I. Kirish. II



Download 0,51 Mb.
Sana06.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#746628
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: Kreditga layoqatlilik tahlili
REJA:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.

  1. Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari.

  2. Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari: ekspert baholash tizimi va ballik (skoring) baholash tizimi.

  3. Kreditga layoqatlilikni baholashda tijorat banklari kredit siyosatining o‘ziga xos jihatlari.

  4. Kreditlarning muddatliligi va maqsadliligi bo‘yicha ishlatilish tahlili.

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Bu kurs ishimdagi asosiy qismga va rejalarga o’tishimdan oldin mavzu bo’yicha qisqacha izohlarda tanishitirb o’taman. Korxonalar iqtisodiy faoliyatida albatta, qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar. Negaki, biznesni dastlabki qadamiga tadbirkorlarda doimo ham mablag‘ yetarlicha bo‘lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlarning biznes hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo‘lga qo‘yiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan naf ko‘radilar. Korxonalarni kreditga layoqatliligini baholashni tasdiqlangan me’yoriy dalolatnomalari va nizomlariga tayangan holda har bitta biznes subyektini kreditni, qarzni qaytarib berish layoqati o‘rganilmog‘i lozim. Bu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Iqtisodiyot Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash Qo‘mitasi va tegishli Vazirliklar tomonidan tuzib chiqiladi. Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarning tarkiblanishi qarz munosabatlarini rasmiy jihatlariga ta’sir etmaydi. Ya’ni har ikkala holatda ham moliyaviy holat tahlili bo‘yicha bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar amalga oshiriladi. Shunday qilib mavzuning asosiy qismiga o’tamiz.


Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
Kredit asosan ikki turga bo’linadi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit bo’ladi. Uzoq muddatli kreditlar – uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob- uskunalar yuzasidan, ularni sotib olish, qurish, ta’mirlash, ilmiy yangiliklar kiritish kabi yo‘nalishlarda) moliyalashtirish yuzasidan bir yildan ortiq muddatga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlar – joriy, aylanma aktivlarni to‘ldirishga, savdo hajmini oshirishga va boshqa maqsadlarga bir yilgacha muddatga beriladi. Korxonalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta ishlangan biznes rejaga va investitsion loyihalarga e’tiborni qaratishi lozim. Lekin ungacha albatta, ushbu korxonaning, moliyaviy ahvoli o‘rganilmog‘i lozim. Kredit resurslarini jalb etishda risklarni baholash masalasiga ham alohida ahamiyat qaratish zarur. Afsuski, bu borada amaliyotda tahliliy yechimlarning aniq metodologik jihatlari belgilanmagan. Kredit arizasi bergan korxonaning moliyaviy tahlilida muhim obyekt sifatida birinchi navbatda uning to‘lov layoqati, qoplov koeffitsiyenti baholanadi.
Korxonalar tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning to‘lovga qobilligiga, balki uning mablag‘larini harakatchanlik (likvidlilik) darajasiga ham bog‘liq. Shu sababli‚ tahlil etishda buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida korxonalarning harakatchan mablag‘lari holatiga, tez va sekin pulga aylanuvchi aktivlariga, nolikvid mablag‘lar holatiga, ularning to‘lov muddati kelgan, qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar nisbatiga, doimiy passivlarni nolikvid va likvid mablag‘larni manbalashiga baho berish talab etiladi.
So‘nggi paytlarda olingan kredit resurslarining o‘z vaqtida qaytmaslik hollariga ko‘p duch kelinmoqda. Shu sababli, korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida quyidagi qo‘shimcha mavzularni o‘rganish tavsiya etiladi;
a) korxonalarning rentabellik darajasi;
b) aylanma mablag‘larning holati;
c) o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki;
d) ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;
e) to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga;
f) korxonalarning pul va qimmatli qog‘ozlarining mavjudligiga va boshqa jihatlariga ahamiyat beriladi.
Korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi rivojlanishini baholashda banklar tomonidan quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratiladi:



Kreditga layoqatlilik tahlilining maqsadi – korxonalarning kredit, qarz mablag‘larini jalb etishi yuzasidan ularning moliyaviy holati va natijalarini tahlil etish orqali pul mablag‘larini ko‘paytirish imkoniyatlarini retrospektiv tahlilini amalga oshirishdan iborat.
Korxonalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
a) korxonalarning kreditga layoqatliligini davriy oraliqlar bo‘yicha o‘rganish;
b) korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital foydaliligini baholash;
c) mablag‘larni joylashinuvidagi holat, ularning aylanuvchanligini baholash;
d) muddati o‘tgan majburiyatlarning holati, korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasidagi o‘zgarishlar, sotish hajmidagi o‘sish, likvid mablag‘larning holati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga baho berish.
Kreditga layoqatlilikni tahlil etishning darajasi va sifati axborot manbalarining to‘liqligiga va ularning atroflicha o‘rganilishiga bog‘liq. Shu sababli tahlil etishda o‘rganiladigan axborotlarni tarkiblash va ularni tizimlashtirish muhim masala hisoblanadi. Quyida, korxonalar kreditga layoqatliligini baholash, tahlil etishning axborot manbalari va ularga qo‘yilgan talablarni keltirib o‘tamiz.


Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari: ekspert baholash tizimi va ballik (skoring) baholash tizimi.


Bank va korxonalar faoliyatida kreditga layoqatlilikni baholash uslubiyotini shakllantirishda mezonlarga tayaniladi. Ushbu mezonlar korxonalarning kreditga layoqatliligini to‘liq baholash imkoniyatini ochib berish zarur.
Korxonalarning kreditga layoqatliligi tahlilining uslubiy asoslari korxona va bank nuqtayi nazaridan alohida belgilanishi, yo‘lga qo‘yilishi va yuritilishi lozim.

Korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda har bir tijorat banki tomonidan ishlab chiqiladigan kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi (kredit siyosati) uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi (kredit siyosati)da korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda uslubiy asos sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimi ko‘rsatib berilgan. Har bitta bankning kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimi (Skoring tahlil tizimi) bir-biridan farq qiladi.
Xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimida kreditga layoqatlilik – bu xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini, ularning krediti o‘z vaqtida va to‘la qaytirish qobiliyatini baholash deb ta’rif berilgan. Xo‘jalik subyektlarining kreditga layoqatliligi bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmaydi va har bir tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatadigan mijozlari faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mazkur uslubiyotda kreditga layoqatlilikning zarur majburiy ko‘rsatkichlari: kreditni qoplash koeffitsiyenti, likvidlilik va o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik (mustaqillik koeffitsiyenti), shuningdek‚ o‘z aylanma mablag‘larining mavjudlik dinamikasi, to‘lanmagan qarzlar, foyda olib faoliyat ko‘rsatishi va aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi. Kreditga layoqatlilikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi koeffitsiyentlardan iborat:
Qoplash, likvidlilik va o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik (mustaqillik koeffitsiyenti).
Likvidlilik ko‘rsatkichlari balansdagi eng likvidli elementlar va qisqa muddatli majburiyatlarning nisbati qandayligini baholash uchun qo‘llaniladi. Tez sotiladigan aktivlar hisobiga bu majburiyatlarning qoplanishi qanchalik yuqori bo‘lsa, firmaning mavqei shunchalik ishonchli hamda bankdan kredit olishga imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
1. Qoplash koeffitsiyenti
Balansning qoplash koeffitsiyenti (KK) joriy aktivlardan (JA) kelgusi davr xarajatlari (KDX), kechiktirilgan xarajatlar (KX) va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar (MO‘DQ) ayirmasining joriy mabjuriyatlarga nisbati sifatida hisoblanadi.

QK = JA – KDX – KX – MUDQ / JM

Agar likvidli aktivlar qisqa muddatli majburiyatlardan kamida ikki marta ortiq bo‘lsa, xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini yaxshi deb hisoblash mumkin. Bu mezon (kriteriy)ning eng yuqori chegarasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyekt qisqa muddatli majburiyatlari miqdoriga teng likvidli aktivlarga ega bo‘lganda bu mezon (kriteriy)ning eng quyi chegarasi deb qabul qilinadi.

Qoplash koeffitsiyenti davr boshiga 2,075ni davr oxiriga kelib 1,754ni tashkil qilgan. Mutlaq o‘zgarishi 0,321ga teng bo‘lgan. Qoplash koeffitsiyentini davr boshida 12 ball bilan davr oxiriga 8 ball bilan baholash mumkin.
2. Likvidlilik koeffitsiyenti.
Likvidlik bu (lotin tilidagi liquidite so‘zidan olingan bo‘lib, suyuq, oquvchan ma’nolarini bildiradi) korxona asosiy yoki aylanma kapitalini tez va oson sota olishi, bank likvidliligi esa bankning naqd mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq qoplay olishidir. Likvidlik bu aktivlar va qimmatliklarni sotish darajasining tezligi va ularning naqd pulga aylanishi, to‘lovga qobiliyat esa ehtiyojni qoplash va zarur buyumlarni sotib olish uchun yetarli pul mablag‘lariga ega bo‘lishdir. Likvidlilik koeffitsiyenti xo‘jalik subyektining to‘lov qobiliyati ancha tezligini ko‘rsatadi, bunda joriy majburiyatlar eng likvidli aktivlar (naqd pulga aylantirish muayyan vaqt talab qiladigan tovar-moddiy boyliklardan tashqari) bilan qoplanishi mumkin. Likvidlilik koeffitsiyenti pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va hisobvarag‘i bo‘yicha olinadigan mablag‘lar (muddati o‘tganidan tashqari) summasining joriy majburiyatlarga nisbati orqali topiladi. Bunda tovar-moddiy zaxiralar emas to‘lov mablag‘lari qatoriga kiritilmaydi. Ya’ni, haqiqiy likvid aktivlar hisobga olinadi.

LK = PM + KMI + DQ – MO‘DQ / JM


Likvidlilik koeffitsiyenti (LK) pul mablag‘lari (PM), qisqa muddatli investitsiyalar (QMI), debitorlik qarzlari (DQ) va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar (MO‘DQ) ayirmasining joriy mabjuriyatlarga (JM) nisbati sifatida hisoblanadi.


Likvidlilik koeffitsiyenti davr boshiga 1,020ni davr oxiriga kelib 1,187ni tashkil qilgan. Mutlaq o‘zgarishi 0,167 ga teng bo‘lgan. Qoplash koeffitsiyentini davr boshiga ham, davr oxiriga ham 10 ball bilan baholash mumkin.
3. Mustaqillik koeffitsiyenti
Mustaqillik koeffitsiyenti (MK) xususiy kapitalni (XK) korxona balansi passivlari umumiy yakuniga (BJ) bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi va korxona mablag‘larining qarzga olinadigan manbalaridan mustaqilligini aks ettiradi:
MK = XK / BJ
Ushbu ko‘rsatkichning qiymati 30% dan kam bo‘lmasligi zarur. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi yuqoriligida va xo‘jalik subyekti faoliyatining xarakteriga bog‘liq holda ushbu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yiladigan darajasi birmuncha pastroq bo‘lishi mumkin. Agar ushbu koeffitsiyent 15% dan past bo‘lsa, kredit tavakkali eng yuqori deb hisoblanadi.


Mustaqillik koeffitsiyenti davr boshida 0,586ga, davr oxirida 0,417ga teng bo‘lgan. Mutlaq o‘zgarishi -0,169ga teng bo‘lgan. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyentini 8 ball bilan baholash mumkin. Agar kreditni to‘lay olish qobiliyatining yuqoridagi uchta ko‘rsatkichi hisoblab chiqilgandan keyin natijalar yig‘indisi 9 balldan kamni tashkil etsa, bunday korxonaga kredit berilmaydi. Agar ballar summasi 9 dan 19 ballgacha bo‘lsa, bunday korxona kreditni to‘lay olmaydigan hisoblanadi va faqat alohida hollardagina yuqori likvidli aktivlar bilan ta’minlangan holda kredit berilishi mumkin. Hatto mustaqillik koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan hollarda ham korxona xususiy mablag‘larining anchagina qismi uzoq muddatli aktivlarga qo‘yilgan bo‘lishi va aylanma aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar va ishlab chiqarish xarajatlarini shakllantirishda yetarli darajada qatnasha olmasligi mumkin. Shuning uchun korxonaning kreditga layoqatliligini baholashda uning o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi (O‘AMM)ni ham ko‘rib chiqish zarur.

O‘AMM = (XK + UMKQ) – UMA

Bu yerda:
XK – xususiy kapital;
UMKQ – uzoq muddatli kredit va qarzlar; UMA - uzoq muddatli aktivlar.


Agar to‘lovlar va foizlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, ushbu mijozning kreditor oldidagi ishonchi ortadi. Bu holat esa mijozning kredit tarixiga yoziluvchi eng muhim jihatdir.

Kreditga layoqatlilikni baholashda tijorat banklari kredit siyosatining o‘ziga xos jihatlari.


E’tirof etish joizki, tijorat banklarining kreditlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Shu sababli‚ tijorat banklariga tarmoq va bo‘g‘inning, iqtisodiyotning lakomotivi sifatida qaralayotganligi ham bejiz emas.
Bank Kredit siyosati – joriy yil mobaynida bank kredit portfelini shakllantirish, xususan, kreditlash borasidagi bank faoliyatining Markaziy bankning kredit munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari talablaridan kelib chiqib, kreditlash tamoyillariga mosligini ta’minlash, kredit portfelini samarali boshqarish, kredit berish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni baholash hamda ularni minimallashtirish, kredit monitoringi o‘tkazish va uni so‘ndirish jarayoni bilan bog‘liq amallarni belgilash, kredit portfelini diversifikatsiyalash hamda bank foiz siyosatini yuritish bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisidan iboratdir.
Bank kredit siyosatining asosiy maqsadi – mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga yo‘naltirish hisobiga yuqori daromad olinishini ta’minlashga qaratilgan. Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalda joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruv a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi. Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Kredit siyosatining yo‘nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakliga, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi nisbatiga, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoniga, kredit portfeli hamda mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarga muhim e’tibor qaratiladi.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
Kreditlashning strategik yo‘nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Kredit siyosati hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevori hisoblanadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan kredit siyosati kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:
- Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog‘liq masalalar;
- Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati (eng ko‘p kredit summalari va turlari);
- Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami majburiyatlar;
- Kredit arizalari bo‘yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
- Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro‘yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va hokazolar);
- Kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;
- Kreditning ta’minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari;
- Barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni;
- Eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‘rsatish (ya’ni kredit summalari va bank yalpi aktivlarining eng yuqori nisbati);
- Bank xizmat ko‘rsatadigan mintaqa, kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori;
- Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining moliya-bank tizimiga oid farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi nizom talablari asosida mustaqil ishlab chiqiladi.
Tijorat banklarining kreditlash imkoniyatini oshirish ularning kredit portfelini sifatiga bog‘liq.
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi.

Kreditlarning muddatliligi va maqsadliligi bo‘yicha ishlatilish tahlili.


Kreditning muddatliligi – bu olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarib berishlik bilan tavsiflanadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo‘lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko‘rsatilgan ma’lum muddatda kreditning qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z vaqtida qaytib olsa, uni egasiga o‘z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o‘z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutilishidan manfaatdor. Kreditning muddati bo‘yicha kredit shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo‘yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqalar)ni qo‘llashi mumkin. Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo‘jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish, tovarlarni sotish muddatlariga va pirovard natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga ham bog‘liqdir.
Olingan kreditning maqsadli ishlatilganligi muhim masala hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar-moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror obyektga maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak. Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo‘natilgan tovarlarga, hisob- kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy resurslarga bo‘lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z ixtiyori bo‘yicha ishlatiladi.
Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash sohasida cheklangan tarzda qo‘llaniladi, o‘rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo‘llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi.
O‘zining faoliyat doirasiga qarab, qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir necha guruhlarga bo‘linishi mumkin.
Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo‘yicha kreditlar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlariga beriladi. Bu kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bo‘lib, tijoratchilar ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga egadir. Bank tomonidan kreditlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachilari: broker, makler, dilerlik firmalariga ham beriladi. Ko‘chmas mulk uchun ipoteka kreditlari berilishi ham mumkin. Ular ham oddiy, ham ixtisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beriladi. Bu hozirda xorij amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, hatto ba’zi manbalarda kreditning alohida shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Banklararo kreditlar – bank kreditining keng tarqalgan shakllardan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma’lum bir tijorat bankning boshqa turlardagi ssudalar berish siyosatini aniqlab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu me’yorning aniq miqdori (foiz stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Kreditlarning maqsadliligini tasniflashda ularning uzoq va qisqa muddatga kreditlarga bo‘linishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Odatda, uzoq muddatli aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan uzoq muddatli kreditlar, joriy aktivlarni moliyalashtirsh uchun qisqa muddatli kreditlar jalb etiladi. Farqlash muddati sifatida bir yildan oshiq va bir yilgacha muddat chegaralangan.
Kreditning maqsadli ishlatilishi va muddatligini o‘rganishdan tashqari ulardan oqilona foydalanish darajasini, samaradorligini ham baholash lozim. Bu nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to‘lashni, bundan tashqari, shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishayotganligini ham baholash imkonini beradi.
Kreditlar albatta ma’lum bir loyihalarning bajarilishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan oldin loyihani bajarish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur.
Agar iqtisodi rivojlangan davlatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo‘yiladigan mablag‘larning samaradorligiga muhim e’tibor qaratilishini ko‘rishimiz mumkin. Agarda loyihaga qo‘yiladigan mablag‘lar iqtisodiy va moliyaviy samara beradigan bo‘lsa, shu loyiha uchun mablag‘ ajratiladi. Kreditning samaradorligi ishlab chiqarish va savdo hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Samaradorlik kreditning tamoyillarini bajarilishi uchun asos hisoblanadi. Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish va sotish hajmi qanchalik katta, kredit resurslarining aylanish davri qanchalik qisqa bo‘lsa‚ kredit qo‘yilmalarining samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Xulosa

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish