«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


Davlat hokimiyati tizimida Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

2. Davlat hokimiyati tizimida Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi, 
qonun chiqaruvchi, ijroiya etuvchi, sud hokimiyatining shakllantirilishi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1990 - yil, 24-martda O’zbekistonda sobiq 
sovet respublikalari ichida birinchi bo’lib, Prezidentlik lavozimi joriy etilgan 
bo’lib, bu lavozimga I.A.Karimov saylangan edi. O’zbekiston o’z mustaqilligini 
qo’lga kiritgandan keyin 1991-yil, 29-dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka ikkita ya’ni 
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari 
Federasiyasidan I.A.Karimov hamda «erk» demokratik partiyasidan Saloy 
Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo’- yildi. I.A.Karimov uchun 8,5 
milliondan ortiq kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. 
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayon nomlarani ko’rib 
chiqib «O’zbekitson Respublikasi Prezidenti saylovlari to’g’risida» gi Qonunning 
35-moddasiga asosan I.A.Karimovni 1991 - yil 29 dekabrdan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb, hisoblashga qaror qildi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1992 - yil yanvarda bo’lgan 
navbatdan tashqari IX-sessiyasida Prezident I.A.Karimov qasamyod qildi: 
«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, 
respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va 
erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy 
rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga 
qasamyod qilaman». I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq 
tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir. 
1995 - yil, 26 martda o’tkazilgan umumxalq referendumida O’zbekiston xalqi 
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning vakolatini 1997 - yildan 2000 - 
yilgacha uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. «Referendum» so’zi lotincha, e’lon 
qilinishi lozim bo’lgan xabar degan ma’noni anglatadi. Jamiyatni demokratik 
91
O’shа mаnbа. B. 31. 
92
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt. 1991, B. 15. 


93 
boshqarish jarayonida qo’llaniladigan tadbirlardan biri, ba’zi muhim masalalarni 
umumxalq ovoziga, umumxalq so’roviga, xalq muhokamasiga qo’yib hal etishdi
93

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to’g’risidagi Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentligiga navbatdagi saylov 2000 - yil, 9 yanvar kuni bo’lib o’tdi. Fidokorlar 
milliy demokratik partiyasidan I.A.Karimov uchun saylovchilarning 91,9 foizi 
ovoz berdi. O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan 
Abdulhafiz Jalolovga 4,2 foiz saylovchi ovoz berdi.
2000 - yil 9-yanvarida o’tkazilgan Prezidentlikka saylov yakuniga ko’ra 
«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonnuning 35 
moddasiga muvofiq I.A.Karimov 5 - yil muddatga O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga saylandi. 
2002 - yil 27-yanvar kuni «Siz O’zbekiston Respublkasi Prezidenti vakolat 
muddati 5 - yildan, 7 - yil qilib o’zgartirilishiga rozimisiz?» - mavzuida umumxalq 
referendumi o’tkaziladi. Referendum yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti vakolati muddati 5 - yildan 7 - yil qilib o’zgartirildi. Oliy Majlisning 
ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida O’zbekiston Prezidenti vakolati 
muddatini 2007 - yilgacha cho’zishga qaror qilindi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
89-moddasida 
qayd 
qilinganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida 
davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi «Konstitutsiyaning 90-
moddasiga ko’ra, Prezident «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan 
to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 - yil 
(2002 - yil 27 yanvardagi o’tkazilgan referendum natijalariga ko’ra 7 - yil) 
muddatga saylanadi» 93-moddaga binoan Prezident «Respublika Oliy Majlisiga 
har - yili ichki va halqaro ahvol xususida ma’lumotnoma taqdim etadi»
94

Ammo, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2007 - yil 11- aprelda 
qabul qilgan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-
moddasidagi, 93-moddasining 15-bandiga, 102- bandaning ikkinchi qismiga 
tuzatishlar kiritildi. Jumladan, 89- moddasidagi «O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan jumla 
olinib, ushbu modda «O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir 
va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda 
hamkorligini ta’minlaydi»
95
degan jumlalar o’rin oldi.
1992 - yil, 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb, 
ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida «O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
93
Мustаqillik: Izоhli ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.: 
Sharq, 2000. -B. 188. 
94
O’shа mаnbа. B. 261. 
95
O’zbеkistоn Rеspublikаsining Коnstitutsiyasi, Тоshkеnt. 2008, - B. 22. 


94 
oshiradi», deb belgilab qo’- yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament 
– O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi, 1993 - 
yil 28-dekabrda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida», 
1994-yil 22-sentyabrda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida» 
qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha 
ko’ppartiyaviylik asosida besh - yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan 
iborat bo’lishi belgilandi. 
Oliy Majlisga birinchi saylov 1994 - yil 25-dekabrda ko’ppartiyaviylik va 
tanlash asosida o’tkazilgan. 1995 - yil 8- va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar 
bo’lib, 250 ta deputat saylandi. Deputatlar tarkibida 15 millat vakillari kirdi, 
ulardan 208 nafar deputat, yoki 83,2 foizi Oliy davlat vakillik organiga birinchi 
marta saylangan edi. Oliy Majlis deputatlarining 15 nafari ayol bo’lib, har bir 
yettinchi deputat ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega
96

O’zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining birinchi sessiyasi 
1995 - yil, 23-24 fevralda Toshkentda bo’lib o’tdi. Sessiyada Prezident 
I.A.Karimov «O’zbekistonni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy 
tamoyillari» to’g’risida ma’ruza qildi
97

Oliy Majlis 1995-1999 - yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan 
ta’minlashga qaratilgan 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 452 ta qaror 
qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikasiya qildi, xalqaro 
konvensiyaga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. 
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 - yil 
dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarga 7 ta subyekt-beshta siyosiy partiya, 
hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 
1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik 
Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish