«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol


partizancha kurashga o’tdilar. 
«Chekist» partizan otryadining razvedkachisi, qo’rqmas partizan Mamadali 
Topiboldiyevning nomi Belorussiyada mashhur bo’ldi. U dushmanining 67 ta 
askar va zobitlarini yo’q qilib, 180 ta sini asirga oldi. M.Topiboldiyev ko’rsatgan 
jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi. Belorussiyaning Pisarevo 
qishlog’i o’zbek xalqining jasur o’g’loni nomiga Topiboldiyevka deb ataldi. 
Gomel atrofidagi «Temir yo’l urushi»da ishtirok etgan Jonibek Otaboyev, Bryansk 
atrofida dushmanga to’satdan zarba bergan I.Musayev, A.Hakimov, I.Qosimov va 
boshqalarning nomlari urush salnomasidan o’chmas o’rin oldi. 
O’zbekistonlik janchilar Yevropa xalqlarini fashistlardan ozod etishda ham 
faol qatnashdilar. Yevropa xaloskori, birinchi o’zbek generali 57- gvardiyachi 
diviziyasining qumondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning 
diviziyasi Kavkazdan Sharqiy Prussiyagacha bo’lgan masofani qattiq janglar bilan 
bosib o’tdi. Ko’rsatgan harbiy jasorati uchun u to’rt marta Qizil Bayroq ordeni, 
Suvorov ordeni, Qizil Yulduz ordeni va ko’plab medallar bilan taqdilrlandi. 1943 - 
yil martda unga general-mayor unvoni berildi. 1943 - yil may oyidan, 1944 - yil 
aprelgacha bo’lgan muddatda Moskvada Oliy Harbiy Akademiyada ta’lim oldi. 
Sobir Rahimov Akademiyani tamomlab, avval Belorussiyani, ozod etishda, 
so’ngra Polshani bir qator shaharlarini ozod etish uchun bo’lgan janglarda 
sarkardalarga xos harbiy san’atini namoyish etdi. 1945 - yil 26 martda Gdansk 
shahrini ozod etish uchun bo’lgan janglarda qahramonlarcha halok bo’ldi. 
Sobir Rahimovga o’limidan so’ng Qahramon unvoni berildi. Polsha xalqi 
general Sobir Rahimov nomini e’zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko’chalar, 
maktablarga general Sobir Rahimov nomi berilgan. 
O’zbekistonliklar Yevropa mamlakatlarida avj olgan Qarshilik ko’rsatish 
harakatida ham faol qatnashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridan qochib, 
Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Gresiya, Fransiyadagi qarshilik harakatiga 
qo’shilib jang qildilar.


80 
Fashistlar Germaniyasi Vermaxti
82
ning 1942 - yil dekabr oyidagi buyrug’iga 
binoan harbiy asirlardan «Rus ozodlik armiyasi», «Turkiston legioni», «Volga-
Ural legioni» kabi harbiy qo’shilmalar tuzishib, ulardan partizanlarga qarshi 
kurashda foydalanishdi. Chet el tarixiy manbalarida bunday tuzilmalarga jalb 
etilganlar soni qariyb 1 mln kishiga yetganligi ko’rsatiladi. Bunga ehtimol 
Stalinning asirlikka tushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani ham o’z 
ta’sirini ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Haqiqatda esa ko’pgina harbiy asirlar bunday 
legionlarga majburan kiritilgan edi, ular yashirin guruhlar tuzib partizanlar bilan 
aloqa bog’lash yo’lini qidirganlar. Masalan, 1944 - yil yanvarida Gitlerchilar 
«Turkiston legioni» otryadini Chernogoriyada yugoslaviyalik partizanlarga qarshi 
jangga soladilar. Zobit S.Fayziyev mahalliy aholi bilan aloqa bog’laydi va uning 
ko’rsatmasi bilan legiondagi 28 ta o’zbek yigitlari fashist komandirlarini otib 
tashlab, qurol-aslahalari bilan toqqa, partizanlar tomoniga o’tadi. Dushmanga 
qarshi mardona kurash olib borgan harbiy asirlar urush tugab o’z Vataniga qaytib 
kelgach gumon ostida bo’ldilar, ishga joylashish, uy joyli bo’lishda qiynaldilar. 
O’zbekistonlik harbiy asirlaridan 15 mingdan ortiqrog’i yana lagerlarga endi sovet 
hukumatining lagerlariga tashlandi va ularga shafqatsizlarcha munosabatda 
bo’lindi. Bunday hollar Stalin va uning atrofdagilar yaratgan ishonmaslik va 
gumonsirashning oqibatlari edi. 
Urush o’zining so’nggi pallasiga kirdi. Qahramonlar-Botir Boboyev, Tojiali 
Boboyev, Solih Umarov, Shuhrat ordenining to’liq kavaleri Abdulla To’qmoqov 
va Said Nomozovlar Berlinni zabt etishda qahramonlarcha jang qildilar. «Berlin 
olinganligi uchun» medali bilan o’zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi 
taqdirlandi. Fashistlar Germaniyasi tormor etildi. Germaniya ustidan qozonilgan 
g’alaba uchun medali bilan 109208 o’zbekistonlik jangchi taqdirlandi. 
O’zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda ham faol qatnashdilar. 
Ular 22, 79, - 275, 388-, 221, - diviziya va boshqa harbiy qismlar tarkibida jang 
qildilar. Seysin port shahrini egallalashda 335-o’qchi diviziyasida leytenant Fozil 
Komilov, razvedkachi Vali Sulaymonovlar alohida jasorat ko’rsatdilar. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish