Dasturning 5-boʻlimida milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan.
Dasturdan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning asarlari va nutqlarida taʼlim masalalari boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul qilinganidan soʻng respublika butun taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning aniq strategik yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti mazmunini yangilash, oʻquvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini joriy etish yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Ularning natijalari asosida umumiy oʻrta taʼlimning barcha sohalaridan davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, yangi darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmogʻini barpo etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha shartsharoitlar yaratish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tarkibida oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi barpo etilib, litsey va kollejlar shu markaz ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000-y. gacha bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha 251 davlat taʼlim standartlari ishlab chiqildi, dasturning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 71 oʻqituvchining chet ellarda, 980 oʻqituvchining chet el oʻqituvchilarini jalb etish yoʻli bilan malakasi oshirildi. Dastur muvaffaqiyat bilan rivojlanib, Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishiga ishonchli kafolatdir.
Xulosa:
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |