«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


 Urushning tamom bo’lishi, Fashizmni tor-mor etishda O’zbekistonning



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

 
4. Urushning tamom bo’lishi, Fashizmni tor-mor etishda O’zbekistonning 
munosib o’rni 
Nihoyat urush fashizmga qarshi ittifoq tuzgan SSSR va demokratik 
davlatlarning g’alabasi bilan yakun topa bordi. 1945 - yil 2-mayda Berlin shahri 
taslim bo’ldi. 9 mayda Berlin yaqinidagi Karl xorstda AQSh, SSSR, Angliya va 
Fransiya qo’shinlari qumondonligi vakillari ishtirokida fashistlar Germaniyasi 
vakillari so’zsiz taslim bo’lishi haqidagi hujjatni imzoladilar. 1945 - yil 2 
sentyabrida Yaponiya vakillari Yaponiyaning taslim bo’lishi to’g’risidagi hujjatni 
imzoladilar. Shunday qilib 6 - yil davom etgan Ikkinchi jahon urushi german 
fashizmi va yapon militarizmining to’liq tor-mor keltirilishi bilan tugadi. 
82
Gitlerchilar Germaniyasi harbiy tashkiloti boshqaruvi shunday nomlangan. 


81 
Fashizm ustidan g’alaba, yangi urush tahdidini bartaraf etish, 
mustamlakachilikni bartaraf etish, BMTni barpo etilishi, jami ikki insoniyatning 
siyosiy va ijtimoiy jadal yuksalishi Ikkinchi jahon urushining asosiy natijasi 
bo’ldi
83

Ikkinchi jahon urush ko’plab xalqlar kabi o’zbek halqiga ham katta moddiy va 
ma’naviy zarar yetkazdi. O’zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 
kishi halok bo’ldi. 132670 kishi bedarak yo’qoldi, 60452 kishi urushdan nogiron 
bo’lib qaytdi.
O’zbekiston xalqi urush davrida yuksak insonparvarlik xislatlarini namoyon 
etdi. O’zbekistonga G’arbiy viloyatlardagi janglarda yarador bo’lgan minglab 
askarlar va zobitlar ham olib kelinar edi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga 
joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga mahalliy aholi tomonidan ham alohida 
mehribonlik qilindi. Respublikamiz sog’lomlashtirish markazlaridan biriga 
aylandi. 1941 - yil 1 oktyabrgacha O’zbekiston sog’liqni saqlash xalq komissarligi 
tizimida 14950 o’ringa ega bo’lgan 47 ta gospital barpo etildi va zarur uskunalar 
bilan jihozlandi. Ayni paytda Moskvadan, Kalinin, Rostov-Don va boshqa 
viloyatlardan 15900 o’ringa (krovatga) ega bo’lgan 48 ta gospital o’chirib 
keltirildi, joylashtirildi va tezda ishga tushirildi. Jami 39140 o’ringa ega bo’lgan 
113 gospital yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat ko’rsatdilar. 
Sog’ayganlar frontga yoki korxonalarda ishlashga jo’natilar edi. Nogiron bo’lib 
qolganlarga zarur yordam ko’rsatilar holiga yarasha ish bilan ta’minlash choralari 
ko’rilar edi. 
Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomonidan urush yillarida ham kichik 
xalqlar, etnik guruhlarga nisbatan adolatsizlk qilindi Urushning dastlabki 
yillaridayoq Volgabo’yi nemislari Avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 
mingdan ortiq aholisi, «bosqinchlar ulardan yordam olishi mumkin» degan gumon 
bilan yashab turgan joylaridan Sibir va Qozog’istonga ko’chirib yuborildi.
1943 - yil oxiri, 1944 - yil boshlarida qalmoqlar, qorachoylar, chechenlar, 
bolqarlar, 1944 - yil iyunida Qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari 
yashab turgan joylaridan O’rta Osiyo va Sibirga badarg’a qilindi. Ular fashistlar 
bilan «hamkorlik» qilishda ayblanib ommaviy qatag’on qilindi, yashirin va 
shoshilinch ravishda ko’chirildi. Ko’pchilik odamlar, bolalar yo’lda halok 
bo’ldilar. 
O’zbekitonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 mig ingushlar, 150 mingdan 
ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolqorlar, o’n minglab mesxeti turklari, greklar 
ko’chirib keltirildi. O’zbek xalqi ularni beg’araz kutib oldi, ta’na toshi otmadi, 
ularni joylashtirishga, oziq-ovqat bilan ta’minlashga ko’maklashdi. O’zbek xalqi 
urush - yillarida Vatanidan badarg’a qilingan xalqlarga moddiy va ma’naviy 
ko’mak berdi. Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor yerlardan tomorqa 
yer, uy qurish va xo’jalik yuritish uchun kredit mablag’lari ajratdi. Ko’chirib 
keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-sekin moslashdilar. 
83
Hidoyatov G. Ikkinchi jahon urushining diplomatik tarixidagi dog’lar tarix va o’zlikni anglash: O’zbekiston va 
Germaniya tajribasi. Toshkent. 2005, -B. 126.


82 
Stalincha milliy siyosat ko’plab xalqlarning milliy davlatchiligini buzdi, haq-
huquqlarini poymol etdi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy 
madaniyati, qadriyatlari va an’analari oyoq osti qilindi. Zo’ravonlikni zararli 
oqibatlari uzoq - yillar davomida to’la bartaraf etilganicha yo’q, vaqti-vaqti bilan 
milliy nizolar majarolarning kelib chiqishga sabab bo’lmoqda. 
Urushning dastlabki kunlaridanoq O’zbekistonliklar orasida mudofaa fondini 
tashkil etish, front uchun issiq kiymlar to’plash harakati keng yo- yildi. Ishchilar, 
kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jamg’armalarini, qimmatbaho buyumlarini 
mudofaa fondlariga topshirdilar. Agar urushning dastlabki - yillarida 30 miln so’m 
mablag’ topshirilgan bo’la, butun urush davomida 650 million so’m pul, 22 mln 
so’mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogrammga yaqin oltin, kumush va boshqa 
qimmatbaho buyumlar to’plandi. Bu jamg’arma hisobiga respublikamizda tank 
kolonnalari, aviasiya eskadriyalari, bronopoyezdlar qurilib frontga jo’natildi. 
O’zbekistonlik jangchilarga eshelonlab issiq qiymlar, mevalar jo’natilib turildi. 
Davlat harbiy zayomlarga yozilish yo’li bilan anchagina mablag’lar to’plandi. 
Aholidan issiq kiyimlar tayyorlash uchun jun, terilar yig’ib olindi. Aholiga pul-
buyum lotereyasi sotish hisobiga 4,2 milliard so’m mablag’ yig’ilib g’alaba 
manfaatlari yo’lida foydalanildi. 
Xullasa, urushning datlabki yillaridanoq O’zbekistonning butun moddiy va 
ma’naviy kuchlari fashizmga qarshi g’alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy 
izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga otlandi. O’zbek xalqining urush 
frontlaridagi jasoratlari, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati, ikkinchi 
jahon urushining g’olibona tugallanishni bevosita tarkibiy qismi bo’ldi. 
O’zbekistonliklarning urushda ko’rsatgan mardligi va jasorati yuqori 
baholandi. 120 ming O’zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o’zbek yigit va 
qizlari orden va medallar bilan mukofatlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar 
Qahramon unvoniga sazovor bo’lishidi, ularning 75 nafari o’zbeklardir, 32 nafar 
o’zbekistonlik jangchi uchala darajadagi «Shuhrat» ordeni bilan mukofaatlandi.
Mustaqillik yillarida Prezident I.A.karimov sa’iyi harakati bilan ikkinchi 
jahon urushi qatnashchilarini qadrlash va 9-may kunini bayram sifatida nishonlash 
yangicha insonparvarlik mazmun kasb etdi. Bu xususda Prezident I.A.Karimov 
shunday degan edi. «Ma’lumki, sobiq SSSR davrida 9 may har kuni G’alaba kuni 
sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar 
o’tkazilar edi. Biz mazkur sananing asl insoniy ma’no-mohiyati hamda 
jamoatchiligimizning bu boradagi taklif va mulohazalarini hisobga olgan holda, 9-
may kunini mamlakatimizda xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror 
qildik. Bu voqyea hyech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to’laqonli tiklash 
yo’lida hayotning o’zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo’lganini aytish lozim. 
Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini 
o’zida ifoda etgan eski yodgorliklar o’rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga 


83 
hamohang bo’lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali 
o’rnatildi
84
.
«Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jhon 
urushida halok bo’lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarda 
zarhal harflar bilan yozib qo’- yilganligi, ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 
jilddan iborat «Xotira» kitobi chor etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz 
tarixida ibratli ma’naviy voqyea bo’ldi
85
.
Har - yili urushda qurbon bo’lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda 
yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e’zozlash, hurmat-izzatini 
joyishga qo’yishdek insoniy ishlar yoshlarni vatanga muhabbat ruhida 
tarbiyalashda, mustaqil O’zbekistonning milliy xafvsizligini mustahkamlashda 
katta ahamiyatga ega. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish