Reja: Psixologiya tushunchasi va uning vujudga kelishi



Download 16,22 Kb.
Sana04.01.2021
Hajmi16,22 Kb.
#54761
Bog'liq
1-mavzu


Mavzu 1.     PSIXOLOGIYA FANINING PRЕDMЕTI    VA  VAZIFALARI

Reja:  


1.Psixologiya  tushunchasi  va  uning  vujudga      kelishi.  

2.Psixologiya fanining asosiy vazifalari.  

3.Psixologiya fanining asosiy tushunchalari va  klassifikatsiyasi.  

4. Psixologiya  fanining  sohalari  va ilmiy  tadqiqot  metodlari.  

    Jahon fanlarini  muayyan qonuniyatlariga asoslanib turkumlarga kirtilishiga 

Ko`ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o`rin egallashiga barcha ob’ektiv shart  

Va sharoitlar yetarlidir.Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator  

Muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki  

Psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng  

Murakkabi bo`lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan xolda psixika yuksak  

Darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya  

Sifatida o`rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan  

Fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o`zaro ta’sirlar, moddalar,  

Zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, ko`shilishi to`g`risida mulohazalar,  

Faraziy asosda bo`lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan  

Moddalarning o`zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning  hosil  qilishi,  

To`planishi inson tana a’zolariga ijodiy ta’sir ko`rsatishi, natijada favquloddagi 

Holatlar sodir bo`lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri  

Sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy  

Holatlarning kuchayishi namoyon bo`lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik  

(yunoncha tele uzoqni rathos sezaman degan ma’noni anglatadi). Shuningdek,  

Omadsizlik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo`lish kabi ruhiy holatlar,  

Hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo`q. Ammo bu  

Borada bilish ob’ekti bilan sub’ektining  birikuvida psixologiyaning qulay  

Imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab o`tish o`rinlidir.Ushbu fikrni yaqqollashtirish  

Maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan taxlil qilib o`tamiz.

Ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki, odamlar o`rtasidagi) muhitga moslashish  

Sodda instinktlar, shartsiz reflekslar  yordamida oddiy ta’sirlanish va taassurot  

tarzida namoyon bo`ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o`zligini tushuna va  

Anglay olmaydi, xatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi xam aslo  

Mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur’atlar bilan rivojlanadi, yil  

Davomida uning jismoniy a’zolari 50 foizgacha takomillashishi mumkin. 

Jismoniy o`sish-psixik taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi,  

Natijada ko`rish, ushlash, yurish, talpinish, g`azablanish va quvonish, samimiylik  

Ham beg`uborlik singari insoniy tuyg`ulari vujudga keladi, nutq faoliyati paydo  

Bo`lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga ko`taradi. Psixikaning  

Muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari,  

Qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o`z faoliyatining  

Mazmunida barcha obьektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik dunyosining  

Ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin «o`zlik»ni, shaxsiy «men»likni tushunish  

Tuyg`usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u ëki bu har xil  

Xususiyatli to`siqlarni yengish imkoniyati ro`yobga chiqadi. Mazkur taraqqiyot  

Bosqichi psixologiya fanida «men» davri yoki «o`zlikni  anglash» davri deb yuritiladi,  

U bolada nutq paydo bo`lganidan boshlanib, bir necha rivojlanish bosqichlarini o`z  

Ichiga qamrab oladi. «Men» davrining anglashilgan shakllari va ko`rinishlarining  

Namoyon bo`lishi o`smirlik davriga to`g`ri keladi. O’smirlik davrida o`g`il va  

Qizlarning ruhiyatida o`zlikni anglashga bog`liq bir talay muammoli savollar va  

Ularning turmushda qaror toptirish tuyg`ulari, istaklari, orzulari paydo bo`lib,  

Ko`pincha bu narsalar yakka shaxsning «kimligi», «qandayligi», «kimga va nima  

Uchun kerakligi»ga yo`naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funktsiyalari  uni  

Qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar  

Orqali egallash uchun xizmat qiladi. Xuddi shunga o`xshash o`zligini anglash  

Jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion  tarakqiyoti davrlariga xos  

Xususiyat sanaladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki  

Ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug`ma mayl va layoqatlar alomatlari  

Asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan.-

    Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va  

Takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi  

Tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson  

Munosabati, maqsadi, xolati, kechinmalari o`zgarishini yangidan yaralishi haqida  

Ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang- 

Barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash,  

Shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish  

Dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd kilish imkoniyati  

Borligi bilan o`ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari  

Uning amaliyot uchun muhim axamiyat kasb etishidan dalolat beradi  

(hukuqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo  

Psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya,  

Sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan uch  

Predmetiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixologiya, injener  psixologiya, oilaviy  

Psixoterapevt, tibbiyot psixologiya, maktab psixologiyasi kabi sohalarni o`z ichiga  

Qamrab olgandir.  

  Kundalik turmushda to`planadigan 

Psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan  

Qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish,  

Sinash, tajriba (eksperiment) o`tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta  

Takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush  

Psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro`y bergan vaziyat, holat, voqelik  

Kabilarni tahlil hilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng  

Qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan,  

Qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko`rinishini kutib o`tirmasdan,  

Balki zarur sharoit yaratiladi.

     «Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u  

«jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi  

Davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz.  

Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni  

Bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungn kunda «jon»dan kengroq  

Ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi  

Tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq,  

Muomala yaqqol namoyon bo`lish xususiyatiga ega bo`lsa, bilish jarayonlari,  

Psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada  

Mujassamlashgani uchun ular ko`zga ko`rinmaydi. 

   Bugungi kunda psixologiya to`g`risidagina emas, balki uning sohalari  

Bo`yicha ham boy ilmiy materiallar to`plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan  

Mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli 

Dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya  

Psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim  

Psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus  

Psixologiya, iste’dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya,  

Psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat  

Tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya,  

Savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy  

Psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.  

       


Psixologiya predmet quyidagilarni qamrab olishi zarur:  

1) Psixologik bilish jarayonlari (sezgi. Idrok, xotira va hokazo)  

2) Psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),  

3) Psixikanppg holatlari (kayfiyat, xayolparishonlnk kabilar),  

4) Psixikaning hodisalari,  

5) Psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,  

6) Psixikaning qonuniyatlari,  

7) Psixikaning mexanizmlari,  

8) Psixik sharoit, muhit, vaziyat,  

9) O`zaro sababiy bog`lanishlar,  



10) Tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari   

            Va hakazo.  
Download 16,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish