“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


O’rta Osiyoda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimgi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

2.O’rta Osiyoda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimgi 
Baqtriya, Xorazm, Qadimgi So’g’d. 
Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga–
dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu 
jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va ularning bir yerga to’planishi 
uchun zamin yaratadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi o’z navbatida 
mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. 
Demak, qadimgi xo’jalikning ixtisoslashuvi, sug’orma dehqonchilikning 
rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, 
hunarmandchilikka turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va 
savdo-sotiq taraqqiy etish natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy 
yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori 
hisoblanadi. O’rta Osiyoning janubida joylashgan o’nlab yangi tipdagi voha-
davlatlar so’nggi bronza va ilk temir davrida (ITD 1) ba’zan yirik siyosiy 
birlashmalar-podsholikklarga birlashar edilar. O’rta Osiyo janubida bular 
Baqtriya, Marg’iyona va “Katta Xorazm” edi.
“Avesto”da O’rta Osiyodagi, shu jumladan, O’zbekistondagi ko’plab 
jug’rofiy nomlar va xalqlarning nomlari tilga olinadi. Unda shunday deydilar: 
“eng yaxshi yerlar va mamlakatlarning birinchi qilib, men Axura, Mazda, 
Ar’yanem Vaychaxni yaratdim... Yaxshilarning ikkinchisi so’g’dlar 
yashaydigan Gava... yaxshilarning uchinchisi.. Mauru (Mavr)... yaxshilarning 
to’rtinchisi.. Bahdi (Baqtriya)... Beshinchisi mamlakat-Nisoya (Niso)... ” va 
hokazo. Hammasi bo’lib “Avesto”da 16 ta mamlakat sanab o’tiladi, ular orasida 
Ar’yaem Vaychax, Sug’d (Gova), Baqtriya va Marg’iyondaaniq lokalizatsiyaga 
egadir. 
“Ar’nem Vaychax” - “ariy kengliklari” degan ma’noni anglatadi. Ko’p 
tadqiqotchilar uni Xorazm deb tushunadilar. Lekin tadqiqotchilar uni Xorazm 
deb tushunadilar. Lekin boshqacha nuqtai nazar ham bor. Masalan, 
I.M.D’yakonovning fikricha “oriylar kengliklari” bu o’rinda bir mamlakat yoki 
viloyat tushunchasidan ko’ra kengroq ma’noda qo’llagan va butun O’rta 
Osiyoda dastlabki yirik davlat birlashmalaridan biri Qadimgi Baqtriya 
podsholigi edi. “Avesto”da Baqtriiya “Go’zal, tug’lari yuksak ko’tarilgan” deb 
tasvirlanadi. “Avesto”da olingan mamlakatlardan yoki markazlardan biri Bahdi 
deb ataladi, o’sha yerda “araxtra” atamasi ham uchraydi, ehtimol, bu “baxtar” 


25 
atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar 
ahmoniylar bitiklarida, xususan, dunyoga mashhur Naqshi Rustamdagi Behistun 
qoyasida uchraydi.
Perespolda Baqtriyaliklar 15 joyda idish ko’targan holda va ikki o’rkachli 
Baqtriya 
tuyalari 
bilan 
tasvirlangan. 
Baqtriya 
mustaqil 
satraplik 
sifatidaAxmoniylar imperiyasining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol 
o’ynagan. U haqidagi eng hilma-hil ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-
Geradot, Ktisey, Strabon, Diodot, Pliniy, Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Skilat va 
boshqalarning asarlari mavjud bo’lib ular mazkur mamlakatning qadimiyligi va 
madaniyatining yuksak saviyasini ta’kidlaydilar. Masalan, Ktisey Ossuriya 
podshosi Ninaning Baqtriyaga qilgan yurishi Baqtriya podshosi Oksiart va 
uning xazinasi haqida xabar beradi. Ktisey tomonidan tasvirlangan xalqlar 
orasida baqtriyaliklar birinchilardan bo’lib tilga olinadi. Baqtriyalik o’zini esa 
Sharqqa joylashtiradi.: G’arb tomonidan Baqtriya “tekisligiga” boradigan yo’lni 
“tog’lar” to’sib turadilar, ularni faqat “dovonlar” orqali o’tib boriladi. Baqtriya 
Tnaisdan Xind daryosigacha cho’zilgan, Tanis uni Yevropadan ajratib turadi, 
Hind daryosi esa - Hindistondan. Gerodot “Tarix” asarida Ahamoniylar 
imperiyasi tarkibiga kirgan 20 satraplik va 70 xalqlarning ro’yxatini keltiradi. 
Ular orasidaAmudaryo qirg’oqlarida joylashgan mamlakat – Baqtriya va 
baktriyaliklar bor. 
“Baqtriya” nomi Esxillning eramizgacha bo’lgan 472 yilda sahnaga 
qo’yilgan “Forslar” tragediyasida hamda Gekatey, Skilak asarlarida uchraydi. 
Strabon Baqtriyani Ariananing javohiri sifatida ta’riflaydi. Baqtriyaliklarga esa 
ko’plab mualliflar “ko’p sonli”, “jangovor”, va “botir” xalq sifatida bir xil 
tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib bulmaydigan” 
ko’plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi. 
Geradot ahamoniylar podshosi Kir Midiyaning bo’ysundirgandan so’ng 
uning yo’li ustida Vavilon, Baqtriya xalqi, saklar-massagetlar konfederatsiyasi 
Misr yoki Bobil singari eng yirik davlatlar bilan bir qatorda turgan. Aftidan, 
Baqtriya tarkibiga, bir muncha vaqt Marg’iyona Sug’d va hatto Areya ham 
kirgan va bu arxeologik topilmalar tomonidan tasdiqlangan. 
So’nggi yillarda Markaziy Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik 
qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o’ttizdan ziyod 
Ahamoniylar davriga oid manzilgohlar ochilgan. Ularning har birida 
o’zlashtirilgan maydonlar va sug’orish tartibidan tashqari turar joylar va 
xo’jalik xonalari, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining 
qoldiqlari mavjud edi. 
Qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dexqonchilik edi. 
Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon, manzilgohidan ko’plab mehnat 
qurollari-o’roqlar, yorug’choq va dehqonchilik dalolat berib, dehqonchilik 
asosan sun’iy sug’orishgaasoslanganligini ko’rsatadi. 
Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (hozirgi Balx) shahrida qazish 
ishlari olib borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko’xna shahar eng 


26 
qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi 1 ming yillikning o’rtalariga oid 
ekanligidan dalolat beradi. 
Juda ko’p o’troq manzilgohlari va ulardagi topilmalar viloyatdaaholi 
kulolchilik, temirchilik, bronza quyish, to’qimachilik, shuningdek sug’orma 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. 
Xuddi shu davrda O’rta Osiyo hududida mavjud bo’lgan davlat qadimgi 
Xorazm davlatidir. Bu davlatning hududi haqida 2 ta nazariya mavjud: 
Kichik Xorazm. Uning hududi S.P.Tolstov fikrichaAmudaryoning o’rta 
oqimida to Orol dengizgacha bo’lgan yerlardan iborat (ya’ni hozirgi Xorazm 
viloyati yerlari). 
Katta Xorazm – Amudaryoning quyi oqimi bo’yidagi hamda Murg’ob 
daryosi bo’yidagi yerlar, shuningdek, Parfiya podsholigi (hozirgi Turkmaniston) 
yerlari. Katta Xorazm davlati uning hududlari haqida Geradot ma’lumot beradi: 
“Osiyodahamma tomoni tog’lar bilan o’ralgan tekislik bor. Bir vaqtlari bu 
tekislik Xorazmiylarga qaragan” SHuning bilan birga Geradot sharqiy Eron 
qabilalarini birlashtirgan katta davlat uyushmasi- “Katta Xorazm haqida taxmin 
qiladi”. “Katta Xorazm” davlati Xorazmning o’zini xududigina o’z ichiga 
olmasdan uning markazi Marv va Hirotgacha cho’zilgan bo’lgan. Hali 
Geradotgacha ham “Katta Xorazm” to’g’risida ma’lumot bergan yana bir grek 
muarrixi, bu Gretsiyaning Mulet shahridan bo’lgan Gekateydir (eramizdan 
oldingi 500 yillarga yaqin). U ham bir qismi Parfiyaliklardan Sharqiy 
tomondagi tekisliklardir, ikkinchi qismi tog’li yerlardan yashagan Xorazmiylar 
to’g’risida eslatib o’tadi.
Xorazmliklar o’zlarining zargarlik, kulolchilik, qurolsizlik, qiruvchilik 
hunarlari bilan mashhur bo’lganlar. SHuningdek, ular ustasi farang dexqonlar 
bo’lishgan. Xorazm shaharlarida savdo-sotiq rivojlangan bo’ldi. 
“Xorazm” so’zi va xorazmliklar to’g’risida ilk yozma manbalar, qadimgi 
yunon tarixchilari miletlik gekatiy (eradan oldingi VII asrning ohiri-VI asrning 
boshlarida yashab o’tgan) va “tarixning otasi” deb nom qozongan Gerodot 
(eradan oldingi V asrlarda) asarlarida ilk bor uchraydi. Bu tarixchilarning 
guvohi berishicha, o’rta va quyi Amudaryo mintaqasida beshta yirik 
qabilalardan iborat qabilalar ittifoqi mavjud bo’lgan, bu qabilalar derbiklar, 
saqoravaglar, xorasmiya, xaumvaraga, saki va sian qabilalari deb atalib, 
ittifoqning markazida o’rtoqlashgan madaniyatga ega bo’lgan xorasmiya 
qabilasi turgan. 
Atoqli olim S.P.Tolstov “Xorazm-Xvari-zamin-Xvarri qabilasining yeri, 
degan ma’noni bildiradi deydi. B.Grekov “Xorazm” so’zi ikki qismga bo’ladi: 
“hur-zamin, xur-hurshid-oftob-quyosh, zamin-er, ya’ni “Xorazm” quyosh 
o’lkasi degan ma’noni beriladi, deydi. Olim shu mulohazasini tasdiqlash uchun 
“Xuroson” so’zini ham ikkigaajratib, xur-oson kun chiqadigan tomon, ya’ni 
sharq degan ma’noni bildiradi, deydi.


27 
Xorazm so’zining asl ma’nosini tushuntirishga, uning qadimiy 
madaniyatini yoritishga mashhur arab sayyohi Yoqut Hamaviy va buyuk 
sharqshunos olim V.V. Bartolьd ham harakat qilganlar. 
Yoqut Hamaviy o’zining o’lmas asari “Ma’jam al-buldon” (“Mamlakatlar 
lug’ati”) asariga Xorazm va uning shahar, qishloqlari haqida o’z 
davriganisbatan to’liq va qimmatli ma’lumotlar beradi. Jumladan, “Xorazm” 
so’zi haqida bunday deydi: “Xorazm bu muayyan bir shaharning nomi emas, 
balki o’lka nomidir. Uning katta shahari al-Jurjoniya deb ataladi” 
Yoqut Hamaviyning bu fikridan “Xorazm” so’zi ma’lum hudud nomi bilan 
bog’liq, degan fikriga kelish mumkin. Shuningdek “Xorazm” so’zining kelib 
chiqishi tarixi va mazmuni haqida gap ketganda shuni qayd etish zarurki, bu 
masalada Eron tillarining ham ta’sirii bo’lganligi ehtimoldan uzoq emas. 
Akademik V.V. Bartol’d o’z ijodida O’rta Osiyo xalqlarining tarixini, jumladan, 
Xorazm tarixini o’rganishga salmoqli o’rin bergan. U Xorazm so’zining 
etimologiyasi haqida fikr yuritib, shunday deydi: “Beruniy keltirgan kalendarь 
terminlar, bayram nomlari va boshqalar bir vaqtlar Xorazmda Eron dialektida 
gaplashilgani haqida ba’zi bir tasavvurlar beradi. Masalan, “Gau xovara” so’zi 
Gau-sigir, Xovara-em, yemish ma’nosida keladi”. Bu fikrlardan qaysi biri 
haqiqiy ekanini aytish keyin albbatta qadimgi Xorazm tarixini yoritishga yirik 
o’zbek arxeolog olimlardan akademik Yahyo G’ulomovich G’ulomov samarali 
hissa qo’shgan. U o’zining “Xorazmning sug’orilish tarixi” asarida miloddan 
avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi choragida Xorazmda katta suv 
inshoatlari qurilib, shaharlar hayoti barq urgani va mustaqil Xorazm davlati 
gullab-yashnagani haqida yozadi. O’tmishdagi ko’pgina tarixchilar Xorazmda 
istehkomlari bor shaharlar mavjud bo’lganligi to’g’risida ma’lumot beradilar. 
Xususan tarixiy manbalarda Xorazmning qadimy poytaxti Kot (xozirgi Beruniy 
shahri), Gurganj (Ko’hna Urganch), Xiva, Hazorasp va boshqa shaharlar haqida 
ma’lumotlar bor. Arxelogik qazishmalar jarayonida Xorazm hududida topilgan 
va o’z hajmi, ishlanish san’ati bilan kishini hayratga soluvchi qal’alar, saroylar 
va boshqa inshootlarning juda ko’p xarobalari bu ma’lumotlarni yana bir qarra 
tasdiqlaydi.
Xorazm hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar va tarixiy 
manbalar shundan dalolat beradiki, bu qadimiy tuproqda kishilar ancha ilgari 
o’troq hayotga o’rganib, davlat barpo qilganlar. 
Yuqorida eslatilgan viloyatlardan tashqari Sug’diyona (Qashqadaryo va 
Zarafshon vohalari), Marg’iyona (Murg’ob daryosi vohasi) kabi yirik davlat 
uyushmalari ham bor edi. Bu viloyatlarning aholisi o’troq hayot kechirib 
dehqonchilik, uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. 
Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlat uyushmalarining paydo bo’lishi juda 
muhim masaladir. Davlat tuzimi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy 
yozma manba “Avesto” va qadimgi dunyo mualliflari qoldirgan ma’lumotlardir. 
Miloddan avvalgi VI—IV asarlarda eronchilik So’g’uda deb atalgan davlat 
haqida fors podsholari yozuvlari, yunon-rim tarixchilarning asarlari ma’lumotlar 


28 
beradi. Ahmoniylar davrida So’g’diyonada (Zarafshon va Qashqadaryo 
vohalari) ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib, ular fors podsholariga katta-katta 
soliqlar to’lab turardilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va 
Qashqadaryo vohalaridan miloddan avvalgi VI—IV asrlarga oid Uzunqir, 
Yerqo’rg’on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Xo’jabo’ston, Afrosiyob, 
Qorovultepa, Qo’rg’oncha kabi 50 dan ziyod ko’hna shahar shahar va 
manzilgohlar ochib o’rganilgan. 
So’g’diyonaning poytaxti bo’lgan Afrosiyob (Samarqand) ko’hna shahri 
XX asrning 40-yillarridayoq ochilgan edi. Afrosiyobda miloddan avvalgi I ming 
yillik o’rtalaridaaholi yashaganligining izlari juda ko’p. Ko’hna shahar aholisi 
asosan xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Afrosiyob 
atrofidagi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, dushman 
hujum qilgan paytlarda ular chorva mollarini va mol-mulklarni qal’a ichida 
saqlaganlar. 
Afrosiyob shahar hayotning rivojlanishi Sug’diyona va butun Markaziy 
Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi va inqirozi bilan muvofiq 
tarzda kechgan, chunki Samarqand o’sha davr mamlakatlari o’rtasidagi 
aloqalarning muhim markazi edi. Samarqand jahon savdo va madaniy 
markazlaridan biri sifatida o’z mavqeini to’la darajada, lekin uzilishlar bilan 
o’rtaasrlarda ham saqlab qoldi. 
Sug’diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo’lgan Yerqo’rg’on (Qashqadaryo) 
tadqiqotlari dastlab M.E.Masson tomonidan boshlanib, keyinchalik uning 
shogirdlari tomonidan davom ettiriladi. Miloddan avvalgi VI—IV asrlarda 
umumiy maydoni 40 gektarga yaqin bo’lgan ma’muriy markaz Yerqo’rg’onni 
ko’pchilik tadqiqotchilar Yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa 
viloyatining markaziy shahri deb xisoblaydilar. Yerqo’rg’on ko’hna shahridan 
topilgan 
moddiy 
madaniyat 
buyumlari 
aholining 
dehqonchilik, 
hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. 
So’g’diyona hayotida dehqonchilik kattaahamiyat ega edi. SHunisi 
muhimki, dehqonchilik sun’iy sug’orishgaasoslangan bo’lib bu haqda yozma 
manbalardan ma’lumotlar olishimiz mumkin. Strabonning yozishicha, Politimen 
(Zarafshon) daryosi vohadagi eng katta suv manbai bo’lib, sug’oriladigan 
yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan.
Qishloqlarning rivojlanishi natijasida shahar ko’rinishidagi manzilgohlar 
va shaharlar paydo bo’la boradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Afrosiyob, 
Yerqo’rg’on, Xo’ja-Bo’ston, Uzunqir So’g’diyonadagi asosiy markazlar bo’lib, 
bu ko’hna shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq ayniqsa rivojlanib 
borgan. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish