O‘zbekiston respublikasining xalqaro reytingi va indekslari o‘rni reja



Download 40,29 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2022
Hajmi40,29 Kb.
#447973
  1   2
Bog'liq
2 5199767595024127598


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTINGI VA INDEKSLARI O‘RNI
Reja:

  1. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrni hamda nufuzini ortib borishi

  2. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi.

Barchamizga maʼlumki, bugun dunyo hamjamiyatidagi har bir davlat xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini egallashga, mavjud salohiyatlarini yana-da yuksaltirishga intiladi. Shu jumladan, mamlakatimiz ham bugun dunyoning nufuzli indikatorlari tizimida oʻzining oʻrnini egallashga, koʻrsatkichlari darajasini ijobiy tomonga siljitishda barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Shu o’rinda mavzuga oid yana bir ma’lumot: Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarorida: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o’rganishni ta’minlasin”, deya qayd etilgan edi. Bu esa O’zLiDeP uchun ham nihoyatda muhim masalalar sirasiga kiradi. Zero, Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish borasida mas’uliyatni his etayotgan siyosiy kuch, partiyamizning asosiy elektorati bo’lgan tadbirkorlar esa investitsiyalarning kirib kelishidan bevosita manfaatdor qatlamdir.
Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo’yicha ham partiyamiz kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan. Xususan, O’zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi va unda mamlakatimizning egallagan o’rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va deputatlik nazoratini o’rnatish; iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha belgilangan masalalar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan alohida eshituvlar tashkil etish; hamkor tashkilotlar bilan birgalikda markazda va joylarda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini o’rnatish; tadbirkorlar, fermerlar bilan doimiy muloqot o’rnatish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chor-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar buning isbotidir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Res­publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini ko’tarish, ko’rsatkichlarning xolis va haqqoniy baholanishini ta’minlash bo’yi­cha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o’rnini yaxshilash chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilashni ta’minlash yo’llari atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq boshqa vazifalar qatorida 3 ta asosiy yo’nalishda ish olib borilayotgani alohida e’tiborga molik. Ya’ni:
1. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi, ya’ni Milliy monitoring tizimi yaratilmoqda.
2. Ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy etilmoqda.
3. “O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining yaratilishi esa ushbu yo’nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.

Biroq mamlakatimizning xalqaro koʻrsatkichlarini yaxshilashga bu tadbirlarning oʻzi yetarli hisoblanmaydi. Bunda sohadagi islohotlar koʻlami va samaradorligiga jiddiy taʼsir qilayotgan huquqiy omillarning ham hissasi yuqoridir. Shu munosabat bilan 2020-yilning 19-may sanasida davlatimiz rahbarining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasib etdi. Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bir qator maqsadli vazifalar yuklatildi. Mazkur vazifalardan eng asosiysi sanalgan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnining yaxshilanishiga toʻsqinlik qilayotgan huquqiy omillar yuzasidan fundamental huquqiy tadqiqotlar oʻtkazilishini taʼminlash masalasi esa, yuqorida qayd etilgan ustuvor maqsadlar uchun yoʻl xaritasi sifatida maydonga chiqadi.


Aytish joizki, bugun mamlakatimizni xalqaro indekatorlar tizimida oʻzining munosib oʻrnini shakllanishiga salbiy taʼsir qiluvchi ichki va tashqi huquqiy omillar negizi juda chuqur tahlillarga borib taqaladi. Shu munosabat bilan bu boradagi muammolarni oʻrganish va bartaraf etishda dastlab milliy qonunchilik tizimimizdagi ayrim boʻshliqlar va kolliziyalarning huquqiy monitoringini yana-da takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bu masalada oʻtgan davr mobaynida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502 sonli qarori va uning asosida qabul qilingan nizom bu boradagi ishlarning nechogʻlik zarurligini koʻrsatdi. Taʼkidlash joizki, vakolatli davlat idoralar tomonidan qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjatlarning mukammalligi, ularning qonunchilik texnikasi talablari asosida ishlab chiqilishi norma ziddiyatlarini bartaraf etibgina qolmay, balki kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarning ham oldini oladi.
Yuqorida bayon qilingan jihatlarga alohida to’xtalish, birma-bir sharhlash, kamchilik va yutuqlarni sanash keng ko’lamli tadqiqot va chuqur o’rganishni talab qiladi. Bu boradagi ishlar allaqachon bosh­lab yuborilgan, xususan, partiyamiz ayni yo’nalishda Bank-moliya akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib, o’rganishlar olib boryapti. Jumladan, Prezidentimizning “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan:
O’zbekistonning yetakchi global indekslarda, birinchi navbatda Global raqobatbardoshlik reytingida (GCI, Global Competitiveness Index) ishtirok etishi uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilishi, xususan, bu bo’yicha milliy markazlar loyihasini shakllantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;
ekspertlar jamoasini shakllantirish va Global raqobatbardoshlik indeksida O’zbekistonning tegishli munosib o’rnini aniqlash uchun milliy tadqiqotlar o’tkazish, keyin esa ushbu reytingda mamlakatning kuchli va zaif pozitsiyalarini aniqlash;
bu yo’nalishda muvaffaqiyat qozonayotgan MDH mamlakatlarining xalqaro indekslar bo’yicha ilg‘or taklif va fikrlarini to’plash, muhokama qilish hamda umumlashtiruvchi tajriba va ishtirok modellarini yig‘ish, muvofiqlashtirishga qaratilgan kompyuterlashtirilgan kraudsorsing platformasini ishlab chiqish va tatbiq etish;
yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining ekspertlari, mashhur olim va mutaxassislar ishtirokida maxsus xalqaro konferensiyalar o’tkazish, shu orqali O’zbekistonning xalqaro indekslarga bosqichma-bosqich kirib kelishi uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Global raqobatbardoshlik reytingi ko’rsatkichlari bilan aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish va amaldagi xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo’yicha milliy dasturni qabul qilish;
– investitsiya muhitini takomillashtirish va to’g‘ridan-to’g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirishga oid yangi qonun, farmon va qarorlar ishlab chiqishda “global indekslar talablariga muvofiqlikni ta’minlash shartligi” majburiy prinsipini amalga oshirish.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o’zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko’tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko’ndalang qo’ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o’sha mamlakatning jahon miqyosidagi o’rni, xalqaro reyting va ko’rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o’zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o’sish va ­raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko’zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo’lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston koʻp yillardan beri koʻzlab kelayotgan korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro shaffoflik indeksi (International Transparency Caolition Against Corruption) reytingida mavjud koʻrsatkichlarni yaxshilashga yoʻl ochadi. Mazkur masalada aniq raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, International Transparency indeksining 2019-yilgi koʻrsatkichlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi 183 ta davlat ichida 153-oʻrinni egallagan holda, reyting koʻrsatkichlari 100 ballik tizimda 25 ballni tashkil qilayotgani salbiy natijadir. Qayd etilgan ball koʻrsatkichi 2018-yilga nisbatan (Maʼlumot uchun: 2018-yilda 23 ball) bor-yoʻgʻi 2 ballga koʻtarilgan.
Ikkinchidan, bu masalada hozirga qadar juda koʻp gapirilgan, amalda koʻplab ishlar bajarilgan boʻlsa-da, lekin baribir yana vaziyat shuni taqozo etmoqda. Bu mamlakatda qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini takomillashtirish vazifasidir. Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chor-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga Huquq ustuvorligi indeksi (The Rule of law index) boʻyicha milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Biroq bugun aniq raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, xalqaro qonun ustuvorligi loyihasining 2019-yilgi koʻrsatkichlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur indeksga kiritilgan 128 ta davlat ichida 92 oʻrinda (maʼlumot uchun: ushbu roʻyxatda 91-oʻrinda Filippin, 93-oʻrinda Tanzaniya) ekanligi, bu yilgi oʻsish surati atigi toʻrttaga yuqorilaganlik fakti ham bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish zaruriyatini anglatadi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy sudlov tizimini yangi bosqichga koʻtarib, sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichlarini tubdan isloh qilish hamda uzogʻi bilan 2022-yilga qadar mazkur indeksda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini qirqtaga yuqorilashiga (kamida 50 oʻrin) erishish zarur. Buning uchun esa, ilgʻor xorijiy davlatlarning qonunchilik tizimlarini chuqur qiyosiy tahlillar asosida oʻrganish zarurdir.
Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritish uchun mamlakatda aniq huquqiy kafolatlar tizimini yaratish, shu jumladan, axborot manbalarini huquqiy himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish sohasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bundan koʻzlangan maqsad mamlakatimizni Worldwide press freedom index “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti (Reporters Without Borders) reytingida oʻrnini sezilarli yaxshilashdir. Hozirgi kunda tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston mazkur indeksda 156-oʻrinni (2019-yilda 160-oʻrin) band qilib turmoqda. Bu esa mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatda axborot resurslaridan foydalanishida koʻplab cheklovlarga duchor qilishi mumkin.
Toʻrtinchidan, mamlakatimizni The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazining beshta muhim kategoriyalari boʻyicha koʻrsatkichlarining nihoyatda pastligi, bugun Oʻzbekiston Respublikasini mazkur xalqaro indeksdagi 165 ta suveren davlat ichida 157-oʻrinni egallab qolishiga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan, Oʻzbekistonni mazkur xalqaro reytingda oʻrnini yaxshilash uchun milliy saylov tizimidagi huquqiy muammolarga yana bir bor eʼtibor qaratish lozimdir. Shuningdek, fuqarolar erkinligi hamda siyosiy madaniyat borasida qonunchilik tarmoqlarini qayta isloh qilish zarurdir. Mazkur indeksning oʻziga xosligi uni baholash mezonlarining murakkabligi va qoʻyilgan talablarni amalga oshirish faqatgina davlatga bogʻliq boʻlib qolmay, balki fuqarolarning siyosiy faolligini ham taqozo etishidadir. Shu jihatdan olib qaraganda, ushbu indikator talablariga bosqichma-bosqich oʻtishning milliy monitoring tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir.

Download 40,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish