«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


 XX asrning 20-- yillar oxirlarida sobiq sho’rolar mamlakatida totalitar



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

 
1. XX asrning 20-- yillar oxirlarida sobiq sho’rolar mamlakatida totalitar 
ma’muriy-buyruqbozliq tizimining qaror topishi. Milliy arboblar safini bo’lib 
tashlash siyosati. 
 
Prezident I.A.karimov 2001 - yil 1-mayida «qatag’on qurbonlarini yod etish 
kunini belgilash to’g’risidagi» farmonida «Mustabid tuzum davrida million-million 
begunoh insonlarning umri xazon bo’lganini, qancha-qancha go’daklar yetim 


56 
qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hyech qachon unutmaydi» degan fikr 
bildirib, har - yili 31-avgust kunini mamlakatimizda qatag’on qurbonlarini yod 
etish kuni deb belgiladi
54
.
Darhaqiqat, «sovet davri» tariximizning murakkab, chigal shu bilan birgalikda 
qayg’uli davri hisoblanadi. 1921 - yilning mart oyida VKP (b)ning X-syezdida 
«Harbiy kommunizm» siyosatidan voz kechilib yangi iqtisodiy siyosatga utilib, 
ushbu davr 1929 - yilgacha ya’ni jamiyatda partiya niqobi ostida uning «dohiysi» 
Stalinning yakka hukmronligi boshlanguncha qadar davom etdi. Agar O’zbekiston 
SSR tuzilganligi rasman 1925 - yilning 13 fevralida e’lon qilingan bo’lsa, uning 
birinchi sovet konstitutsiyasi 1927 - yilning mart oyida sovetlarning II-
umumo’zbek qurultoyida qabul qilingan bo’lib, u 1924 - yilda qabul qilingan sobiq 
SSSRning birinchi konstitutsiyasi asosida tuzilgan bo’lib, unda partiyaning va 
«markaz»ning qonuniy hukmronligi belgilangan edi. XX-asrning 20 - yillarining 
yarmiga kelib sovet davlati markaziy boshqaruva tizimida ham o’zgarish hollari 
yuz berdi Stalin asta-sekinlik bilan muxolifatda bo’lgan dastlab Troisskiydan 
(1927 - yilda) keyinchalik, N.V.Buxarindan qutulib, o’zining to’la hukmronligini 
o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. Stalin 1922 - yildayoq partiyada rahbarlik lavozimini 
egallab olib diktatorga aylanib borayotgan edi. U byurokratiyani mohiyatan o’lkan 
qudratga aylantirib olgandi. Troskiy iborasi bilan aytganda «Lenin apparatni, 
apparat esa Stalinni yaratdi
55
. XX asrning 20- yillari oxirlarida Stalin tomonidan 
yangi nazariy kurash sifatida ilgari surilgan, «Sosializm mustahkamlanib borgan 
sari sinfiy dushman qarishligi ham shunchalik kuchayib boradi» degan g’oya 
noqonuniy hatti-harakatlarni avj olinishga olib keldi. Stalin va uning 
maslakdoshlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, 
hukmini boshqalarga o’tkazib, har qanday o’zgacha fikrlovchilarni qatag’on etib 
bordilar. Shu tariqa mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv 
tizimini Stalin yanada mustahkamladi. Totalitar rejimning belgilariga, jamiyatda 
yakka partiyaviy-g’oyaviy hukmronlikni o’rnatilishi, davlat boshqaruvini 
markazdan diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida amalga oshirilishi, 
rasmiy mafkuraga mos bo’lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo’q qilinishi, jazo 
organlari tarmog’ini kengayishi, o’zgacha fikrlovchilarga nisbatan ommaviy 
qatag’on siyosatini amalga oshirilishi va boshqalar kiradi. Mamlakatda totalitar 
tizimning qaror topishi, shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham dahl 
qilib, ularning butun inon-ixtiyorini ittifoq davlati tasaruffiga bog’lab qo’ydi. Bu 
O’zbekiston timsolida ham yaqqol qo’zga tashlanadi. Avvalo Respublika 
hokimiyati boshqaruvining hamma bug’inlari to’liq ravishda, markaz organlariga 
buysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot O’zbekiston 
komunistik partiyasi ham VKP (b)ning viloyat bo’limi maqomida faoliyat yuritar 
edi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markaziy Qo’mitasi qabul qiladigan har 
54
Xalq xotirasi oldida bosh egamiz hujjatlar, ma’ruzalar, xotiralar, xatlar. T.: Sharq, 2001, B. 14-15.. 
55
Shamsutdinov R. O’zbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojiali oqibatlari. T.: Sharq, 2001, -
B. 22. 


57 
qanday qaror, farmoyishlar, rahbariyat ko’rsatmalari respublika partiya 
tashkilotlari, tomonidan bajarilishi majburiy shart edi. 
Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti (komsomol) va boshqa 
jamoat tashkilotlari ham Markazning shu xildagi tashktlotlari andozasiga ko’ra 
tuzilgan bo’lib, ularga to’liq buysungan holda faoliyat yuritar edi. Shu bilan 
birgalikda bu tashkilotlarni barchasi kommunistik partiya yetakchiligida, uning 
siyosiy-g’oyaviy ta’sirida bo’lib, o’z a’zolarining ongi, tafakkurini shu partiyaning 
mafkurasi, g’oyasi ruhida shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Mustabid 
tuzum markazdan O’zbekistonga o’zining ko’r sonli sadoqatli xodimlarini, 
rahbariy lavomizlarda ishlashga yuborib turar edi. Ular yordamida o’lka hayotida 
kechayotgan barcha jarayonlar, o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lib, mahalliy 
kadrlar faoliyatini nazorat qilib borar edi. 
Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga 
ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga ilintirib, uning 
amaldagi rasmiy mustaqilligini yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati 
respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror masalani, 
muammoni mustaqil hal etishga haq-huquqli emas edi. Jamiyatda totalitar tuzumni 
mustahkamlash maqsadida joylarda, jumladan, O’zbekistonnida milliy siyosatda 
boshqa milatlarni ona tiliga nopisand munosabatda bo’lindi. Masalan, ming - yillar 
mobaynida avlodlarimiz tomonidan qo’llanib kelingan arab alifbosidagi o’zbek 
yozuvi 1929 - yilda lotin alifbosiga 1940 - yilda esa Kiril (rus) alifbosiga 
o’tkazildi. Rasmiy yig’ilishlarda o’zbek tiliga, milliy kadrlarga katta etibor berish 
haqida gapirilsada, aslida rus tili hukmronligi borgan sari kuchayib borayotgan edi. 
Milliy kadrlarni tanlashda esa ularni kammunistik mafkuraga qanchalik sadoqatli 
ekanligi sinovdan o’tkazilgan holda qabul qilinar edi. Oliy o’quv yurti tizimida 
1918 - yilda O’rta Osiyo Davlat universetiti tashkel etilgan bo’lsada bu yerga 
o’qishga qabul qilishda birinchidan, sinfiylik tamo- yili, yani ishchi dehqonlarga 
katta imtiyozlar berilsa, ikkinchi tomondan bu yerda mashg’ulotlar asosan rus 
tilida olib borilganligi sababli asosan yevropaliklar o’qishga qabul qilinar edi. Eng 
yangi manbalaorni guvohlik berishicha, aynan mana shunday holat sababli Fitrat, 
Botu va boshqa milliy ziyolilar sa’yi-harakati bilan mahalliy millat vakillaridan 
oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash maqsadida 1927 - yilda Samarqandda 
Pedagogika Akademiyasi tashkil etildi
56
. Xullas XX asrning oxirlariga kelib 
O’zbekistonda ham totalitar, ma’muriy-buyoruqbozlik tuzumi qaror topgan 
bo’lsada, ushbu tuzumdan, partiyaning milliy manfaatlarga zid siyosatidan 
norozilik goh ochiqcha, goh yashirincha qarshilik bolsheviklar hokimiyatining 
dastlabki yillaridayoq boshlangan va kuchayib borayotgan edi. Sovet hokimiyati 
esa ularga qarshi jazo organlari tarmog’ini kengaytirgan edi. 
56
Toyirov A. Abdurauf Fitrat va Mahmud Hodiyev (Botu) hayoti va faoliyatining o’qrganilmagan sahifalari. // 
SamDU axborotnomasi, 2005, №6. B. 33-35. 


58 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish