O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

66-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari, u bilan
doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning
talabi bo‘yicha shartnoma voyaga yetgan oila a’zolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi
turar joydan ko‘chib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan
voyaga yetgan oila a’zolaridan biri bilan tuziladi.


Oila a’zosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud
tartibida hal etiladi.
67-modda. Ijaraga oluvchi oila a’zosining talabi bo‘yicha turar joyni ijaraga berish
shartnomasining o‘zgartirilishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga
oluvchining oila a’zosi, agar oilaning boshqa a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi
bo‘lsa hamda uning ulushiga to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan
foydalanish tartibi to‘g‘risida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 
9-
moddasi 
talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin bo‘lsa, o‘zi bilan alohida ijara
shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir.
Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud
tartibida hal etiladi.
68-modda. Bir oilaga birlashgan ijaraga oluvchilarning talabi bo‘yicha turar joyni ijaraga
berish shartnomasining o‘zgartirilishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida
alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda
o‘zlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi
tuzilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida
shikoyat qilinishi mumkin.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish