Jismoniy rivojlanish belgilari. Somatometrik belgilardan bo‘yi, tana vazni va ko‘krak qafasi aylanasi aniqlanadi. Tana uzunligi organizmdagi plastik jarayonlar xolatini xarakterlovchi mikdor ko‘rsatkich bo‘lib xisoblanadi. Tana og‘irligida suyak-mushak aparati, ichki organlar va yog’ to‘qimaning rivojlanishi aks etgan bo‘ladi. Bo’yga qaraganda tana vazni nisbatan o‘zgaruvchandir. Ko’krak kafasi aylanasi ko’krak kafasining sig‘imi, ko‘krak va elka mushaklaring rivojlanganligi xamda ko‘krak bo‘shlig‘i a’zolarining funksional xolatini belgilaydi. Fiziometrik belgilardan ko‘picha o‘pkaning tiriklik sig‘imi , ko‘krak kafasi ekskursiyasi nafas olish mushaklarining kuchi va o‘pka sig‘imi ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy rivojlanishni o‘rganishda somatoskopik belgilardan tayanch -xarakat tuzilmasining xolati (umurtqa shakli, ko‘krak qafasi,oyoq, qadi-qomat, tovon ,mushaklarning rivojlanishi) va yog‘ yig‘ilish darajasi baxolanadi. Maktab oldi va maktabgacha bo‘lgan bolalar jismoniy rivojlanganligini xarakterlashda ularning motorikasi va nutqning rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi. Aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlardan xar biri alohida bolaning jismoniy rivojlanganligini xarakterlay olmaydi. Butun olingan ko‘rsatkichlar bir vaqtda xisoblangan xolda baxolanadi. Jismoniy rivojlanish organizmning o‘sish va shakllanish jarayonlarni o‘zida aks ettirgan xolda , salomatlikni boshqa ko‘rsatkichlariga xam bog’liq bo‘lgan kasallik ba’zan jismoniy rivojlanishning anchagina buzilishlari bilan kuzatiladi. (gigant,akromegalik,gipofizar,infantillik). Revmatizm , sil kabi kasalliklar xam jismoniy rivojlanishga ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa tana vazning kamayishi yaqqol ko‘rinadi.Tez-tez va uzoq kasal bo‘lib turadigan bolalarda tana vaznining ortishi va kamayishi, mushak tonusining kuchsizlanishi va qaddi – qomatning buzilishi aniqlandi. Raxit, surunkali ichburug‘ kasalliklari bilan kasallangan kichik yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanishninng to‘xtab qolishi isbotlangan. Shuning bilan bir qatorda kasallikning kyechishi va natijasi organizmning xolatiga uning jismoniy rivojlanganligiga bog’liq bo‘ladi.Xar xil jismoniy rivojlanish darajasi bo‘lgan bolalar salomatligida farqlar bo‘lishi aniqlangan. Yoshga munosib gormonik jismoniy rivojlanish o‘sish va rivojlanish jarayonlarining yaxshi kyechishi xaqida guvoxlik beradi. Ko’pincha o‘z tengdoshlaridan ortda qolgan bolalarda tana vazning kamligi va funksional ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lishi xisobiga morfologik ko‘rinishning disgormoniyasi aniqlanadi va bu guruxdagi bolalarda ko‘pincha buyrak, yurak va o‘pkaning surunkali kasalliklari kuzatiladi. O‘z tengdoshlaridan o‘zib ketgan bolalarda morfologik ko‘rinishning disgormoniyaligi tana vazning ortishida ko‘rinadi. Bu guruxdagi bolalarning ko‘pchiligiga asosiy belgisi semizlik bo‘lgan tashxis qo‘yiladi. SHunday qilib, jismoniy rivojlanganlikni baholash bir qancha kasalliklarga moyilligi bo‘lgan bolalarni aniqlashda yordam beradi.
J
Do'stlaringiz bilan baham: |