O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Bolalardagi patologiyaning mahalliy o‘ziga xosliklarini aniqlash uchun kasallanish o‘rtacha darajalarining diapazoni*, promilyada



Download 10,34 Mb.
bet18/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

Bolalardagi patologiyaning mahalliy o‘ziga xosliklarini aniqlash uchun kasallanish o‘rtacha darajalarining diapazoni*, promilyada.


Kasalliklarning sinflari va
Guruhlari

Kasallanish o‘rtacha ko‘rsatkichlarining diapazoni

Infeksion va parazitar kasalliklar,

100-135

jumladan ichak infeksiyalari

15-30

Ruhiy buzilishlar,

20-37

jumladan nevrozlar

10-18

Ko‘z kasalliklari

40-70

Quloq va surg‘ichsimon o‘siq kasalliklari,

30-50

jumladan yiringli o‘rta otit

10-22

Qon aylanish sistemasi kasalliklari

3-7

Nafas a’zolari kasalliklari,

1400-1600

jumladan pnevmoniya,

8-13

Surunkali bronxit,

4-6

bronxial astma

3-6

Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari**,

43-56

jumladan gastrit va duodenit,

10-20

xoletsistitning o‘tkir va boshqa shakllari

10-13

Siydik-tanosil sistemasi kasalliklari,

9-20

jumladan buyrak infeksiyalari,

5-12

o‘tkir tsistit

1,3-1,5

Teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari,

45-95

jumladan teri va teri osti kletchatkasi infeksiyalari,

20-33

Dermatitlar

28-39

Tug‘ma anomaliyalar

11-21

*Ijtimoiy tibbiyot va sog‘likni saqlashni tashkil qilish ITI ma’lumotliri. **Tish va og‘iz bushlig‘i kasalliklarisiz.

Bunday tarzda aniqlangan bolalardagi patologiyaning o‘ziga xosliklari regional turga kiradi.


Bolalar kasallanishidagi mintaqaviy muammolar suv ta’minotining o‘ziga xosliklari, o‘simliklarni himoya qilish vositalarining keng qo‘llanilishi, mintaqaning ekologo-gigiyenik sharoitlari va b. tufayli kelib chiqishi mumkin.
Bolalar salomatligining mintaqaviy muammolari ko‘pincha bolalar va o‘smirlarning ekologik jihatdan kelib chiqqan kasalliklari (ekopatologiyalar)ga taalluqli bo‘ladi.
Ekologik patologiyani kasbiy va nokasbiy sharoitlarda atrof-muhitning kimyoviy, fizikaviy va biologik omillari keltirib chiqargan kasalliklarni o‘rganuvchi tibbiyotning bo‘limi sifatida ta’riflash mumkin.
Eng ko‘p uchraydigan va ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik zararlanishlar quyidagilardir:

  • reproduktiv funksiya va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyalari;

  • nafas a’zolarining surunkali nospetsifik kasalliklari;

  • allergik va autoimmun kasalliklar;

  • o‘smalar;

  • qon kasalliklari;

  • yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari;

  • siydik tanosil sistemasi kasalliklari;

  • kasb kasalliklari.

Afsuski, bu kasalliklarning barchasi bolalar uchun xarakterlidir. Faqatgina o‘rganilayotgan patologiyaning registrini kiritish yuli bilangina bu kasalliklarning haqiqiy ekologik ahamiyatini aniqlash mumkin.
Ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashash sharoitlarida bolalarda immun sistema jarohatlanadi, bu holat klinik jihatdan tez-tez uchraydigan o‘tkir respirator-virusli infeksiyalar (O’RVI), timo-megaliya, allergik patologiya, shartli patogen qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan ichak infeksiyalari darajasining ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek, somatik hujayralardagi xromosoma abberatsiyalarining chastotasi ham sezilarli darajada ortadi, bu o‘z-o‘zidan immunodepressiyani kuchaytiradi va immunokomponent hujayralarning funksio­nal faolligini pasaytiradi.

Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish