O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

70-modda. Turar joydan ko‘chirish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi
egallab turilgan turar joydan ko‘chirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l
qo‘yiladi.
Ko‘chirish sud tartibida amalga oshiriladi.
Turar joylarni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda
yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida ma’muriy tartibda ko‘chiriladilar.
Ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat
qilinishi mumkin.
71-modda. Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ko‘chirish
Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ular munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq
maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan quyidagi hollarda ko‘chiriladi:
agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo‘lsa;
turar joy belgilangan tartibda avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan
bo‘lsa;
turar joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilayotgan bo‘lsa.
Turar joylar joylashgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy
fondining uyi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan
buzilishi kerak bo‘lsa yoxud turar joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi lozim bo‘lsa,
ushbu turar joydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga boshqa obod turar joy beriladi va bu turar joy yer
uchastkasi ajratilayotgan yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan turar
joy berilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar turar joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, ushbu turar
joydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikda belgilangan
tartibda boshqa obod turar joy beradi.
(71-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ko‘chirilishi munosabati bilan fuqarolarga berilayotgan boshqa obod turar joy ushbu
Kodeksning
 9-moddasida 
belgilangan turar joylarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob berishi,
shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lishi va maydoni ilgari egallab turilgan maydondan kichik
bo‘lmasligi kerak.
Agar ijaraga oluvchi alohida kvartirani yoki bittadan ortiq xonani egallab turgan bo‘lsa, unga
tegishligicha alohida kvartira yoxud xuddi shuncha xonali turar joy berilishi lozim.
Agar ijaraga oluvchi ortiqcha uy-joy maydoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, turar joy bir kishi hisobiga
uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan hajmda, qo‘shimcha uy-joy
maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan va amalda undan foydalanib kelgan ijaraga oluvchiga yoki
uning oila a’zolariga – qo‘shimcha uy-joy maydoni normasi hisobga olingan holda beriladi.
Ko‘chirilayotgan shaxsga berilayotgan turar joy ijaraga oluvchini ko‘chirish to‘g‘risidagi sud
qarorida, ma’muriy tartibda ko‘chirilayotganda esa, prokuror qarorida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish