«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

Birinchi
bosqich o’tish davri bo’lib, u 1997-2001 - yillarda davom etadi, 
ta’limning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-
sharoitlar yaratiladi. 
Ikkinchi
bosqich 2001-2005 - yillarni o’z ichiga oladi va milliy dastur to’liq 
amalga oshiriladi. 
Uchinchi
bosqich 2005 va undan keyingi - yillarda mo’ljallangan bo’lib, unda 
to’plangan tajribalarni tahlil etish asosida kadrlar tayyorlash tizimi yanada 
takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim qo’yidagi 
turlarda amalga oshiriladi: Maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim; o’rta-maxsus 
va kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish 
umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 - yilda Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturini amalga oshirishining birinchi bosqichi yakunlandi. 
2001 - yilda respublikamizda 6772 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 
608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 6582 nafar pedagog, tarbiyachi va 
boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarda 440762 nafar 
o’qituvchi, 6,3 mln o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha 
barcha o’quv fanlaridan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta 
maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim 
standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi. 
181
Тyurikоv В., Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi 100 sаvоl, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 1998, -B. 100. 
182
O’shа mаnbа. B. 101. 


125 
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan – 
bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv 
yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrlar soni 2003-2004 o’quv - 
yilida 254400 nafarni tashkil etdi. Oliy o’quv yurtlarida 18486 nafar professor-
o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafarni fan doktori, 7201 nafari 
fan nomzodidir. 
O’zbekiston oliy o’quv yurtlari xorijiy davlatlar uchun ham mutaxassis 
tayyorlab beradi. Masalan, O’zbekistonning oliy o’quv yurtlarida 1997 - yili 
jahonning 40 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 1250 dan ziyod chet el fuqarolari 
ta’lim oldilar. Chunonchi, faqat birgina Toshkent Davlat Universitetida 9 
davlatdan kelgan 51 nafar talaba bilim olmoqda
183

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, 
qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. 
Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishni qullab-
quvvatlash maqsadida «Respublika bolalar fondi», «Sog’lom avlod uchun», 
«Iste’dod» jamg’armalari tashkil topdi. «Zulfiya» mukofati ta’sis etildi. Ta’lim 
sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’- yildi. 200 dan ortiq talaba 
va mutaxassislar chet elda o’qib keldi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, 
ayniqsa umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga 
e’tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga 
aylandi.
184
Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va 
mantiqiy davomi bo’lmish 2004-2009 - yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish 
umummilliy davlat dasturi qabul qilindi
185

Ushbu dasturga muvofiq yurtimizda mavjud bo’lgan o’n mingga yaqin 
umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim 
jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o’qituvchilarning mehnatini 
moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha katta ishlar qilinmoqda
186

Ta’lim sohasiga e’tibor - yildan- yilga yanada kuchaymoqda. Bu borada 
Prezident I.A.Karimov 2009 - yilning 5 dekabrida O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 17 - yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 
shunday degan edi. Birgina 2009 - yilning o’zida ta’lim sohasidagi ishlarimiz 
yangi bosqichga ko’tarilib, yurtimiz bo’yicha jami 1 ming 957 ta maktab qurilgan 
va rekonstruksiya qilingan bo’lsa, ularning 1 ming 622 tasi aynan qishloq joylarda 
ekanligi diqqatga sazovardir. Shular qatorida 2009 - yilda barpo etilgan 214 ta 
akademik lisey va kasb-hunar kollejning 170 tasi qishloq tumanlarimizda bunyod 
etilgani va rekonstruksiya qilinganligini ta’kidlash lozim
187

183
Тyurikоv В., Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 1998, -B. 107. 
184
Karimov I.A. Yuksаk mа’nаviyat еngilmаs kuch. Т.: Ma’naviyat, 2008 B. 64. 
185
O’shа mаnbа. B. 64.
186
O’shа mаnbа. B. 64. 
187
Karimov I.A. O’zbеkistоn Коnstitutsiyasi biz uchun dеmоkrаtik tаrаqqiyot yo’lidа vа fuqаrоlik jаmiyatini bаrpо 
etishdа mustаhkаm pоydеvоrdir. Тоshkеnt. 2009, -B. 20 


126 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish