Biologiyani o’qitish shakllarining sistemasi



Download 49 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi49 Kb.
#18795

Aim.uz

Biologiyani o’qitish shakllarining sistemasi.

Darsning maqsadi va vazifalari:

a) ta’limiy: O’qitishning shakllari. O’qitish shakllarining o’zaro bog’lanishi.

b) tarbiyaviy. O’tkazilgan ishning natijasi mexnat madaniyatini tarbiyalaydi, uning rasmiylashtirilishi estetik tarbiyaga , o’rtoqlik kollektivining tashkil kilinishi esa etik tarbiyaga yordam beradi.

v) rivojlantiruvchi: Bilimlarni takkoslash, xulosalar va xal kilinishini talab kiladigan, o’ylab tuzilgan tegishli savollar mustaqil tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi

Darsning turi: ma’ruza.

Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o’tish joyi: № 536 xona.

Darsning jixozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa.

Fanlar bilan bog’lab o’tish: psixologiya, pedagogika, .

Xayot bilan bog’lab o’tish: insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o’rgatishdir,

Darsning texnologik xaritasi.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min)

11. O’tilgan mavzuni so’rash va mustaxkamlash: (30 min)

1. O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo’llarini o’rganing.

2. Biologiyani o’qitishda o’quv munozaralari, bahslar o’tkazish usullarini o’rganing.

3. O’quvchilarda o’quv munozaralari va bahslarda ishtirok etish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarini shakllantirish yo’llarini o’rganing.

4. O’quvchilarda fikrlarini asoslash, o’z o’zini baholash, o’zaro nazorat qilish ko’nikmalarini shakllantirish yo’llarini o’rganing.

5. Biologiyani o’qitishda dialog, polilog o’quv muloqotlarini o’tkazishllarini o’rganing.

6. O’quvchilar jamoasida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish bosqichlarini aniqlang.

111. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Sistema, o’qitish shakllari, o’qitish shakllarining bog’liqligi, biologiya o’qitish shakllarining tarbiyaviy ta’siri

4. Asosiy qism. (30min)



Yangi mavzu bayoni:

Reja:


1. O’qitishning shakllari.

2. O’qitish shakllarining o’zaro bog’lanishi.

«Sistema» yunon tilida narsalar, xodisalar, tushunchalarning ma’lum mantiqiy tartibdagi bir butun birikmasini ifodalaydi. Metodikada sistema tarbiyaviy ta’lim jarayoni va uning tarkibiy elementlarining bir butunligi hamda rivojlanish prinsiplari bilan taqozo qilinadi.

Maktabda o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O’qitishning shakli - bu tarbiyaviy ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan foydaanidigan o’quvchilarning o’quv idrok qilish faoliyatini uni o’tkazilish sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.

Maktabda o’rganiladigan barcha predmetlar uchun o’quv ishlarining asosiy shakli darsdir.

Dars – ma’lum fanlarni, ma’lum xajmdagi bilimlarni ma’lum yoshdagi o’quvchilar guruxiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi.

Darslarda davlat dasturi va ma’lum darajada darslik belgilagan o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilar uchun majburiydir.

Biologiya o’qitishning asosiy shakli -darslarga qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan. Dastlab majburiy bo’lmagan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg’ulotlar, ekskursiyalar o’qitish sistemasiga qo’yilgan.

Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida biologiya bo’yicha o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining quyidagi shakllari qabul qilingan: darslar va ular bilan bog’liq bo’lgan ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.

Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars bilan uzviy bog’liqdir, ular biologik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, mexnat madaniyati, estetik va etik munosabatlarni va amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi.

Sinfdagi darslarda biologiya predmetining hammasi o’qitiladi. Darslar kurs mavzulari bo’yicha materialning izchil bayon qilinishini ta’minlovchi muayyan izchilligida joylashadi. Darslarda o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: ogzaki, ko’rgazmali, amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish qiladi va amaliy ishlar bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi hamda ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Lekin darsda tirik organizmlarning rivojlashini, biotsenozlarda har xil organizmlarning birgaliqda ishlashini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham biologiya o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar qo’llaniladi.

Darsning strukturasi. Darsning strukturasi, uniig rejasi butunlay mazmun va metodlarga bog’liqdir. Dars rejasi dars mazmunining strukturasini — asosiy qismlarini, metodlarni va dars o’tish uchun kerak bo’lgan qurollarni aniq ifodalashi kerak.

Asosiy masala — dars mavzusi xususiy masalalarga — dars mazmuni o’zaro mantiqiy izchillikda bog’langan asosiy qismlarga ajratiladi. Dars yoki uning qismi: o’qituvchining xikoyasi, suxbat, demonstratsiya, amaliy ish muammoli tuzilishi mumkin.

Ekskursiyalar o’quvchilarni tabiatda tabiiy guruhlar, fermer xo’jaliklar yoki muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. Ekskursiyalar dars bilan uzviy bog’liqdir. Ekskursiyada o’rganilgan ob’yektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’rejagan narsalar namoyish qilinadi.Ekskursiyalarda o’quvchilar oldingi bilimlarini mustaxkamlab, tabiat hakidagi o’quvlarini rivojlantirib topshiriqlar asosida kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.

Uy vazifalari eksperimental harakterda bo’lishi bilan darslar bilan bog’liqdir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalar qo’yadilar. Darsda olingan tasavvurlarni tasdiqlash uchun sinfda o’tkazilgan tajriba, amaliy ishlarni takrorlaydilar yoki ularni oxiriga yetkazadilar.

Oldindan uyushtirilgan uy ishlari alohida qiziqish kasb etadi. Bunda o’quvchi shu hodisani sinfda o’rganguncha tajriba qo’yadi yoki kuzatishlar olib boradi va shu mavzu bo’yicha darsga ish natijalarini olib keladi.

Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga nisbatan murakkabroq bo’lib, ularni bajarish uchun tegishli o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kinofilьmlar ko’rsatiladigan mavzuli kechalar, xar xil tadbirlar( kushlar kuni, gullar bayrami, xosil bayram va boshkalar), biologiya xonasi, tirik tabiat burchagidagi, o’quv tajriba uchastkasidagi va tabiatdagi ishlar kiradi. Biologiya kabineti va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlarni darslarda kursning barcha mavzulari bo’yicha o’quv yili davomida berib boriladi.O’quvchilarning o’quvtajriba uchastkasidagi yozgi topshiriqlarning natijalari ham barcha sinflar bo’yicha kuzda o’tkaziladigan darslarda foydalaniladi. Darsdan tashqari ishlar majburiydir va buning uchun o’quvchilar baho oladilar.

Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo’lmagan, ko’ngilli shakllari; individual ishlar, sinfdan tashqari o’qishlar yoki tabiatshunoslar to’garaganing ish, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali mehnatlar keng ko’llaniladi.

Sinfdan tashqari ishlar o’quv materiali asosida unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmunini takrorlamaydi dastur doirasi bilan cheklanmaydi,ammo uni to’ldiradi. Yosh tabiatshunoslar to’garagi biologiya darslarda namoyish qilish uchun kurs bo’yicha qulay va kerakli tajribalar qo’yib boradi.

Sinfdan tashqari o’qitishlar, agar o’quvchilarning o’qiganlari darslarda, ekskursiyalarda, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda joy olsa, ya’ni o’qitish jarayoniga uzviy kirsa, yaxshi beradi: o’quvchilar axborot va dokladlar bilan chiqadilar, o’qiganlari haqida maqolalar yozadilar.

Dars o’quv ishlarining tashkil qilishning barcha shakllarini kamrab oluvchi butun tarbiyalovchi ta’lim jarayonining markaziy qismidir.

Ko’pincha o’qitish shakllari to’g’risida tushunchalarni metodlar to’g’risidagi tushuncha bilan aralashtirib yuboradilar, masalan, ekskursiyani "Ekskursiya metodi" deb ataladi. Bu to’g’ri emas, chunki o’qitishning har bir shaklida metodlar qo’llanilishi mumkin. Ekskursiyani shunday metodlar bilan utkazish mumkin:

Ogzaki metodlar – ko’rilayotganlar xakida o’qituvchi xikoya kiladi, suxbatlashadi.

Ko’rgazmali metodlar – o’quvchilar marshurut buyicha o’qituvchi ko’rsatgan ob’yekt va xodisalarni kuzatib boradilar.

Amaliy metodlar – o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustakil ishlaydilar.

Biologiya o’qitish sistemasi asosan tarbiyalovchi ta’lim asosiy elementlarning rivojlanishidan, o’qitishning barcha shakllari o’rtasidagi bog’lanishlardan iboratdir Bilimlarni taqqoslash, xulosalar va xal kilinishini talab kiladigan, o’ylab tuzilgan tegishli savollar mustakil tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. O’tkazilgan ishning natijasi mexnat madaniyatini tarbiyalaydi, uning rasmiylashtirilishi estetik tarbiyaga , o’rtoqlik kollektivining tashkil kilinishi esa etik tarbiyaga yordam beradi.



Yangi mavzuni mustaxkamlash.

1. Biologiya o’qitish shakllariga nimalar kiradi?

2. Biologiya o’qitish shakllari ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat?

3. Dars o’qitishning boshqa shakllarn bilan qanday boglanadi?

4. O’qitish shakllari o’rtasida to’gri va teskari bog’lanishlar mavjudmi?

Izoxli lug’at.

1. “Sistema» yunon tilida narsalar, xodisalar, tushunchalarning ma’lum mantiqiy tartibdagi bir butun birikmasini ifodalaydi

2. Dars – ma’lum fanlarni, ma’lum xajmdagi bilimlarni ma’lum yoshdagi ukuvchilar guruxiga, maxsus tayyorgarligi bulgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi.

3. Situatsiya – (fran. Axvol, vaziyat) –xolatlar yig’indisi bo’lib, faqat muammoning vujudga kelishiga yordam qiladi.

4. Problema – (yunon. Vazifa,aynan- oldinga tashlangan bir narsa.) –xal qilinishi, o’rganilishi, tadqiq qilinishi talab etiladigan murakkab nazariy yoki amaliy masaladir

Adabiyotlar.

1. N.M. Verzilin. Biologiya ukitish metodikasi. 1976 yil.M.



2. Tolipova.J. Biologiya ukitish metodikasi. T.2006.


Aim.uz


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish