1-rasm. Bo’y balandligi o’lchanayotganda boshning holati.
2-rasm. Ilk yoshdagi bolalar uchun bo’y o’lchagich.
3-rasm. Antropometr.
4-rasm. Bo’y balandligini o’lchash.
Tekshiriluvchi odam antropometrda yuzi bilan chiroqqa qarab to’g’ri turadi. Tekshiruvchi tekshiriluvchining o’ng tomonida turib antropometrning o’ng qo’li bilan, to’rtta barmog’i orqali shtangani, bitta barmog’i bilan harakatlanuvchi muftani pastdan ushlaydi. Antropometr tekshiriluvchini oldi tomonidan vertikal holda joylashtiriladi. Tekshiruvchi tekshiriluvchining boshini chap qo’li bilan to’g’ri holatda ushlab, o’ng qo’lini bir barmog’i bilan gorizontal lineykani muftasini boshning yuqori nuqtasiga siljitadi. (4-rasm) O’lchash natijalari yuqoridan pastga harakatlanuvchi muftani shkalalari bilan aniqlanadi. O’lchash aniqligi 1mm
O’tirgan holatdagi tana uzunligi - tana proporsiyalarini bir-biriga mo’tanosibligini ko’rsatadi. O’tirgan holatda tana uzunligini o’lchashda tekshiriluvchining kuraklararo sohasi bilan dumg’azasi bo’y o’lchagichning vertikal taxtasiga tegib turishi kerak. Oyoqlar birlashtirilib tizza BO’G’imlari to’g’ri burchak ostida bukiladi, qo’llar ikki tomonga tushiriladi. Harakatlantiruvchi o’lchov taxtasi boshning yuqori nuqtasiga tushiriladi. O’tirgan holatda tana uzunligini antropometrda o’lchash ham xuddi shu tartibda o’lchanadi. Antropometr kursisiga tekshiriluvchining orqa tomonidan mustahkamlanadi. Chap tomonda turgan tekshiruvchi o’lchash taxtachani tekshiriluvchi boshining yuqori nuqtasiga tekkunicha tushiradi va o’lchab oladi.Antropometr yordamida o’tirgan va turgan holatdagi tana uzunliklaridan tashqari qo’l, oyoq, va tana uzunliklarini va bundan tashqari qo’l va oyoqning alohida qismlari uzunliklarini o’lchash mumkin. Bu uzunliklarni o’lchash uchun asosiy antropometrik nuqtalarni tanada joylashishini bilish kerak. (5-rasm) Istalgan uzunlikni o’lchash uchun yuqori va pastki antropometrik nuqtalarni bilish zarur. Antropometrik nuqtalarni balandligini aniqlash uchun tekshirilayotgan odam yuzi bilan yorug’likka qarab tik holda turishi kerak. Antropometr tekshirilayotgan odamning oldiga o’rnatiladi (6-7 - rasmlar). Chap qo’l bilan kerak bo’lgan antropometrik nuqtani topiladi, uni ikkinchi barmoq bilan fiksatsiya (qotirilib) qilib, gorizontal lineyka yordamida uning poldan qancha baland turganligi aniqlanadi. Juft nuqtalar o’ng tomonda o’lchanadi. O’lchashni yuqoridan boshlash kerak. Antropometrni shunday o’zgartirish kerakki, bunda uning o’qi sagital yoki frontal tekislikda bo’lishi kerak. Ketma - ket ravishda quyidagi nuqtalarning balandligi o’lchanadi.
Cho’qqi nuqta;
Ko’krakning yuqori nuqtasi;
Qov nuqtasi;
Yelka nuqtasi;
Tirsak;
Bigizsimon;
Barmoq;
Son suyagi boshchasi;
Son suyagi yuqori nuqtasi;
Son suyagi pastki nuqtasi.
Keyin ularning uzunligi alohida hisoblanadi
1 - cho’qqi 1 - ensa
2- chakka 2 - chqvdi
3- globella 3 - globella
4- iyak 4 - tepatqsh
5- yuqori tqsh 5- bigizsimon
6- yelka 6 - oyoq panja
7- o’rta tqsh 7 - tavon
8- tirsak
9- qov
10- son
11- bigizsimon
13- tepa boldir
14-past boldir
5—rasm. Antropometrik nuqtalar.
6-rasm. Yelka nuqtasining poldan 7-rasm. Barmoq balandligini o’lchash. nuqtasining poldan balandligini o’lchash.
Tana uzunligi poldan ko’krakning yuqorisigacha bo’lgan (r.suprastemale) uzunlikdan qov nuqtasigacha (r. symphysion) bo’lgan uzunlikning ayirmasiga teng. Buning uchun antropometr lineykasining o’tkir qirrasi to’sh suyagining o’rta chizig’ining eng yuqori nuqtasi bo’lgan yoysimon chuqurchaga qo’yiladi, keyin chanoq suyagi birlashgan joyning yuqori tomoniga qo’yiladi.Qo’llarning uzunligini o’lchash uchun yelkaning y
uqori nuqtasi bo’lgan akromial o’simtaga qo’yiladi (r.asgomіon), so’ng barmoqlarning uchidagi nuqtaga (r. dactylion) lineyka qo’yiladi (Sh-barmoq). Shuni esda to’tish kerakki, yelka nuqtasini topish uchun osilib turgan qo’lni aylanma harakatga keltirish kerak, shunda yelka nuqtasi harakatsiz holda bo’ladi.Yelka uzunligi yelka nuqtasi (r.asgomіon) bilan tirsak nuqtasi (r. radiale) oralig’idagi masofaga tengdir, tirsak nuqtasi tirsak suyagining bo’g’im yuzasi qirrasida aniqlanadi, uni bilish punkti «go’zallik chuqurchasi» tirsak buqilishda aniqlanadi, uning tubida qo’l osiltirilganda, tirsak boshchasining chekkasini paypaslab topish mumkin. Bilaklar uzunligi tirsak (r. stylion radiale) va radial nuqtalar orasidagi masofalar bilan belgilanadi.Bigizsimon nuqta bigizsimon qsimtaning pastki chekkasiga to’g’ri keladi, anatomik tobakokorqaning proksimal qismidan qidiriladi. Barmoqlarning uzunligi bigizsimon nuqtadan barmoqlar uchidagi nuqtagacha bo’lgan masofa hisoblanadi. Oyoqlarning uzunligi son suyagining yuqori bosh suyagidan pastki nuqtasigacha (r. trochanterion) o’lchanadi. Boldirning uzunligi tizza suyagining yuqori nuqtasidan pastki (r. tibiale mediale) nuqtasigacha bo’lgan masofa. Oyoq osti uzunligi tovon suyagini orqa nuqtasini (r. pternion) tirnoq falangasining eng uchki nuqtasigacha (r. acropodion) bo’lgan masofaning uzunligi hisoblanadi.
Diametrlarni o’lchash - diametrlarni o’lchashda katta va kichik sirkullardan foydalaniladi. Sirkul ikki oyoqchadan va unga biriktirilgan yoysimon yoki to’g’ri lineykadan iborat. Kichik o’lchov sirkuli ham xuddi shunday tuzilgan. Sirqo’lning birinchi oyoqchasi xuddi ruchkani ushlagandek I va II barmoqlar ushlanadi va antropometrik nuqtaga qo’yiladi. Sirqo’lning ikkinchi oyoqchasi ikkinchi antropometrik nuqtaga qo’yilib o’lchami aniqlanadi.
B
osh diametri - orqa va ko’ndalang diametrlari - kichik sirkul yordamida o’lchanadi. Boshning orqa oldi diametri o’lchanayotganda bolaga nisbatan chap tomonda turiladi, chap qo’l bilan sirqo’lning bir oyoqchasini glabellaga qo’yadi. Glabella (r. glabella) sagital chiziq bilan qoshlar yoyi yuqori qismini to’tashtiruvchi chiziq kesishgan nuqtada joylashgan ko’zning pastki qirg’og’i bilan quloqning yuqori qirg’og’i bir gorizontal tekislikda yotgan holatda ensaning eng baland nuqtasi aniqlab olinadi (r. opisthokranion). Shundan keyin aniqlab olingan ikki antropometrik nuqtalar (glabella va ensa nuqtasi) aro masofa boshning orqa oldi diametriga teng bo’ladi. Boshning kundalang diametri o’lchanayotganda tekshiruvchi tekshiriluvchining orqa tomonidan turib sirqo’lning oyoqchalarini simmetrik ravishda quloq suprasidan 1,5-2 sm balandlikda qo’yib, kattaligi aniqlanadi.
K
o’krak diametrlari - oldi, orqa va ko’ndalangiga o’lchanayotganda tekshiruvchi bolaning yonidan turib yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi. Bunda sirqo’lning bir oyoqchasi ko’krakning o’rta nuqtasiga qo’yiladi, ikkinchi oyoqchasi esa umurtqa pog’onasining xuddi o’sha balandlikda joylashgan nuqtasiga qo’yiladi. Ko’krakning o’rta nuqtasi to’shning o’rta chizig’ining IV qovurg’a balandligida joylashgan (r. mesosternale). Ko’ndalang ko’krak diametri o’lchanganda sirqo’lning oyoqchalari o’rta qo’ltiq osti chizig’ining o’rta ko’krak nuqtasi balandligiga qo’yilib, kattaligi aniqlanadi. Yelka diametri katta yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi. Bunda tekshiruvchi bolaning old tomonida turib sirkul oyoqchalarini yelka nuqtalariga qo’yadi va kattaligini o’lchaydi. Vertel diametri ham yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi, bunda sirkul oyoqchalari vertel nuqtalariga qo’yiladi va kattaligi aniqlanadi.
Aylanalarni o’lchash. Bosh, ko’krak, yelka, son, tizza aylanalari temir ruletka (1m) yoki rezinali santimetrli lenta (1,5m) bilan o’lchanadi. Ruletka prujinali mexanizm bilan ensa nuqtasi ustidan o’tadi.
Ko’krak aylanasi kattaligi jismoniy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U tana hamma ko’krak, bel mushaklari rivojlanganligi, shuningdek nafas olish tizimi holatiga bog’liq. Ko’krak aylanasi yyengil nafas, chuqur nafas olishda va nafas chiqarishda o’lchanadi. Lenta orqadan kurakning pastki burchagi (qo’llar cho’zilgan holatda, keyin qo’llar tushiriladi, lenta ko’krak burchagi sohasida yotadi). Oldinda lenta o’rta ko’krak nuqtasi orqali yotadi. Lenta qimirlamasligi, ko’krak qafasida yaxshi harakat qilishi kerak (8-rasm). Ko’krak aylanasi birinchi tinch holatda o’lchanadi. Bu paytda bola e'tiborini har xil gaplar bilan chalg’itish kerak.
8-rasm. Bosh aylanasini o’lchashda lentani to’g’ri qo’yish tartibi
.
8-rasm. Bosh aylanasini o’lchashda lentani to’g’ri ushlash
9-rasm. Ko’krak qafasi aylanasi 10-rasm. Ko’krak qafasi aylanasi uzunligini o’lchash (orqa ko’rinishi). uzunligini o’lchash (oldi ko’rinishi)ri qo’yish tartibi
11 - rasm: Yelka aylanasini o’lchash
.
12-rasm. Son aylanasini o’lchash
13-rasm boldir aylanasini o’lchash
Keyinchalik ko’krak aylanasi chuqur nafas olganda va chuqur nafas chiqarganda aniqlanadi. Uchta aniqlash usuli ham bitta lenta qo’yilgan paytda ketma-ket o’tkaziladi. O’lchash aniqligi 0,5 sm. Ko’krak aylanasining chuqur nafas olgandagi va chuqur nafas chiqargandagi farqi ko’krak qafasi ekskursiyasini bildiradi. (9-10-rasmlar)
Yelka aylanasi mushaklar bo’shashganda va mushaklarning maksimal yo’qlama paytida o’lchanadi. Lenta o’ng qo’lining ikkiboshli mo’shagining kengaygan qismiga qo’yiladi. Oldin mushaklar bo’shashgan va qo’l tushirgan holda o’lchanadi, keyin tirsak suyagining egilgan va mushaklarning maksimal yo’qlama berilganda o’lchanadi. Ikki o’lcham farqi mushaklarning rivojlanganligini bildiradi. (11- rasm)
Son aylanasi - eng katta joyidan o’lchanadi (12-rasm). Buni o’lchash boldirni o’lchash bilan bir xil (13-rasm). O’lchash tartibi: Tana og’irligi suyak va mushak apparatlarining rivojlanganligi bilan tasvirlanadi. O’lchash tibbiy tarozining Ferbenks tipidagi turida olib boriladi. O’lchashdan oldin tarozi to’g’rilanadi. O’lchashda tekshirilayotgan odam tarozining o’rtasida erkin holdaa turadi. Tarozining o’lchash toshini siljitish natijasida muvozanat hosil qilinadi. O’lchash aniqligi 50gr. Yosh bolalar o’tirgan yoki yotgan holda o’lchanadi.
2.2. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA
«Jismoniy rivojlanishni baholash» mavzusi bo’yicha «doira stol» ishbilarmon o’yini
Bu usul yordamida talabalarning dastlabki bilim darajasi baholanadi va mustahkamlanadi.
Guruh talabalari 2-3 kishidan iborat kichik guruhlarga (KG) bo’linadi. Har bir KG ga savol yozilgan varaqalar tarqatiladi 1-2 daqiqa davomida har bir KG savolga javob yozadi, so’ng javob yozilgan savol keyingi KG ga uzatilib, ulardan boshqa savol olinadi. Agar 6 ta KG tashkil etilgan bo’lsa, 12 daqiqa davomida javoblar yoziladi, 12 daqiqadai so’ng o’qituvchi javob yozilgan qog’ozlarni yig’ib oladi, har bir KG tartib bo’yicha raqamlanadi va javob varianti to’g’risida tartib raqami qo’yilishi so’raladi. Har bir qog’ozda bitta savolga berilgan 6 ta javob varianti keltirilgan bo’ladi. O’qituvchi har bir javobga olingan 6 javob variantini o’qib beradi. Olingan eng to’g’ri javobga yuqori ball qo’yiladi va qolgan javoblarga mos ravishda pastroq ballar qo’yiladi.
Talabalarga mavzu bo’yicha quyidagi muammoli savollar
berilishi mumkin
1. Antropometrik tekshiruv usullari va ularning qo’llanishini tushuntirib boring.
2. Somatometrik tekshirish usullariga ta'rif bering.
Guruhlarda ishlash uchun ekspert varaqlari
1-guruh.
1 .Antropometrik tekshirish o’tkazishda qanday usullardan foydalaniladi?.
2.Asosiy samatometrik tekshirish usullari?
“Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring
2- guruh
1.Fiziometrik belgilarning eng asosiylari?
2.Antropometrik tekshiruv o’tkazish qoidalari?
“Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring
Muammoli vaziyat turi
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
|
|
|
|
Baxolash mezoni:
Maksimal ball 20-17,2
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
a'lo
|
Yaxshi
|
o’rta
|
Qoniqarsiz
|
yomon
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
2.3. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN O’Z-O’ZINI NAZORAT SAVOLLARI
1. Antropometrik tekshirish o’tkazishda qanday usullardan foydalaniladi?
2 . Asosiy samatometrik tekshirish usullarini ko’rsating?
3.Kasallik to’g’risida ma'lumot manbai bo’lgan xujjatlar qanday tuziladi?
3.Asosiy samatometrik belgilarni tushuntirib bering?
4.Fiziometrik belgilarning eng asosiylarini sanang?
5.Boshdagi asosiy antropometrik nuqtalarni aytib bering?
6.Bolalar va o’smirlar salomatlik holatini dinamik kuzatishdan maqsad nima?
7.Oyoqlardagi asosiy antropometrik nuqtalar?
8.Ko’krak qafasi turlarini sanab bering?
9.Oyoq shaklining asosiy turlarini bilasiz?
10.Tovon tuzilishi baxolash usullarini tushintirib bering?
3. TAHLILIY QISM
3.1. Klaster, qonseptual jadval organayzerlari
Klasterni tuzish qoidasi
1. Sizda paydo bo’lgan barcha fikrlarni yozing. G’oyalar sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing.
2. Xatni tqxtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni tqxtatmang. Agarda shuo’ringizga g’oyalar kelishi birdan tqxtasa, u holda qachonki yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga rasm chizib to’ring
Xar bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Xar bir talab bo’yicha tuliq bajarilsa - 15 ball
Gurux №
|
Tushunarli va aniq javob (5)
|
Ko’rgazma-lilik (5)
|
Reglamentga amal qilish (2,5)
|
Guruh faolligi (2,5)
|
Jami ball
|
1.
|
|
|
|
|
|
3.1.1 Antropometrik tekshirish usullari, bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishiga baxo berish va standartlar ishlab chiqish bo’yicha klaster tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |