“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

uning salbiy oqibatlari. 
O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishini o’tkazish tashabbusi eng avval 
mazkur mintaqaning xalqlari va partiya davlat organlaridan chiqqani yo’q. 
Vaziyat shunday bo’ldiki, hatto V.I. Lenin xayotligidayoq Turkistonning 
ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlarigaasosan iqtisodiy va 
madaniy jihatdan, u ham bo’lsa Rossiya sharqiy chekkalarining kapitalizmi 
chetlab sotsializmiga o’tishdagi o’ziga xos belgilari xisobga olingan holda 
qaralardi.
1924 yilga kelib, O’rta Osiyo yoxud Turkistonda mavjud bo’lgan uchta 
davlat birlashmasi: Turkiston (TASSR), Buxoro xalq respublikasi (BXR) va 
Xorazm xalq respublikasi (XXR)ni qayta tuzish, ya’ni qaytadan milliy davlat 
chegaralanishi o’tkazishga tayyorgarlik avj olib ketdi. 
Amalda Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik siyosati 
yillarida orziqib qutgan ozodlik, tenglik, birodarlik, mustaqilliq to’g’risida 
orzu-umidlari puch bo’lib chiqdi. 
Turkiston sho’ro hokimiyatining xom ashyo manbai bo’lib qolaverdi. 
Demak, «Zo’raki inqilob» xalq talabini, amalda qondirmadi. Chorizmning 
reaktsion milliy siyosati yangicha ko’rinishda bolьshevikcha niqob, markscha-
lenincha kommunistik mafkura ostida davom ettirildi. Eng asosiysi, Turkiston 
xalqlari xokimiyat boshqaruviga yaqinlashtirmadi. 1920 yilda Turkistondan 
Rusiyaga 6730 vagon paxta, 1000 vagon jun, 111 ming juft poyafzal, 100 ming 
ko’rpa-to’shak, 202 ming bosh kiyim, 324 ming ko’ylak, 11,5 ming kalta 
po’stin, 6,4 ming egar, ko’plab miqdorda meva-sabzovot, vino, baliq va boshqa 
mahsulotlar olib ketildi. Shu- yilning faqat fevral-avgust oylarida Turkiston 
temir yo’llarida 10000 vagonga yaqin turli harbiy va xalq ho’jaligi ahamiyatiga 
molik yuklar tashib ketildi. Sho’ro hukumatining birinchi kunlaridanoq 
mahalliy xalq, ilg’or ziyolilar Turkiston boyliklari o’ziga xizmat qilish, 
o’lkamizning mustaqil bo’lishi uchun kurashdi. 
Murakkab sharoitda mahalliy milliy kuchlarning Turkistondagi xokimiyat 
idoralaridaasosan yerli aholi bo’lishi uchun kurashishdan boshqa chorasi 
qolmadi. Bu albatta Turor Risqulov rahbarligidagi milliy ziyolilar boshchilik 
qildilar. 


178 
Jumladan, milliy kuchlar 1920 yil 17 yanvarda bo’lib o’tgan Turkiston 
komfirqasi O’lka Qo’mitasi, Musulmonlar byurosi va Turkkomissiyaning (u 
1919 yilda to’zilib, Eliava raisligida Turkistonga yuborilgan edi) qo’shma 
majlisida o’lkamiz xududida mustaqil «Turk Respublikasi» va «Turkiston 
Kompartiyasi»ni to’zishni talab qilib chiqdilar. Shuningdek ular Turkiston 
muxtor jumhuriyati. Konstitutsiyani qayta ko’rib chiqishni, mahalliy aholidan 
maxsus musulmon armiyasi to’zishni, rus qo’shinlarini o’lkadan olib chiqib 
ketishni ham taklif qildilar. 
Bu masala Turkiston Kompartiyasining V o’lka konferentsiyasida hamda 
musulmon kommunistlarining III o’lka konferentsiyasida ham muhokama 
qilindi. O’z navbatida hali mustaqil yashab turgan Buxoro amirligi va Xiva 
xonligi ham Turkistondagi sho’ro muxtor hokimiyatini tan olmadi. 
Bunday vaziyatda Turkistonda sho’ro hokimiyatini mustahkamlash uchun 
yuborilgan Turkkomissiya a’zolari orasida ham ikkilanish paydo bo’ldi. 
Masalan, Eliava va Kuybishev Turkiston milliy kuchlari taklifini zarur chora 
deb tushundi. F.Goloshchekin esa ikkillandi. Faqat Ya.E.Rudzutak, keyinchalik 
esa M.V.Frunze milliy kuchlar taklifiga qat’iyan qarshi chiqdilar. 
Ko’p o’tmay, 1920 yil 24 fevralda bo’lib o’tgan Turkkomissiya yig’ilishi 
M. V. Frunzening faol aralashuvi bilan mahalliy xalqlarning Turk 
Respublikasi va Turkiston kompartiyasi tuzish to’g’risidagi takliflarini rad etdi. 
Komissiya Turkistonni idora qilishning sho’ro to’zumiga moslashtirilgan 
loyixasini ishlab chiqdi. 

martda RKP(b) Markazqo’mi 
Turkkomissiyaning Turkistonni 
boshqarish to’g’risida ishlab chiqqan loyihasini ma’qulladi. Natijada Turkiston 
kompartiyasi viloyat partiya tashkiloti huquqi bilan Rossiya komfirqasi 
tarkibiga kiradigan bo’ldi. Turkiston muxtor sho’ro Respublikasi esa shu 
nomda RSFSR tarkibida qoladigan bo’ldi. 
Turkkomissiyaning bunday siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy xalq va 
milliy-vatanparvar kuchlar 1920 yil may oyida Turor Risqulov, Nizomiddin 
Xo’jaev va Bek-Ivanovlardan iborat «Turk delegatsiyasi»ni Moskva, 
bolsheviklar rahbariyati xuzuriga yuborildi. Ko’rinib turibdiki, Turkiston 
xalqlari bu rahbarga katta umid bog’lagan edi. Bunga sabab Lenin boshliq 
sho’ro hukumati sobiq chor Rusiyasi tarkibidagi Polьsha va Finlandiya 
mustaqilligini tan olgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini e’lon 
qilgan ruslarning ukrainlar, gurjilar va boshqa xalqlar bilan tengligini bir necha 
bor ta’kidlagan edi. 
Biroq, Lenin va firqa Markazqo’mi Turkiston xalqlarining yuqoridagi 
takliflarini, boshqacha qilib aytganda Turkiston mustaqilligini to’la rad etdi. 
Ular afsonaviy boy o’lka bo’lgan Turkistondan ajralib qolishdan ko’rqib, uni 
bir necha bo’lakka bo’lib yurishga qaror qildilar. Shaxsan Lenin 1920 yil 13 
iyunda firqa Markazqo’mi va Sho’ro hukumatining Turkistondagi vakolati 
organi hisoblangan Turkkomissiyaga quyidagi ko’rsatmani beradi: 


179 
1. Turkistonning O’zbekiston, Qirg’iziston va Turkmanistonga bo’lingan 
xaritasi to’zib chiqilsin; 
2. Bu uch qismni qo’shib yuborish yoki ajratish shartlari batafsilroq 
aniqlab chiqilsin. 
Uning bu ko’rsatmasi firqa Markazqo’mi Siyosiy byurosi, shuningdek 
Turkkomissiya faoliyati uchun asos bo’ldi. 29 iyunda firqa Markazqo’mi 
Siyosiy byurosi «RKP(6) ning Turkistondagi asosiy vazifalari to’g’risida» 
maxsus qaror qabul qilib, bu yerdagi mavjud tashkiliy-xududiy va ma’muriy 
to’zilmalar o’zgartirilmasdan saqlab qolinishini ma’lum qildi. 
Markazning bunday xatti-harakatidan norozi bo’lgan milliy-demokratik
vatanparvar 
kuchlar 
bu 
qarorga 
qo’shilmasliklari hamda Turkiston 
Kompartiyasi O’lka Qo’mitasi va Turkiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasi 
tarkibidai chiqishlarini bildirdilar. 
Shuni ham aytish kerakki, bu vaqtga kelib Turkistonda vaziyat o’zgargan, 
Buxoro amiri Sayid Olimxon, Xiva xoni Said Abdullaxon va Junayidxonlar 
taxtdan ag’darilgan, yangi Xorazm va Buxoro xalq Sho’ro Jumhuriyatlari 
tashkil 
topgan 
edi.
8
O’z-o’zidan ravshanki, Polvonniyoz Yusupov 
boshchiligidagi Xorazm, F.Xo’jaev rahbarligidagi Buxoro xalq hukumatlari 
ham erkin, ozod, mustaqil yo’ldan borishga intiladilar. Ammo, RSFSR bilan 
to’zilgan shartnomalar, Turkiston ASSR bilan bo’lgan o’zaro munosabatlar 
ularning ham oyoq-qo’lini bog’lab qo’ygan edi. 
Bunday vaziyatdan foydalangan Turkkomissiya Turkiston Kompartiyasi 
O’lka Qo’mitasini tarqatib yubordi va Turkiston Kompartiyasining sho’ro 
to’zumi tarafdorlari bo’lgan To’raqulov, Otaboev, Qosimxo’jaev, Ibrohimov, 
O’staboev, Hakimov va boshqalardan iborat Muvaqqat Markazqo’mini to’zdi. 
Ko’rinib turibdiki, Markaziy Sho’ro xukumati Turkiston, Buxoro va 
Xorazmni sira qo’ldan chiqargisi yo’q edi. Chunki u bu yerlardan katta boylik, 
ko’p vaarzon mahsulot olardi. Masalan, markaz birgina Buxorodan 1923 yilda 
400 ming, 1925 yilda 885 ming pud paxta yoki 1921 yilda 100 ming, 1922 
yilda esa 1 mln. dona qorako’l teri oldi. Mana shuning uchun Rossiya 
komfirqasi RKP (b) Makazqo’mi Siyosiy Byurosi «Buxoro masalasiga doir» 
degan maxsus qaror qabul qilib (1923 y.), bu yerda Sho’ro hokimiyatini 
mustahkamlash uchun kurashni qizitib yubordi. Xivada ham ahvol aynan 
shunday edi. 
Natijada maqsadlarining amalga oshuviga ko’zi yetmagan Buxoro va 
Xorazm hukumatlarining vatanparvar rahbarlari hukumatlar tarkibidan 
chiqdilar. Xususan Buxoroda harbiy nozir Abdulxay Oripov, Turkistondan 
surgun qilingan vatanparvarlar Qushbegaev, Munavvarqori Abdurashid-xonov, 
Buxoro Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi Usmonxo’jaev va boshqalar mas’ul 
lavozimlaridan voz kechib ozodlik uchun kurashayotgan milliy vatanparvar 
kuchlar tomoniga o’tdilar. Ana shunday sharoitda Markaziy hukumat 
8
Xivada 1920 y. 2 fevralda Buxoroda esa 1920 y. 2 sentyabrda sho’ro tuzumi o’rnatilgan. 


180 
vaziyatdan chiqishning birdan-bir yo’li Turkistonni bo’lib yuborish, deb 
hisobladi va buni amalga oshirishga kirishdi. 
Bu davrda Turkiston, Buxoro va Xorazmda garchi tili, dini, qadriyatlari, 
xatto urf-odatlari o’xshash bo’lgan turkiy xalqlar asosiy ko’pchilikni tashkil 
etsa-da, ular har uchchala jumhuriyatda ham aholi tarkibiga ko’ra ko’p millatli 
edi. 
Masalan, Markaziy Osiyodagi jami o’zbeklarning 66,5 foizi Turkistonda, 
22,2% Buxoroda, 11,3% Xorazmda yashar edi. Yoki o’zbeklar Turkiston 
MSHSR aholisining 51,4% ni BXRda 50,1, XXRda 61,1 foizni tashkil etardi. 
Bu millatlar bir-biri bilan inoq bo’lib, qadim-qadimdan birga yashab kelar, 
ya’ni qon-qardosh bo’lib ketgan edilar. 
Sho’ro hukumati va RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy Byurosi Turkiston 
xalqlarining mana shunday mustahkam birligiga atayin rahna solishga o’rindi 
va o’z manfaati yo’lida zo’r berib mahalliy millatlarga milliy respublikalar 
to’zish g’oyasini singdirdi. Bu quruq bir maqsad bo’lmasdan o’zoqni ko’zlab, 
amalga oshirilayotgan aniq reja edi.Bu masala yuqorida, ya’ni Markazda 
Turkiston xalqlari aralashuvisiz obdon puxta o’rganildi va 1924 yilga kelib, 
bevosita 
kun 
tartibiga 
qo’yildi. Markaziy hukumat va RKP(b) 
Markazqo’mining doimiy tashviqoti va ta’siri ostida Turkiston, Buxoro va 
Xorazmning sho’ro organlari va partiya tashkilotlari O’rta Osiyoda yangi 
milliy SHo’ro respublikalarini «tashkil etish taklifi» bilan chiqdilar. 
Darhol RKP(b) Markazqo’mining Tashkilot byurosi to’zildi va masalani 
muhokama qilib, o’rganib chiqish Ya.E.Rudzudakka topshirildi. O’z navbatida 
RKP(b) Markazqo’mi O’rta Osiyo byurosi maxsus komissiya to’zdi. 
Ya.E.Rudzudak rahbarligida ishlagan bu komissiya 1924 yil 11 mayda 
o’lkamiz hududida SSSR tarkibiga kiruvchi yangi «mustaqil» O’zbekiston va 
TurkmanistonXSRni, O’zbekiston tarkibida Tojikiston, RSFSR tarkibida 
Qoraqirg’iz muxtor viloyatlarini tuzishni va Turkistonning qozoqlar 
tumanlarini Qozog’iston SSR tarkibiga berishni zarur deb topdi. Komissiya 
xulosasi bilan tanishib chiqqan, RKP(b) Markazqo’mi O’rta Osiyo byurosi 
o’zining 2 iyuldagi yig’ilishida bu takliflarni asosan ma’qulladi va uni RKP(b) 
Markazqo’mi muhakamasiga havola qildi. 
Ayni shu paytda Xorazm XSR
9
rahbarlaridan Odinaev ichki ishlar noziri - 
Abdusalomov, Xorazm XSRning Toshkentdagi elchisi Yoqubov, Xorazm 
Davlat Reja Qo’mitasi raisi - SHulimov milliy chegaralanishga qarshi chiqdilar 
va RKP(b) Markazqo’mi nomiga norozilik maktubini yo’lladilar. Ular Xorazm 
Jumhuriyatini o’z xohishicha qoldirishni, Turkistonning Amudaryo viloyatini 
Xorazm XSR tarkibiga berishni so’radilar. Ammo bu talablar ham 
oldingilaridek rad etildi. 
9
1923 yilda Buxoro va Xorazm xalq Jumhuriyatlari Sho’ro Sotsialistik Jumhuriyatlariga aylantirilgan 
edi. 


181 
1924 yil 12 iyunda RKP(b) Markazqo’mining Siyosiy Byurosi Turkiston, 
Buxoro va Xorazm hududida milliy chegaralanish o’tkazish masalasini ko’rib 
chiqdi va ma’qulladi. Unda quyidagilar ko’zda tutildi: 
1. Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan 
«mustaqil» Turkmaniston XSRni tuzish. 
2. Turkiston va Buxoroning o’zbeklar yashaydigan qismidan «mustaqil» 
O’zbekiston SSRni to’zish. 
3. Turkmanlar yashaydigan hududlarni ajratib olib, Xorazm Jumhuriyatini 
mavjud holatida qoldirish. 
4. O’zbekiston Jumhuriyati tarkibida Tojikiston muxtor viloyatini to’zish. 
5. Rossiya Federatsiyasi tarkibida Qirg’izistoi muxtor viloyatini to’zish. 
6. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlarini Qozog’iston SSR 
bilan birlashtirish. 
Mazkur qarorda Xorazmda tashviqot ishlarini ko’chaytirish ham 
ko’rsatildi. Natijada 1924 yil 26 iyulda Xorazm Kompartiyasi o’z qaroridan 
qaytib, milliy chegaralanish o’tkazishni ma’qulladi. 
Shundan so’ng, Markaziy hududiy komissiya tuzildi va u yangi bo’lajak 
respublikalar va viloyatlar chegaralarini aniqlashga kirishdi. 
Markaziy hududiy komissiya o’z xulosalarida ilgari rejalashtiril-gan 
Tojikiston muxtor viloyati o’rniga O’zbekiston tarkibida Tojikiston muxtor 
jumhuriyatini, shuningdek Qoraqalpog’iston muxtor viloyatlarini tuzish zarur, 
degan fikrni bildirdi
10
. Nihoyat, bu ishlar 1924 yilning sentyabriga kelib o’z 
nihoyasiga yetdi. Turkiston MSJ MIQning favqulodda sessiyasi, Butun Buxoro 
va Butun Xorazm SHo’rolarining IV qurultoylari O’rta Osiyoda milliy 
chegaralanish o’tkazishni maqulladilar. 
1924 yil 9 va 11 oktyabrda bo’lib o’tgan RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy 
Byurosi yig’ilishida bu masala uzil-kesil hal qilindi. 
27 oktyabrda esa SSSR sovetlarining 11 sessiyasi O’rta Osiyoda milliy 
chegaralanish to’g’risidagi qarorni tasdiqladi. 
SHunday qilib, o’lkamiz hududini parchalab yuborish nihoyasiga 
yetkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm jumhuriyatlari o’rnida 
O’zbekiston va Turkmaniston sho’ro sotsialistik jumhuriyatlari, Tojikiston 
muxtor sho’ro sotsialistik jumxuriyati, Qirg’iziston va Qoraqalpog’iston 
muxtor viloyatlari tashkil etildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan qismi 
Qozog’iston muxtor sotsialistik jumhuriyati tarkibiga kiritildi, 
2. Nihoyat markazning xohish-irodasi amalga oshdi. Yagona Turkiston 
xalqlari milliy xonadonlarga bo’lib yuborildi. Ular milliy davlatlarga 
birlashdilar. Jumladan, O’zbekiston sho’ro sotsialistik respublikasi tashkil 
etildi. Bu voqeaga katta siyosiy tus berildi. O’zbekiston SSRni tashkil etish 
tantanalarida sho’ro davlati arbobi M.I.Kalinin ishtirok etdi. Albatga u 
ko’zlagan maqsadlarning amalga oshganidan xursand edi. Buni uning 
10
Qoraqolpoq muxtor viloyati 1924-1932 yillarda Qozog’iston MSHSR tarkibida, so’ng 1936
yilgacha muxtor jumhuriyat maqomida RSFSR tarkibida bo’ldi. 


182 
Moskvaga qaytib borgach, o’zini kutib oluvchilar oldidaaytgan quyidagi 
so’zlaridan bilish mumkin. «O’rtoqlar! Bog’u-bo’stonga o’ralgan, noz-
ne’matga to’lgan O’zbekistondan, partiyamiz sizlar uchun, butun rus xalqi 
uchun oliy joylar tayyorlandi. Birinchi sizlarni shu bilan tabriklayman
11
». 
Milliy chegaralanishdan so’ng, O’zbekiston hududiga quyidagi yerlar 
kiritildi: 
a) sobiq Turkiston Jumhuriyatidan Samarqand viloyati Jizzax, 
Kattaqo’rgon va Xo’jand uezdlarining 41 volosti, Sirdaryo viloyati, Toshkent 
va Mirzacho’l uezdlarining 24 volosti, Farg’ona viloyati Andijon, Qo’qon, 
Namangan va Farg’ona uezdlarining 70 volosti va 7 qishloq okrugi; 
b) sobiq Buxoro jumhuriyatidan Boysun, Buxoro, G’o’zor, Qarshi, 
Karmana, Kurota, Shaxrisabz, Sherobod va qisman Sariosiyo viloyatlari; 
v) sobiq Xorazm jumhuriyatidan 23 sho’ro (tuman)si kiritildi. 
Bulardan tashqari, sobiq Turkiston MSHSR Samarqand viloyati 
Samarqand va Xo’jand uezdlari 12 volosti, Farg’ona viloyati Pomir tumani, 
Buxoro jumhuriyatining sharqiy Buxoro, deb atalgan Garm, Hisor, Kulob, 
Qo’rg’ontepa. Dushanbe va qisman Sariosiyo viloyatlarini o’z ichiga olgan 
Tojikiston Muxtor Jumhuriyati ham O’zbekiston XSR tarkibiga kiritildi.
12
O’zbekiston SSR tashkil topgan paytda, uning hududi 312 ming 394 
kv.km. bo’lib, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etardi. 
Jumhuriyatimiz aholisi o’z milliy tarkibiga ko’ra, (Tojikistondan tashqari) 
quyidagicha edi: o’zbeklar - 74,2, tojiklar (1926 yil ma’lumoti bo’yicha) - 7,4, 
ruslar - 5,5, qozoqlar - 2,4, qirg’izlar - 2,04 foiz va hokazo. 
Samarqand shahri O’zbekiston Respublikasining poytaxti deb e’lon 
qilindi. 1930 yilga kelib, poytaxt Toshkent shahriga ko’chirildi, Respublika 
hukumat idoralarini tashkil etish jarayonida hokimiyat Fayzulla Xo’jaev 
boshliq Inqilobiy Qo’mita va V.I.Ivanov hamdaAkmal Ikromovlar rahbarligida 
O’zbekiston Komfirqasi Tashkiliy Byurosi qo’liga berildi. 
1925 yil 8 fevralda Buxoroda O’zbekiston Komfirqasining 1 qurultoyi 
ochilib, O’zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasman e’lon qilindi. 
Qurultoyda V.I.Ivanov vaA.Ikromov Markazqumning ma’sul kotiblari 
qilib saylandilar. 
Oradan ko’p o’tmay, 13-17 fevral kunlari O’zbekiston SHo’rolarining 
ham 1 - ta’sis qurultoyi bo’lib, unda «O’zbekiston sho’ro sotsialistik 
respublikasi tashkil etish to’g’risida Bayonot» qabul qilindi. Bayonotda 
O’zbekistonning Ittifoq tarkibiga kirganligi e’lon qilindi. 
O’zbekiston sho’rolarining birinchi qurultoyi jumhuriyatda davlat 
hokimiyatining rahbar organi – O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasini 
saylandi. Yo’ldosh Oxunboboev uning raisi, Sultonxo’ja Qosimxo’jaev, 
11
O’zbegim. - Toshkent, 1992 y., 221-bet. 
12
Tojikiston MSHSR 1929 yilda mustaqil ShSRga aylantirilib, bevosita SSSR tarkibiga kirgunga 
qadar O’zbekiston ShSR tarkibida bo’ldi. 


183 
Narsulla Maxso’m Lutfullaev va Jahon Obidovalar uning o’rinbosarlari qilib 
saylandilar. 
Shuningdek, Sho’rolar quriltoyi inqilobiy Qo’mita faoliyatini ma’qullab, 
Fayzulla Xo’jaev raisligidagi jumhuriyat hukumati -O’zbekiston SSR Xalq 
Komissarlari Kengashini ham tasdiqladi. 
O’zbekiston SSR tashkil etilishi munosabati bilan uning hududi qaytadan 
tuman va viloyatlarga bo’lindi, Jumhuriyat xududida Toshkent, Samarqand, 
Farg’ona, Zarafshon, Surxandaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyat va okruglari, 
ko’plab tumanlar, qishloq, Ovul Kengashlari tashkil qilindi. 
Yuqorida aytganimizdek, Tojikiston MSHSR 1929 yilga kelib, 
O’zbekiston SHSR tarkibidan chiqdi va mustaqil ittifoqdosh respublikabo’ldi. 
1936 yilda Qoraqolpog’iston muxtor viloyati muxtor jumxuriyatgaaylandi va 
O’zbekiston tarkibiga kiritildi. Yangi viloyatlar tashkil qilindi. 
O’zbekistonning 30-yillardagi butun kuch imkoniyatlari hukmron 
Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish