O’zbekiston San’at va Madaniyat instituti Musiqali teatr aktyorligi(sirtqi) 2-kurs talabasi Begmatova Zulxumorxonning



Download 33,82 Kb.
bet1/5
Sana22.01.2022
Hajmi33,82 Kb.
#400882
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ (2)

O’zbekiston San’at va Madaniyat instituti

Musiqali teatr aktyorligi(sirtqi) 2-kurs talabasi Begmatova Zulxumorxonning

Òzbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati”fanidan

Mavzu:”Fuqarolik jamiyati fanining predmeti,ob’yekti,maqsadi va vazifalari”referati.


Reja:

  1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’yekti.

  2. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari,qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.

  3. Fuqarolik jamiyati-taraqqiyotining yuqori bosqichi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish,inson manfaatlari,xuquq va erkinliklari,qonun ustuvorligi xamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’garmas bo’lib,bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyatning mustaxkam poydevorini shakllantirishdan iborat”deb takidlagan edi.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkuri masuli bo’lib inson xuquqlari va erkinliklarining xolati bilan belgilanadi.Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u xaqidagi g’oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim.Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar yaratilgandagina shakllanishi mumkin.Bular quyidagilardan iborat:

Iqtisodiy asos” – shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi,iqtisodiy plyuralizm,ko’p ukladlilik,erkin bozor munosabatlari.Qaysiki jamiyatda uning xar bir a’zosi,qandaydir mulkka ega bo’lishi,o’z xoxishi bilan tassaruf etish,sarflash xuquqiga ega bo’lish,xususiy mulk daxlsizligi,davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik,mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi.

Ijtimoiy-siyosiy asos” – mustaqil davlatlarning tashkil topishi,iqtisodiy va siyosiy xokimiyatning ajralishi.Insonlarning o’z maqsadlarini ximoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Xokimiyatlar turli-tuman markazlari,tashkilotlar,siyosiy institutlar qo’lida jamlangan bo’lsa,ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi.Siyosiy plyuralizm,davlat xokimiyati funksiyalarining asta-sekin fuqarolok jamiyati institutlariga berib borilishi .”Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari”tamoiyilining namoyon bo’lishi.Prezident I.A.Karimov ta’,kidlaganidek,”Fuqarolik jamiyatini qurish bir qancha vaqt vakolatli vazifalarini davlatdan maxaliy xokimiyat organlariga,jamoat tuzilmalariga va fuqarolarni òzini òzi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni kòzda tutadi”.

Xuquqiy asos” – inson uchun axamiyatli bòlgan ozodlik,tenglik,adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga xuquq va erkinliklar berish orqali qonun yòli bilan tan olinish.”Qonun xukmron bòlgan joyda erkinlik xam bòladi”(Amir Temur).”Adolat-qonun ustuvorligida”tamoyilini amal qilinishi.

Fuqarolar bilan davlat òzaro xuquqlar va burchlar orqali uzviy boģliqdirlar.Fuqarolarning xuquqlari va erkinliklari daxlsiz bòlib,xech kim ularni sudning qarorisiz maxrum etishi yoki cheklashi mumkin emas.Ayni vaqtda fuqarolarning òz xuquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bòlmasligi lozim.

Ma’naviy asos” – insonlar òz qadr qiymatiga,jamiyatning asosiy qadryatlari qaror ximoyasiga oladigan bòlishlari,vijdon erkinligi,axloqiy normalarga rioya qilish,yagona mafkura dunyoqarashning yakka xokimligining mavjud emasligi,ijtimoiy jarayonlarni demokratlashda bevosita va bilvosit ishtirok etishlari,fuqarolik pozitsiyasiga ega ekanligi.”Tafakkur ozod bòlmasa,ong va shuur mazyiqda,qullikdan qutilmasa,inson tòla ozod bòlolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatdan yetuk odamlar xal qiladi.

Fuqarolik jamiyati fanini òqitish asnosida mamlakatda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”tamoyili asosida isloxotlarni yanada chuqurlashishiga doir tajribalar va boshqa ijtimoiy-gunitar fanlar bilimlari yordamida nafaqat yangi jamiyatda yashaydigan,balki bu jamiyatni rivojlantirishda bevostita faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan bilimlar berish nazarda tutilgan.

Aslini olganda “Fuqarolik jamiyati”atamasi turli xorijiy adabiyotlarda aloxida mazmun kasb etgan tushuncha bòlib,u xozirgi davrda jamiyatning muayyan shakli(xolati va xususiyati)ni,uning ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy va xuquqiy tabiatini,rivojlanish darajasini ifodalaydi.

Fuqarolik jamiyati fanining ob’yekti” – bu rivojlangan mamlakatlarda va O’zbekistonda fuqarolikjamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni xisoblanadi.Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy va ma’naviy soxalardagi tub òzgarishlarni ifodalaydi va bir necha òn yilliklarni òz ichiga olib,unda fuqarolik jamiyatining xuquqiy davlat bilan òzaro uyģunlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtaiy nazarlarda òrganiladi.

  1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti” – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bòlib,fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr-bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki,jamiyatshunos olimlarni bu jamiyatning rivojlantirishiga doir nazariy ishlanmalari,Prezident I.A.Karimov tomonidan Òzbekistonda fuqarolik jamiyatini qurishning “Òzbek modeli”ga xos nazariy qarashlar,mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonlaridan iboratdir.


Download 33,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish