Tuzuvchi:
t.f.n., katta o’qituvchi A.E.Toyirov
Mas’ul muharrir:
t.f.n. dotsent X.Normurodov
Taqrizchilar:
t.f.n. dotsent M.M.Hoshimova
t.f.n. dotsent O.R.Turg’unboyev
Samarqand qishloq xo’jalik instituti, 2012
4
SO’Z BOSHI
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin ijtimoiy-gumanitar
fanlar, xususan tarix fanida ham yangilanish jarayoni boshlandi. Xaqqoniy tarixni
yaratish davr talabi sifatida davlat siyosati darajasiga kutarildi. Prezident
I.A.Karimovning 1998 - yil 26 iyunda Respublikamizning bir guruh tarixchi
olimlari bilan uchrashuvi hamda uning mantiqiy davomi bo’lgan Vazirlar
Mahkamasining 1998 - yil 27 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tuo’g’risidagi qarori
O’zbekiston tarixini xolisona o’rganish uchun keng imkoniyatlar ochish bilan biga
konseptual va nazariy jihatdan yangicha qarashlar uchun muhim asos bo’ldi.
Tarixdan ma’lumki, o’zbek xalqi o’zining ko’p asrlik tarixi davomida
aksariyat chet el bosqinchlari zulmi ostida yashagan. Ayniqsa so’nggi
mustamlakachilar hisoblangan Chor Rossiyasi va sovet mustamlakachiligi davrida
milliy o’zlik, milliy madaniyatni, yo’q qilish millatni asoratda ushlab turishda
muhim ahamiyatga ekanligini anglagan holda bu borada keng qamrovli ishlar olib
borishgan. Bu borada Chor Rossiyasining Skoblev degan generali shunday deb
yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini,
san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi»
1
Chor
Rossiyasi mustamlakachilarini davomchilari hisoblangan sovet mustamlakachilari,
yagona «Sovet xalqi»ni shakllantirish siyosati shiori ostida milliy ma’naviyatni
taqdirlash borasidagi faoliyatlarini yanada kuchaytirdilar. XX asrning 80-- yillar
oxirlari, 90 - yillarning boshlarida sovet mustabid tuzumining inqirozga uchrashi
va barham topish jarayoni, o’ta murakkab bir davrda respublikaning birinchi
rahbari lavozimiga Prezident I.A.Karimovning kelishi, milliy ma’naviyat tiklash,
milliy mustaqillik sari tashlangan dastlabki qadamlar, nihoyat milliy mustaqillikni
qo’lga kiritilishi, uning tarixiy ahamiyati, Prezident I.A.Karimov asarlari,
nutqlarida O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlatning nazariy
asoslari ishlab chiqilganligi kabi masalalar keng qamrovli jumladan eng yangi
manbalar asosida ushbu uslubiy qo’llanmada atroflicha yoritilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanmada talabalarning mavzularni o’zlashtirish oson
bo’lishi uchun mavzularga tegishli yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
uchun tavsiyalar, reja, shuningdek, tayanch iboralar mavzularga oid adabiyotlar
ro’yxati va test topshiriklari bilimlarni mustahkamlash uchun savollar berilgan.
Mazkur uslubiy qo’llanma Prezident I.A.Karimov asarlari nutqlari,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa huquqiy me’yoriy hujjatlar, keng
qamrovli turli tarixiy manbalar jumladan, respublikamizning yetuk tarixchi
olimlari tomonidan mustaqillik - yillarida Chop etilgan darsliklari, o’quv uslubiy
qo’llanmalari, ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy maqolarini o’rganish asosida
tayyorlandi. Uslubiy qo’llanmani tayyorlashda Q.Usmonov, M.Sodiqov,
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. Sharq, 1999. – B. 24.
5
S.Burhonovalar tomonidan 2006 - yilda nashr ettirilgan O’zbekiston tarixni darslik
asos bo’lib xizmat qildi. Bundan tashqari uni yozishda tarixchi olimlardan
H.Ziyayev, D.H.Ziyayeva, Q.Rajabov, D.Alimova, Sh.G’afforov, A.A.Golovanov,
R.Shamsutdinov, R.M.Abdullayev, S.S.A’zamxo’zjayev, B.Ergashev, A.E.Toyirov
va boshqalar tomonidan yaratilgan hamda ularning tahrini ostida nashr etilgan
darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy maqolalaridan
foydalanildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan
o’quv dasturi asosida yozilgan ushbu uslubiy qo’llanma barcha nomutaxasis oliy
o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Shuningdek, undan
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy o’rta ta’limi o’qituvchilari ham
foydalanishlari mumkin.
Ushbu uslubiy qo’llanma ayrim kamchiliklardan xoli bo’lmasligi shubhasiz.
Qo’llanma tuzilishi va mazmuni sifatini ko’tarish bo’yicha sinchkov mutaxasislar
bildirgan taklif va istaklarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |