Yevropa va Amerika mamlakatlarining,katta mintaqalarida fuqarolik jamiyatining shakllanishi yangi davrda boshlandi.
1-bosqich.Shartli ravishda XVI-XVII asr.Bu davrda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy,siyosiy va mafkuraviy asoslari yaratildi.Ular jumlasiga sanoat va savdoning rivojlanishi,ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi,mexnat taqsimotining teranlashuvi,tovar-pul munosabatlarining rivojlanishini kiritish mumkin.
2-bosqich.XVIII asr oxiridan XIX asr oxirigacha davom etdi.Bu davrda eng rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka,tadbirkorlik erkinligi va shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm kòrinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi.
3-bosqich.(XIX asr oxiri va keyingi davr)vertikal feodal tuzilmalar òrnini erkin odamlarning xuquqiy tengligi va òzaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallangani bilan tavsiflanadi.
Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga xuquqlar xaqidagi bill(Angilya,1689y;AQSH,1791y.)yoki Inson va fuqaro xuquqlari dekloratsiyasi (Fransiya,1789y.)ning qabul qilinishi muxim axamiyat kasb etdi.Fuqarolik jamiyati-òz shaxsi,ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng xuquqiyli odamlar jamiyati,ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma’muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.
Fuqarolik-bu nafaqat shaxsning xuquqiy maqomi,balki uning ijtimoiy xolati xamdir.Xuquqiy davlatda qonun oldida tenglik va bu bilan boģliq xolda fuqarolik xuquqlariga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlar qòshiladi.Jamiyatda xaqiqiy erkinlikni ta’minlash xar bir inson nafaqat yuridik va siyosiy ma’noda,balki iqtisodiy va ijtimoiy ma’noda xam fuqaroga aylanishini nazarda tutadi.
XX asrda fuqarolik jamiyati ğoyasi yanada muximroq axamiyat kasb etdi.Bunga avvalo totalitar va avtoritar tuzumlarining paydo bòlishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati sabab bòldi.Plyuralizm nazariyasi keng tarqaldi.Bu nazariyaga binoan,demokratik jamiyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
•fuqarolar totivligiga erishish yòllarini izlash;
•axolining turli guruxlari manfaatlarini xisobga olish;
•qarama-qarshiliklarga barxam berish va nizolarnig oldini olish.
XULOSA: Men Begmatova Zulxumor “Fuqarolik jamiyati fanining predmeti,obyekti,maqsadi va vazifalar”mavzusidan quyidagilarni xulosa qildim:Avvalo insonlar qaysi davlatda yashashi,qaysi millatga mansub bòlishidan qat’iy nazar fuqarolik jamiyati tushunchasini chuqur bilishligi shart ekan.Mustaqil davlat barpo etishda,inson manfaatlarini,xuquq va erkinliklarini,qonun ustuvorligini,mamlakatimizi barcha fuqarolari qonun oldida tengligi,xususiy mulkini daxlsizligi,davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik,mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining taminlanayotganligi,inson uchun axamiyatli bòlgan ozodlik,tenglik,adolat qadriyatlarning qaror topishi,vijdon erkinligi,axloqiy normalarga rioya qilish va x.k.lar xaqida xar bir fuqaro bilishi kerak.Prezidentimiz I.A.Karimov “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va òzgarmas bòlib,bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish,fuqarolik jamiyatining mustaxkam poydevorini shakllantirishdan iborat “deb takidlagan edilar.Bu fanni xamma òquv yurtlariyu ,maktablarda xam chuqurlashtirib òtilishi lozim deb òylayman.Chunki bu fan xamma fuqarolarga zarur deb bilaman!
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:Òzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I A.Karimovning maruzalaridan (2003y.),I.A.Karimov.”Ozod va obod vatan,erkin va farovon xayot-pirovand maqsadimiz!”.(2000y.8-jild.331-b.),I.A.Karimov.Òzbekiston:milliy istiqlol,iqtisodiy,siyosat,mafkura.”Òzbekiston”(1996y.1-jild.126-b.),I.A.Karimov.Vatan sajdagox kabi muqaddasdir!”Òzbekiston”(1996y.3-jild.34-b.)va boshqa adbiyotlardan foydanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |