«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning 
asosiy tamo- yillari 
Hozirgi mustaqil O’zbekiston hududida avvallari ham bir qator 
konstitutsiyalar
113
qabul qilingan. (Turkiston ASSRning 1918 va 1920 - yillardagi, 
Xorazm va Buxoro Respublikalarining 1920-1921 - yillardagi, O’zbekiston 
SSRning 1927, 1937, 1978 - yillardagi Konstitutsiyalari). Ammo, u 
konstitutsiyalar xalq ommasi o’z xududini o’zi erkin va demokratik asosda 
boshqarish, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlarini ta’minlamagan edi. Ular 
108
O’shа mаnbа. B. 30.
109
Оdilqоriеv. Ҳ. Коnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. Т., Sharq, 2002, - B. 80. 
110
«Оmbudаmоn» tushunchаsi o’rtа аsr shvеd tilidа kuch yoki nufuzli, bоshqа shахslаr vоsitаchisi yoki vаkili 
bo’lgаn shахsni аnglаtаr edi.
111
Тyurikоv В. Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 1998, B. 38-39. 
112
Qаrаng: //I.А. Каrimоv Маmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini 
rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. Ма’rifаt. 2010 - yil, 13 nоyabr. 
113
Коnstitutsiya so’zi lоtinchа – tuzilish, tаrtib, dаvlаtning аsоsiy qоnuni dеgаn mа’nоni аnglаtаdi.


99 
asosan, Markazning ko’rsatmasi bilan yozilgan va ittifoq Konstitutsiyasidan 
ko’chirib olingan edi. Sobiq Ittifoq davridagi konstitutsiyalar amalda tobelikni 
mustahamlar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi uchun imkoniyat yaratar, chet el 
davlatlari bilan aloqa o’rnatish huquqidan respublikalarni mahrum etar, 
boshqaruvning istibdod tizimini muhofaza etar edi
114

«Mustaqillik Deklarasiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1990 - yil, 20 iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi 
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat 
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy 
komissiya O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 
- yil ishladi. 
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishining 
jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida 
jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning 
tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi 
g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 
1992 - yil 26-sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiya loyihasi 
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom 
etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan taqliflar asosida tuzatishlar kiritilgan, loyiha 
1992 - yil, 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq 
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga 
olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli 
bo’ldi. Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab 
chiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini qo’shdi.
Yaratilayotgan Konstitutsiyada yangi davlatning tabiati, uning ichki va tashqi 
siyosati tamo- yillari ochiq-oydin yoritildi, inson huquqlariga davlat suverenligiga, 
demokratiyaning va ijtimoiy adolatning oliy maqsadlariga sodiqligi ko’rsatib 
o’tildi, shuningdek, o’zbek davlatchiligi rivojlanishi tarixiy tajribasini hisobga 
olish, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan me’yorlari ustuvorligiga tayanish 
lozimligi aytiladi. Mamlakatda yashayotgan barcha millat va elatlar uchun 
munosib hayotni ta’minlashga zamin bo’lishi, barqaror bozor iqtisodiga asoslangan 
demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati bunyod etilish O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyatini tashkil etadi
115

Bulg’usi mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida Prezident 
I.A.Karimov 1992 - yil avgust oyida nashr etilgan birinchi kitobida shunday degan 
edi: «Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O’zbekiston chinakam 
mustaqillikni qo’lga kiritib, go’llab-yashnash va farovonlikka erishish, taraqqiy 
etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o’rinni egallashi 
114
Мustаqillik: . Izоhli ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.: 
Sharq, 2000. -B. 265-266. 
115
O’shа mаnbа. B. 266.


100 
– biz ko’zlayotgan oliy maqsaddir. Mustaqil O’zbekistonning birinchi 
Konstitutsiyasi buning huquqiy kafolati bo’lib xizmat qiladi»
116
.
Oliy Kengashining 1992 - yil dekabrda bo’lgan XI sessiyasi O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. 
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va 
aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 - yil 8-dekabr kuni O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 
nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekakbr umumxalq 
bayrami – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb, e’lon qilindi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob va 128 
moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklarasiyasi», «O’zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligi asoslari, to’g’risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamo- yillar 
va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtiradi. 
Birinchi bo’limda, konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari majmui 
keltirilgan. Davlat mustaqilligi, xalq hokimiyati, Konstitutsiya va Qonun 
ustuvorligi hamda O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to’la subyekti ekanligini 
belgilovchi prinsip ana shunday prinsiplardir
117

Ikkinchi bo’lim inson va fuqarolarning asosiy huquqlari hamda erkinliklarini 
mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni insonni jamiyat va 
davlatning oliy qadriyati deb, e’lon qiladi. Konstitutsiyaning 128 moddasidan 60 
tadan ko’prog’i shaxsning huquqiy maqomiga. Fuqarolarning huquqlari va 
erkinlariga bag’ishlangandir
118

«Jamiyat va shaxs» deb, atalgan uchinchi bo’lim jamiyatning iqtisodiy 
asoslariga jamoa birlashmalariga, oila masalalariga va ommaviy axborot 
vositalariga bag’ishlanadi.
119
To’rtinchi bo’lim ma’muriy-hududiy va davlat qurilishi masalalariga aniqlik 
kiritadi
120

Beshinchi bo’lim davlat hkoimiyatining tashkil etilishiga bag’ishlangan
121

Oltinchi bo’limda Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi belgilab 
berilgan
122
.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning hohish, irodasi 
va dono fikr-mulohazalari asosida va jahoneda to’plangan eng ilg’or 
konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini 
hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa markaziy 
hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib 
116
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt. 1999, B. 22. 
117
Тyurikоv В, Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi: 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 10998, B. 28. 
118
O’shа mаnbа. B. 28.
119
O’shа mаnbа. B. 28. 
120
O’shа mаnbа. B. 28. 
121
O’shа mаnbа. B. 28. 
122
O’shа mаnbа. B. 28. 


101 
olinar edi. Shuning uchun ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning 
birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning ustuvorligi barcha davlat idoralari, ijtimoiy tuzilmalar 
hamda fuqarolarning faoliyati Asosiy qonunda mustahkamlangan qoidalar, 
prinsiplar va g’oyalar asosida amalga oshirilishini bildiradi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Konstitutsiyamizning qabul qilinishi 
chog’idagi nutqida shunday degan edi: «Huquqiy davlatning asosiy belgisi – 
barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning 
ustunligi ta’minlashdir. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni 
anglatadiki, barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya 
asosida va unga muvofiq bo’lishi talab etiladi»
123

2002 - yil 27-yanvarda utkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko’ra 
hamda uning asosida 2003 - yil 24-25 aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur qonun qabul qilindi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga 
jamiyatni 
yanada 
erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan 
kelib chiqqan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Asosiy qonunimiz 
mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga dahl qilmagan holda, avvalo Oliy 
Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va 
vakolatlariga doir XVIII bob (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi) 76-88 
moddalariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir XX-
bob (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti) 89,90,93,95,97-moddalariga ham 
o’zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari Konstitutsiyaning XX-(Vazirlar 
Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga ham tuzatish va qo’shimchalar 
kiritildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII-bob, 70-75- moddalari 
O’zbekiston tarkibidagi Qoraqalpag’iston Respublikasiga tegishli bo’lib, unda 
O’zbekiston va Qoraqalpag’iston o’rtasidagi huquqiy munosabatlarga aniqlik 
kiritilgan
124
Prezident I.A.Karimov 2009- yil 5- dekabrda O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 17 - yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi maruzada 
Konstitutsiyamizning ahamiyati xususida shunday degan edi: «Butun o’tgan davr 
mobaynida bosib o’tgan yo’limizni mantiqiy baholar ekanmiz, avvalo 
Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari va qoidalari negizida qabul qilingan qonun 
va dasturlar bo’yicha davlat qurilishi, ijtimoiy- iqtisodiy qurilishi borasida 
123
Оdilqоriеv Ҳ. Коnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. Т.: Sharq. - B. 25-26. 
124
Qаrаng //O’zbеkistоn Rspublikаsi Коnstitutsiyasi. T, 2008. –B. 13-14. 


102 
bosqichma- bosqich va izchillik Bilan amalga oshirilayotgan islohatlar natijalarini 
qayd etishimiz tabiy, albatta»
125
«Mamlakatimiz erishgan bunday ulkan marralarning barchasini butun Dunyo 
tan olayotganini ko’rib, asosiy qonunimiz belgilab bergan mustaqil taraqqiyot yo’li 
naqadar to’g’ri ekaniga takror va takror ishonch hosil qilmoqdamiz»
126


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish