322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq
solishning oʻziga xos xususiyatlari
(1-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha
berilgan mol-mulk, ushbu boʻlim
maqsadlarida, ishonchli boshqaruvchining daromadi deb eʼtirof etilmaydi.
(2-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi tomonidan
olinadigan pul mukofoti uning daromadi deb eʼtirof etiladi va unga ushbu Kodeksda belgilangan
tartibda soliq solinadi.
(3-q.)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasida ishonchli boshqaruvni amalga oshirish bilan
bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini ishonchli boshqaruv muassisi yoki boshqa shaxs tomonidan
qoplash nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur xarajatlar ishonchli boshqaruvchining xarajatlari deb
eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishga doir daromadlarni va
xarajatlarni har oyda oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlashi hamda muassisga va (yoki) ishonchli
boshqaruvning boshqa naf oluvchisiga olingan daromadlar hamda xarajatlar toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni ushbu boʻlimga muvofiq soliq bazasini aniqlash chogʻida bu daromadlar va
xarajatlarni mazkur shaxslar tomonidan hisobga olish uchun taqdim etishi shart.
(5-q.)
Qimmatli qogʻozlarni va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini ishonchli
boshqarish chogʻida ishonchli boshqaruvchi daromadlar hamda xarajatlarni
ushbu Kodeksning
327-329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlaydi.
(6-q.)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga koʻra, ishonchli boshqaruv muassisi
yagona naf oluvchi boʻlsa, bunday muassisning soliq bazasini aniqlash quyidagi xususiyatlar
inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
1) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar
(shu jumladan mol-mulk amortizatsiyasi va ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti toʻlash)
olingan daromadlarning hamda amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab, ushbu boʻlimda
belgilangan tartibda ishonchli boshqaruv muassisining daromadlari va xarajatlari tarkibiga
kiritiladi;
2) qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga
oid operatsiyalar (ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti toʻlash bundan mustasno) boʻyicha
daromadlar (xarajatlar) ishonchli boshqaruv muassisining qimmatli qogʻozlarga va muddatli
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha daromadlari (xarajatlari) tarkibiga
hamda bunday operatsiyalar uchun ushbu boʻlimda belgilangan tartibda tegishli toifaga kiritiladi.
(7-q.)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga koʻra ishonchli boshqaruv muassisi
naf oluvchi boʻlmasa yoxud bittadan
ortiq naf oluvchi aniqlansa, bunday shartnoma
ishtirokchilarining soliq bazasini belgilash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga
oshiriladi:
1) ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha naf oluvchining daromadlari uning
daromadlari tarkibiga olingan daromad turiga bogʻliq ravishda kiritiladi va belgilangan tartibda
soliqqa tortilishi lozim;
2) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar
(ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat
mazkur shartnomada pul
mukofotini toʻlash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni kamaytirish
hisobidan boʻlmasligi nazarda tutilgan boʻlsa) soliq solish maqsadlarida naf oluvchining xarajatlari
tarkibida hisobga olinadi. Bunda ishonchli boshqaruvchiga haqiqatan pul mukofoti toʻlash
xarajatlari (ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur
shartnomada pul mukofotini toʻlash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni
kamaytirish hisobidan amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa) alohida hisobga olinadi va
ishonchli boshqaruvchi muassisining xarajatlari tarkibidagi xarajatlar sifatida eʼtirof etiladi;
3) ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha bir nechta naf oluvchi mavjud boʻlgan
taqdirda, ushbu qismga muvofiq daromadlar va xarajatlar ularda oʻzlariga tegishli boʻlgan ulushga
mutanosib ravishda hisobga olinadi.
(8-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi amalda boʻlgan davrda koʻrilgan zararlar ishonchli
boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq boʻyicha soliq
bazasini aniqlashda hisobga
olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvdan olinadigan kelgusi daromadlarga ushbu
boʻlimda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(9-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasini tugatish chogʻida ishonchli boshqaruvdan
koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq bazasini aniqlashda
hisobga olinmaydi va kelgusi davrga oʻtkazilmaydi.
(10-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, ishonchli boshqaruvga berilgan
mol-mulk, mazkur shartnoma shartlariga koʻra, ishonchli boshqaruv muassisiga qaytarilishi yoxud
boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
(11-q.)
Mol-mulk qaytarilgan taqdirda ishonchli boshqaruv muassisida, ishonchli
boshqaruvga berilgan mol-mulkning ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgan paytdagi
qiymati va ushbu shartnomani tugatish paytidagi qiymati oʻrtasidagi ijobiy (salbiy ) farq yuzaga
kelishidan yoki kelmasligidan qatʼi nazar, daromad (zarar) yuzaga kelmaydi.
(12-q.)
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda ushbu shaxsda
u olgan mol-mulkning
qiymati miqdoridagi daromad yuzaga keladi.
(13-q.)
Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bogʻliq
daromadlar va xarajatlar boʻyicha hamda ishonchli boshqarishdan pul mukofoti tarzida olgan
daromadlari boʻyicha, har bir ishonchli boshqaruv shartnomasi kesimida alohida-alohida hisob
yuritishi shart.
(14-q.)
Muassisning yoki naf oluvchining, shuningdek ishonchli boshqaruv shartnomasi
boʻyicha ishonchli boshqaruvchining daromadlari har bir hisobot (soliq) davrida,
bunday
shartnomada ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddatida hisob-kitoblarni amalga
oshirish nazarda tutilganligidan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, shakllantiriladi.
(15-q.)
Agar ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi yuridik shaxs boʻlsa,
ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish (shu jumladan
amortizatsiya chegirmalarini hisoblab chiqarish) bilan bogʻliq daromadlarni va xarajatlarni
ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi boʻlgan yuridik shaxsning soliq solish
maqsadida hisob siyosatidan kelib chiqqan holda aniqlashi shart. Bunda ishonchli boshqaruvchi
ishonchli boshqaruvning ushbu muassisiga soliq bazasini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha
birlamchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
(16-q.)
Ushbu moddaning (bundan ushbu moddaning ikkinchi
va uchinchi qismlari
mustasno), shuningdek ushbu Kodeks 336-moddasi ikkinchi qismining qoidalari alohida mol-
mulk majmui - pay investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni boshqaruvchi kompaniyaga va
ishonchli boshqaruv shartnomasi ishtirokchilariga (muassislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi.