O’zbekiston Respublikasining ‘’Ta’lim to’g’risida’’ gi Qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Reja:
Kirish:
I. Ta’lim to’g’risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ilk mustaqillik yillarida amalda qo’llanilishi.
ASOSIY QISM:
I. O’zbekiston Respublikasining ‘’Ta’lim to’g’risida’’ gi Qonuni.
II. O’zbekiston Respublikasining ‘’Ta’lim to’g’rsida’’ gi Qonunning mazmun va mohiyati.
III. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Xulosa:
I. Ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishidagi dastlabki islohotlar.
Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasining ‘’Ta’lim to’g’risida’’ gi qonunining maqsadi bu ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat hisoblanadi.
Mamlakatimizda Ta’lim to’g’risidagi Qonun dastlab 1992 – yilda qabul qilingan 1997 – yilda esa yangi tahrirdagi Qonun qabul qilingan edi.
2020 - yil 23 – sentabrda qabul qilingan ‘’Ta’lim to’g’risida’’ gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o’z aksini topdi.
Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko’rib chiqildi, idoraviy normativ – huquqiy hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidan foydalangan holda 123 ta norma loyiha tarkibidan chiqarildi hamda 54 ta to’g’ridan to’g’ri amal qiluvchi modda bilan almashtirildi. Shuningdek, ma’muriy byurokratik mexanizmga doir 7 ta modda butunlay chiqarib tashlandi.
Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o’z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi.
Jahon tarixiy tarixiy tajribasining guvohlik berishicha birorta ham xalq va millat ta’lim – tarbiyaga e’tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda ma’naviyatga, ta’lim – tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma’naviy, ma’rifiy jihatdan yetuk bo’lmagan mamlakat tabiiy – iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy jihatdan qudratli bo’lgan taqdirda ham buyuk davlat bo’la olmaydi.
El – yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon – e’tiqodli, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar, barkamol avlod har qaysi davlatning qudratli salohiyat manbasidir. Ko’rinib turganidek, mustaqil O’zbekiston taraqqiyoti taqdirini ham ma’naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz ta’lim – tarbiya tizimini isloh qilayotganda har bir muhim masalaga katta e’tibor berishimiz lozimligini ta’kidladi, ya’ni olimlarning fikriga ko’ra, normal rivojlangan bolalarni 6 yoshdan maktabga qabul qilish ularning aqliy, ruhiy va samara berishi mumkinligini, shuningdek bolalarni 6 yoshdan o’qishga jismoniy kamoloti, o’quv dasturlarini yaxshi o’zlashtirishda ijobiy qabul qilishda ularni har biriga alohida yondashish, birinchi navbatda ularning salomatligi va zehni, shuuri qay darajada shakllanganligi e’tiborga olinishi kerakligiga e’tibor qaratgan.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy nazariy qoidalari hamda uning ustuvor tamoyillari, ilmiy bilishning xolislik, tarixiylik, tizimlilik prinsiplari dissertatsiyaning nazariy – uslubiy asosini tashkil etadi.
Tadqiqotni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, ‘’Ta’lim to’g’risida’’ gi Qonun, ‘’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’, O’zbekistonning yangi tarixini yaratishdagi metodologik, ilmiy – nazariy va mafkuraviy ahamiyatga molik g’oyalari muhim konseptual – metodologik ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida o’rganilmagan ta’lim tizimidagi islohotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarning amaliyotga tadbiq etilishi, tizimdagi erishilgan natija va muammolarni o’z yechimini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |