111
1. Mustaqillik - yillarida O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti
Mustaqillik - yillarida iqtisodiy hayotimizda ro’y bergan yangilanish, tub
o’zgarishlarni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo eski mustabid tuzumdan bizga
qanday iqtisodiy meros bo’lib qolganligini eslaylik.
O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv o’rmon va
boshqa resurslariga o’zi egalik qila, olmas edi. Respublika hududida qurilgan va
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga buysundirilgan
edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab
chiqarilayotgani, ular qayerda realizasiya qilinayotgani va qancha daromad
keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi,
o’zining milliy valyutasiga, valyuta jamg’armasiga ega emas edi.
«Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u
zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak,
shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga –
markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim
mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi»
139
.
Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumbashariy, jahon
sivilizasiyasining katta yo’liga tushib oldi. O’zbekiston bozor munosabatlarini
shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan, o’z yo’lini tanlab oldi.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi.
Bu yo’lning asosiy qoidalari ya’ni O’zbekiston kelajagini belgilab beruvchi beshta
tamo- yil Prezident I.A.Karimovning 1993 - yilda nashr etilgan «O’zbekiston
bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» asarida ko’rsatib o’tilgan. Bu
tamo- yillar qo’yidagilardan iborat: 1.Iqtisodiyotni siyosatdan ustuvorligi. 2.
Davlatning bosh islohotchi ekanligi. 3. Jamiyatda qonun ustuvorligi. 4. Kuchli
ijtimoiy siyosat. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bosqich o’tish. Bu yo’lga
birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari,
shart- sharoitlari, eski tuzimdan meros bo’lib qolgan muommolar hisobga olindi.
Bozor iqtitsodiyotiga o’tishda jiddiy muommolarga duch kelish mumkinligi
xususida Przident I.A.Karimov shunday degan edi: «Bozor iqtisodiyotiga o’tish
muommolariga tik ko’z bilan qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy
tomonigina emas balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak. Bozorga,
ayniqsa shakllanishi bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning
o’sishi,
pulning
qadrsizlanishi,
ko’pgina
korxonalarning
sinishi
va
ishbilarmonlarning xonavayron bo’lishi, aholining moddiy taminot jihatdan keskin
tabaqalashuvi, huquqqa zid hatti- harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir.
Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan
to’g’ri yechimlar topa bilish kerak.»
140
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi tamo- yili mustaqil O’zbekistonda
davlat qurilishini va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi hisoblanadi. Bu
139
Karimov I.A. O’zbеkistоn XXI аsrgа intilmоqdа. Тоshkеnt. 1999, - B. 6.
140
Каrimоv I.А O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri.- t, 1999. –B. 38.
112
boradagi asosiy qoidalar, shu jumladan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi
hamda uni mafkuradan xoli etilishi tamoyilining mazmuni Prezident
I.A.Karimovning bir qator risola va nutqlarida mufassal yoritilib, berilgan. Uni
amalga
oshirishning
chora-tadbirlari
mamlakat
hukumatiinng
bozor
munosabatlarini tarkib toptirishga oid ko’plab me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini
topgan
141
.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidagi maqsadlarini Prezident
I.A.Karimov qo’yidagicha ifodalaydi: «Eng muhimi – ijtimoiy larzalarsiz, qat’iyat
izchilik bilan bozor munosabatlariga o’tish, jamiki kuch-qudrat va boyliklardan
samarali foydalanishni, xalq-xo’jaligining barqaror rivojlanishini respublikaning
turmush darajasi yuksak bo’lgan iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga
chiqib olishni ta’minlaydigan qudratli iqtisodiy negizni vujudga keltirayotgan
davlatchilikning mustahkam poydevorini barpo etish kerak»
142
.
Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning
huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi.
Iqtisodiy sohaga tegishli bo’lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu
qonunlarni mazmun-mohiyat jihatdan bir qator yo’nalishlarga bo’lish mumkin. 1.
Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar.
2. Xo’jalik yuritishini tartibga soluvchi qonunlar ya’ni xususiylashtirish
to’g’risidagi qonunlar. 3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab
beruvchi huquqiy normalar.
1991 - yil, 18 noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish
to’g’risidagi
qonunga
muvofiq,
davlat
mol-mulkini
xususiylashtirish masalalari bo’yicha 20 dan ortiq mahsus dasturlar ishlab chiqildi
va ularni amalga, oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni
umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini,
qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan
chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususylashtirish» deb, nom oldi.
Konstitutsiyamizning 36-moddasiga binoan har bir shaxs mulkdor bo’lishga
haqli
143
.
Mulkdorlar sinfi avvalo mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususylashtirishni izchil amalga oshirish hisobiga ham va kichik biznesni hamda
xusussiy tadbirkorlikni rag’batlantirish hisobiga ham yaratilmoqda. Qishloqda
mulkdorlar sinfini yaratishning samarali shakllaridan biri dehqon, fermer va
xususiy yordamchi xo’jalilardir
144
.
Prezident I.A.Karimovning 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo’jaligida
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi farmonida
141
Мustаqillik ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.: Sharq,
2000. B. 79-80.
142
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri.- t, 1999. –B. 74-75
143
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Коnstitutsiyasi.. Тоshkеnt. 2008, -B. 9
144
Тyurikоv В, Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi: 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 10998, -B. 61.
113
agrar islohotlarning yangi yo’nalishlarini belgilab berdi. 2007-yilda shirkat
xo’jaliklari tugatilib, fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Kichik xususiylashtirish 1994 - yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo’lgan
bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizidan ortiqrog’i
fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi
egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar,
tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi.
2002 - yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foiziga yaqini
xususiylashtirildi.
1994 - yil, 21-yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohatlarni yanada
chuqurlashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi va 1994 - yil, 16 martda e’lon
qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini
yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi Prezident Farmonlari
xususiylashtirish jarayoniga yangi turki bo’ldi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish
bilan bevosita bog’lik, 1992 - yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining
«Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun
asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar
ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlarni birinchi bosqichi yakunlari xususida Prezident
I.A.Karimov shunday degan edi: «O’tish davrining birinchi bosqichi isloh qilish
jarayonining qiyinchiliklarni, ayni vaqtda tabiy iqtisodiy munosobatlarni tiklashga
yondashishlar bir xil andozada va odatiy emasligini ko’rsatdi»
145
.
«Birinchi bosqichda butunlay yangi iqtisodiy tizimning» huquqiy negizlarini
yaratishga, davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga, eskicha fikrlash
tarzlarini, ongimizdan chiqarib tashlashga qaratilgan edi. Bu bosqichda yangi
tuzum uchun ishonchli poydevor yaratish vazifasi qo’- yildi va hal qilindi»
146
.
O’zbekiston xorijiy kampaniyalar bilan qo’shma korxonalar qurishga keng
imkoniyatlar yaratildi. Masalan, 1996-yil 19-iyulda Andijon viloyatining Asaka
shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yuarpo etilgan «O’zDAEVOO» avto
qushma korxonalirin ochilish marosimi bo’ldi. Korxonada dastlab «Damas»,
«Tiko», «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2003-yildan
boshlab «Lassetti» rusumli avtomobil ishlab chiqarilmoqda.
O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish
maqsadida huquqiy sharoit va tuzilmalar yaratilgan. Bu Tovar ishlab
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes –
jamg’armasi, «Madad» sug’urta agentligi, biznes inkubatorlardir. 1998 - yil 9
aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tadbirkorlik, kichik va
o’rta biznesni yanada rag’batlantirish choralari to’g’risida»gi Farmoni qabul
145
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt. 1991, -B. 185.
146
O’shа mаnbа. B. 185.
114
qilingan bo’lib, u xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni jadal rivojlanishiga
huquqiy asos bo’ldi.
147
Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 2002 - yil, 22-yanvaridagi birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida iqtisodiy
sohadagi navbatdagi vazifalar xususida shunday degan edi: «Iqtisodiyotni
erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning nazoratchilik va
boshqaruvchilik vazifalarini – funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo’jalik
faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznis faoliyatiga aralashuvini cheklashda
iborat»
148
.
Ayniqsa, xususiy biznesga ko’proq erkinlik berish lozim. Umuman, iqtisodiy
faoliyatning bozorga xos mexanizmlariga ko’proq erkinlik berish zarur. Buning
uchun tegishli huquqiy zamon, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlarni
yaratishimiz kerak
149
.
Iqtisodiy islohotlar bilan hamohang tarzda mamlakatimizda aholining kam
ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berildi. Masalan,
1994-yil, 24-avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tug’risida
Prezident Farmoni e’lon qilindi. Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam
ta’minlangan qismiga mahallar orqali 54,3 mln so’m moddiy yordam berishdi.
2007 – yil mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya» yili deb, e’lon qilindi.
2008 - yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tahliliga
bag’ishlangan Prezident I.A.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli kitobi
2009 - yilda nashr etilgan
150
.
Prezident I.A.Karimov 2009 - yilning 5 dekabrida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 17 - yiligiga bag’ishlangan tantanali marosimda qilgan
ma’ruzasida 2009 - yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi - yili»da amalga
oshirilgan ishlar to’g’risida gapirib jumladan, shunday degan edi: «Qishloq
xo’jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, sohaning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, eng muhim qishloq xo’jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish, yurtimizni
obod etish yo’lida toboro hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik
harakatini samarasini yanada oshirish maqsadidda talaygina ishlar qilindi»
151
.
Prezident I.A.Karimov 2010 - yil, 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiinng qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasida
vaqt o’tishi bilan qonunlarga, jumladan, iqtisodiyot sohasiga tegishli qonunlarga
ham o’zgartirishlar, yangilanishlar bo’lishi zarurligini bildirib, shunday degan edi:
«Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala mamlakatimiz iqtisodiyotida «kichik
biznes, birinchi navbatda xususiy tadbirkorlikning roli va ulushni yanada
147
Тyurikоv В, Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi: 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Т., 10998, B. 61.
148
Karimov I.A. Оzоd vа Оbоd Ваtаn, erkin vа fаrаvоn hаyot-pirоvаrd mаqsаdimiz. Т., 2000, B. 13
149
O’shа mаnbа. B. 13.
150
Qаrаng/ Karimov I.A. Jаhоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O’zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo’llаri
vа chоrаlаri. Тоshkеnt. 2009.
151
Karimov I.A. O’zbеkistоn Коnstitutsiyasi biz uchun dеmоkrаtik tаrаqqiyot yo’lidа vа fuqаrоlik jаmiyatini bаrpо
etishdа mustаhkаm pоydеvоrdir. Тоshkеnt. 2009, - B. 11.
115
kengaytirishni ta’minlay oladiga qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun
dolzarb masala bo’lib qolmoqda»
152
.
Do'stlaringiz bilan baham: |