20
pok, yuksak ahloqli, ustoz fotihasini olgan dindor oq matodan chakmon,
ko’ylak kiyib, ustidan yupqa xarir kamar bog’lab yurishi kerak bo’lgan. Bu odat
yaqin XIII asrgacha saqlanib kelingan.
“Avesto”da ustozlar haqida alohida ta’kidlar berilgan. Yaxshi ustozlar
“sog’lom
aql xushli farzandlarni, jasur, dono va turli tillarni biladigan o’g’il-
qizlarni, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o’g’lonlarni, yaxshi kelajak,
porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan avlod”ni tarbiyalaydi. U
yoshlar qalbida o’z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg’otadi. Ularni halol mehnat
evaziga rizq-ro’z topib yashashga o’rgatadi”, “Yaxshi ustozlar tangriga yaqin
odamlardir”, deb yaxshi ustozlarni ulug’laydi.
“Avesto”da qiz bolalar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. “O’g’il
bolalarga nisbatan qizlar ilmi donish o’rganishga jiddiyroq kirishsinlar. Zeroki,
ular ota-ona xonadonida bo’lgan vaqtlarida ota ro’zg’orini tartibga solib, ziynat
berib borsalar, jufti xaloli manziliga borgach, bolalar tarbiyasi, ta’lim bilan,
kelajak nasl tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lmoqlari lozim bo’ladi”.
SHu bilan birga yomon ustozlar haqida ham gapiriladi. “Yomon ustoz o’z
loqaydligi bilan, farosatsizligi,
uquvsizligi, hunarini, bilimini, malakasini
takomillashtirish yo’lida zahmat chekmasligi bilan yosh avlodning, umuman,
odamlarning zehnini zanglatadi. Iymon e’tiqodini zaiflashtirib, ma’naviy
jihatdan qashshoqlashtirib qo’yadi. Johiliyat sari yetaklaydi. Odamlarning ijodiy
mehnatini ko’ra olmaydi. Xalqning eng qutlug’ an’anlaridan mahrum etadi.
Jahon xalqlari hayotini yolg’on gaplar bilan parishon qiladilar”
4
. Bunday
faktlardan ko’rinadiki, qadimda ham ajdodlarimiz farzandlarning ta’lim-
tarbiyasiga alohida e’tibor berganlar. Kelajagimiz ko’zgusi bo’lgan
farzanlarimizni ma’naviyatli-ma’rifatli qilib tarbiyalaganlar. Uy-ro’zg’or
ishlarini to’liq o’rgatgandan keyin oila tayyorligini
bilish uchun maxsus
imtixonlardan o’tgan. Undan so’ng turmush qurishga tayyorligi ta’kidlangan.
SHunday qiziqarli dalillarni hisobga olgan holda “Avesto” farzandlarimiz
tarbiyasida ta’limning ahamiyati, ustozning yosh avlod tarbiyasida jamiyat
oldidagi burchi, ma’suliyati haqidagi mulohazalari hozirgi turmushimizda ham
o’z qiymatini yo’qotgan emas.
Hozirda ham farzandlarimizni jismonan sog’lom, ruhan va aqlan
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga
ega qilib tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning
ijtimoiy faolligini oshirish, yosh
avlodning intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish,
bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni
sportga keng jalb etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, iste’dodli bolalar,
o’smirlar va yoshlarni to’g’ri tanlash va izlab topishni tashkiliy jihatdan
uyushtira
bilish lozim
5
. Ularning iste’dod va qobiliyatini o’rganish, yuzaga
4
Hamidjon Homidiy “Avesto”dan “SHohnoma”gacha. –Toshkent: SHarq, 2007. - 67-73 betlar
5
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid
21
chiqarish, buyuk maqsadlar sari yo’naltirish alohida ijtimoiy ahamiyatga ega.
Farzanlarimiz uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar berilgan.
Foydalanishni bilgan yoshlarimiz juda katta yutuqlarga erishmoqda. O’zi, oilasi,
davlati, jamiyati uchun kerakli munosib insonlarga aylanmoqda.
Yaqin yillarda farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishida asosiy bo’g’in
xisoblangan ta’lim tizimida, sezilarli zalvorli katta islohotlar amalga oshirildi.
E’tiborga molik islohotlardan maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi
bo’ldi. Bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
harakatlar
dasturida yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog’chalar
qurilishi, ta’lim-tarbiya sifatini yuqori bosqichga ko’tarish nazarda tutilgan.
Buyuk mutafakkirimiz Yusuf Xos Xojib, “O’quv qayda bo’lsa ulug’lik bo’lar,
bilim qayda bo’lsa buyuklik bo’lar”, “Bolani bilimli qilmoqchi bo’linsa, unga
yoshligidanoq bilim o’rgatib borish kerak”, deb purma’no fikrlarini meros qilib
qoldirgan
6
. Ta’lim-tarbiya davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga aylandi.
Ko’plab ota-onalar, o’qituvchi va o’quvchilar hamda keng jamoatchilik
tomonidan bildirilgan takliflar asosida 11 yillik ta’lim olish qayta tiklandi.
CHunki insonning eng asosiy jamiyatdagi o’rni yurakdan qilgan mehnati, ilmu-
ma’rifati, hunari, chiroyli go’zal axloqi bilan belgilanadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, ijtimoiy hayotimizning qaysi
jabhasini olmaylik, amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar amaliy tasdig’ini
topmog’i uchun biz, siz- hammamiz uyg’oq qalb, uyg’oq ruh va uyg’oq
dunyoqarash, ezgulik, yaxshilik bilan o’zgarishlarga o’z
hissamizni
qo’shishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: