«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


 Respublika milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi va uning aholi ongiga



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

3. Respublika milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi va uning aholi ongiga 
singdirila borishi 
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy istiqlol 
g’oyasini, mafkurasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. 
Eng avvalo, g’oya va mafkura tushunchalariga ta’rif beraylik: «G’oya-inson 
tafakkurining mahsuli, inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxshi etadigan, 
uni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir»
166

«Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va 
jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari, hamda 
ularni amalga oshirish tamo- yillarini o’zida mujassam etadigan g’oyalar 
tizimidir»
167

O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol g’oyasi millatning o’timishi, buguni 
va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini 
ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli
168

O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi esa, o’z mohiyatiga ko’ra, 
xalqimizning asosiy maqsad-muddatlarini ifodalaydigan, uning o’tmishi va 
kelajagini bir-biri bilan bog’laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga 
xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir
169

Milliy istiqlol mafkurasi
170
sobiq SSSRda XX asr, 90 - yillarining boshigacha 
taqiq ostida bo’ldi. Chunki sobiq Sovet davlatida millatlar va elatlarning barcha 
orzu-umidlari to’la, bekamu-ko’st amalga oshirildi, deyilar edi. Xalbuki, sobiq 
SSSR respublikalari amalda Markazga tobe edilar va ularning moddiy boyliklari, 
Markazning ixtiyoridagi mulk bo’lib, ma’naviy-madaniy hayot esa shakl va 
mazmun jihatdan kommunistik mafkuraning talablariga buysundirilgandi
171

165
Karimov I.A. Yuksаk mа’nаviyat еngilmаs kuch. Тоshkеnt. 2008. –B.19.
166
Мilliy istiqlоl g’оyasi: аsоsiy tushunchа vа tаmоyillаr. Тоshkеnt. 2000. - B. 9. 
167
O’shа mаnbа. B. 9. 
168
Мilliy g’оya: tаrg’ibоt tехnоlоgiyalаri vа аstаmаlаr lug’аti, tuzuvchi vа mаs’ul Q.Наzаrоv. Тоshkеnt. 2007, -B. 
220. 
169
Мilliy istiqlоl g’оyasi: аsоsiy tushunchа vа tаmо- yillаr. Тоshkеnt. 2000. -B. 43 
170
Маfkurа, аrаbchа «mаfkurа – nuqtаi nаzаrlаr vа e’tiqоdlаr tizimi, mаjmui». 
171
Мustаqillik Izоhli ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.: 
Sharq, 2000. -B. 129 


120 
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Asosiy qonunimizning bir - yilligiga 
bag’ishlangan tantanali yig’ilishda O’zbekistonda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, 
mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hyech qaysi mafkura davlat 
mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas, degan Konstitutsiyaviy qoida 
«bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo’yadi» - deb 
ta’kidlagan edi
172

1993 - yil, 23-aprel kuni Prezident I.A.Karimov bir guruh adiblar bilan suhbat 
qilib, milliy istiqlol g’oyasini yaratishning zaruriyati va ahamiyatini asoslab berdi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993 - yil, 7 may 
kuni nutq so’zlab, Prezident I.Karimov quyidagilarni ta’kidladi: 
- milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga 
ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, 
ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. 
- shu bilan birga bu g’oya xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga 
suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlariga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi 
taraqqiy topgan davlatlar orasida teng huquqli asosida munosib o’rin egallashiga 
doimiy intilish hissini tarbiyalamog’i kerak. 
«Tafakkur» jurnalining 1998 - yil, 2 sonida jurnal bosh muharriri savollariga 
Prezident I.A.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy 
g’oyamizning nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi 
kunda sobiq sovetlar zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik 
holatiga solgan manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, 
ma’muriy choralar ko’rish yo’li bilan yengib bo’lmaydi. «G’oyaga qarshi faqat 
qoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirilishi, 
olishini mumkin», - degan haq fikrni ilgari surdi. «Jamiyatimizning mafkurasi shu 
jamiyatning tayanchi bo’lishi oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etish, 
xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishish uchun 
kuch-g’ayrat manbai bo’lishi lozimligi»
173
, ta’kidlandi. 
Milliy istiqlol g’oyasidan kutilgan maqsad nima? 
Prezident I.A.Karimov suhbatda «Xo’sh, milliy g’oya, milliy mafkura 
nimalarni o’zida mujassamlashtirilishi va qanday talablarga javob berish kerak?» 
degan savolni qo’yadi va unga javob berar ekan, qo’yidagi dasturiy ahamiyatga, 
molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari surdi: 
- milliy mafkura, avvalombor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni 
anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu 
orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’- yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab 
olish shart; 
- ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan xilma-xil fikrlar va 
g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va 
umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashdan qat’iy nazar, 
ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va 
172
Оdilqоriеv Ҳ. Коnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. Т., Sharq, 2002, - B. 300. 
173
Karimov I.A. Аdоlаt jаmiyat sаri. Тоshkеnt. 1998, -B. 13. 


121 
davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari 
chorlaydigan yagona g’oya-mafkura bo’lishi kerak; 
- uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga 
o’xshagan unsurlardan, boshqa eslat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish 
kayfiyati va qarashlaridan mutloqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman 
jahon hamjamiyatida, xalqoro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat 
qozonishida poydevor va rahnamo bo’lishi darkor; 
- to’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni 
vatanparvarlik, 
el-yurtga 
sadoqat 
ruhida 
tarbiyalash, 
ularning 
qalbiga 
insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek, oliy janob 
ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur: 
- beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagini uzviy 
bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari 
deb his qilish, shu bilan birga jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga 
erishmoqda yo’l ochib beradigan vash u maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan 
g’oya bo’lishi kerak.
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun 
mafkuraviy kurash borayotganligi, ko’p narsalarni mafkura maydonlarida 
bo’layotgan kurashlar hal qilish mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni 
yo’ldan chalg’itayotgan diniy ekstremizm xavfli mavjudligi haqida ogohlantirib 
kelmoqda. XX-asr 80 - yillarining oxirlarida mamlakatimizga «do’st», «dindosh», 
«millatdosh» qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining sofligi uchun kurashishga 
da’vat etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom 
dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan odamlarni go’r yoshlarni o’z tuzog’iga 
ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarini yoyishga urindi, ayrim yoshlarni 
o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog’iga tortishga ulgurishdi ham. 
Namangan, Toshkent va Andijonda sodir etilgan qonli voqyealardan keyingina bu 
kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi ostida harakat 
qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O’zbekistondagi bir to’dasi ekani 
oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki - yillarida esa mafkuradan voz kechish 
natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning O’zbekistonga 
xuruji kuchaydi. 
Bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima 
qilish kerak? 
Buning yo’li – odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini 
mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan 
barkamol insonlar etib tarbiyalashdir. «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy 
tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror 
tortishimiz, tadbir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz 
zarur»
174

174
Karimov I.A. Мilliy istiqlоl mаfkurаsi – хаlq e’tiqоdi vа buyuk kеlаjаkkа ishоnchdir. Тоshkеnt. 2000, -B. 12. 


122 
Prezidentimiz I.A.Karimov Milliy g’oyaning jamiyat uchun o’ta zarur 
ekanligi xususida shunday degan edi: «Milliy g’oya bo’lsa, maqsad oydinlashadi. 
Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da’vat etadi, jamiyatni yanada 
birlashtiradi. O’z milliy g’oyasi, milliy mafkurasiga ega bo’lgan davlat 
mustahkam, qudratli va obod bo’ladi. Shuning uchun bu borada ikkilanish, 
sustkashlik, o’zibo’larchilik, loqaydlikka aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi»
175

Shunday qilib, I.A.Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish 
tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va 
farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga 
erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va 
dinlararo bag’rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamo- yillarni o’zida 
uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi shakllandi. 
Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamo- yillari ta’lim va 
madaniy-ma’rifiy muassasalari, omamviy axborot vositalari, adabiyot va san’at, 
mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga 
singdirilmoqda. 
Prezident I.A.Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarida 
Milliy g’oyaga qo’yidagicha ta’rif beradi. «Milliy g’oya deganda, ajdodlardan 
avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan shu yurtda yashayotgan 
har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib uning ma’naviy ehtiyoji 
va hayot talabiga aylanib, ketgan, ta’bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng orzu 
intilish va umid-maqsadlarini o’zimizga tasavvur qiladigan bo’lsak, o’ylaymanki, 
bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan 
bo’lamiz»
176


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish