil
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod
turmush yili”, 2014-yil “Sog’lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon
qilinib maxsus davlat dasturlari asosida xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratib
berilmoqda.
Bir so’z bilan aytganda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan
o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor
infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o’tib oldi,
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-
sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini
xususiylashtirish natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning
tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o’zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining
farovonligi o’ziga bog’lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |