boʻyicha soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan
qimmatli qogʻozlarga doir REPO operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada
belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Ushbu moddaning qoidalari tegishli fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida
vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan soliq toʻlovchi
hisobidan amalga oshirilgan soliq toʻlovchining REPO operatsiyalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(3-q.)
REPOning birinchi qismi boʻyicha va REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli
qogʻozlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq solish maqsadlarida moliyaviy natija aniqlanmaydi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchi oʻzi qabul qilgan soliq siyosatiga muvofiq soliq solish maqsadlarida
REPO operatsiyasi boʻyicha chiqib ketayotgan (qaytarilayotgan) qimmatli qogʻozlarni hisobga
olish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
(5-q.)
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi uchun
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha sotib olish narxi va REPOning birinchi qismi boʻyicha
realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) xarajatlar tarkibiga kiritiladigan jalb etilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar toʻlashga doir
xarajatlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq ijobiy boʻlsa;
2) daromadlar tarkibiga kiritiladigan, qimmatli qogʻozlar orqali berilgan qarz boʻyicha
foizlar tarzidagi daromadlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq salbiy boʻlsa.
(6-q.)
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor uchun
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish narxi va REPOning birinchi qismi boʻyicha
sotib olish narxi oʻrtasidagi farq deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) daromadlar tarkibiga kiritiladigan, joylashtirilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar tarzidagi
daromadlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq ijobiy boʻlsa.
2) xarajatlar tarkibiga kiritiladigan, qimmatli qogʻozlar orqali olingan qarz boʻyicha foizlar
tarzidagi xarajatlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq salbiy boʻlsa.
(7-q.)
Agar ushbu moddaning beshinchi va (yoki) oltinchi qismlarida nazarda tutilgan
daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentga toʻlansa va ushbu daromadlar bu
norezidentning doimiy maussasasi bilan bogʻliq boʻlmasa, bunday daromadlar ushbu
norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari jumlasiga
kiritiladi va unga REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasida toʻlov manbaida soliq solinadi.
(8-q.)
Ushbu modda maqsadlarida REPOning ikkinchi qismi boʻyicha ishtirokchilar
majburiyatlarini ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida belgilangan oʻziga xos
xususiyatlar hisobga olingan holda bajarish (tugatish) sanasi REPO operatsiyasi boʻyicha
daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasi deb hisoblanadi.
(9-q.)
REPO operatsiyalarini tuzish va bajarish bilan bogʻliq xarajatlar umumiy tartibda
hisobga olinadi.
(10-q.)
Agar REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda
REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridorda REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchiga REPO
operatsiyasining obyekti boʻlgan (kuponli toʻlov, qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatini
qisman toʻlash) qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni berish majburiyati yuzaga kelsa,
bunday toʻlovlarning summasi daromadlarni (xarajatlarni) ushbu moddaning beshinchi va oltinchi
qismlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitob qilish davomida REPOning ikkinchi qismi
boʻyicha realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritiladi. Mazkur qoida, agar repo shartnomasida
REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli
qogʻozlarni keyinchalik sotib olish chogʻida pul mablagʻlarini toʻlashga (REPOning ikkinchi
qismi boʻyicha realizatsiya qilishga (sotib olish narxlariga) doir majburiyatlarini bunday
toʻlovlarni amalga oshirish oʻrniga tegishli toʻlovlar summasiga kamaytirish nazarda tutilgan
boʻlsa, qoʻllaniladi. Agar repo shartnomasiga muvofiq, bunday toʻlovlar REPOning ikkinchi qismi
boʻyicha majburiyatlarni aniqlashda hisobga olinmasa, bu toʻlovlar summalari ushbu moddaning
beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob
qilishda realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
(11-q.)
Agar repo shartnomasida REPO operatsiyasi obyekti boʻlgan qimmatli qogʻozlarning
narxi oʻzgargan taqdirda, REPO ishtirokchilari oʻrtasida REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini
bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda hisob-kitoblarni (pul mablagʻlarini oʻtkazish va (yoki)
qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish) amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday oʻtkazmalarning
summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan
daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya
qilish (sotib olish) narxiga kiritiladi. Mazkur qoida, agar repo shartnomasida hisob-kitoblarni
amalga oshirishda sotuvchining REPOning birinchi qismi boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlashga
doir majburiyatlarini REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni keyinchalik sotib
olishdagi oʻtkazmalar summasiga kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllaniladi. Agar repo
shartnomasiga muvofiq pul mablagʻlarini va (yoki) qimmatli qogʻozlarni bunday olish (oʻtkazish)
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni aniqlash chogʻida hisobga olinmasa, bunday
oʻtkazmalarning summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq
aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha
realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
(12-q.)
Agar REPO operatsiyasi norezident (REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi) va
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (REPOning birinchi qismi
boʻyicha xaridor) oʻrtasida amalga oshirilgan boʻlsa va REPO operatsiyasining obyekti boʻlgan
aksiyalar (dividendlar olish huquqini beruvchi depozitar qaydlar) boʻyicha REPOning birinchi va
ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda dividendlar toʻlangan boʻlsa (dividendlar
olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati tuziladi), REPOning birinchi qismi boʻyicha
xaridor dividendlarni toʻlash manbaida qaysi dividendlar boʻyicha soliq agenti soliqni ushlab
qolmagan boʻlsa yoki soliq mazkur norezident uchun dividendlar tarzidagi daromadlardan
hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam summada ushlab qolingan boʻlsa, oʻsha dividendlar
tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
(13-q.)
Agar repo shartnomasida REPO operatsiyasining birinchi qismi boʻyicha berilgan
qimmatli qogʻozlarni ushbu Kodeksning 52-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa qimmatli
qogʻozlar bilan almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa, bunday almashtirish chogʻida
soliq solish tartibi oʻzgarmaydi.
(14-q.)
Soliq solish maqsadlarida lozim darajada bajarish chogʻida qimmatli qogʻozlarni
REPOning ham birinchi, ham ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilishning haqiqatdagi narxi,
ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
(15-q.)
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan taqdirda bunday REPO
operatsiyasi boʻyicha soliq bazasi ushbu operatsiya ishtirokchilari tomonidan quyidagi tartibda
aniqlanadi:
1) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi REPOning ikkinchi qismi bajarilganligini
soliq solish maqsadlarida eʼtirof etadi. Bir vaqtning oʻzida u REPOning ikkinchi qismi boʻyicha
qaytarib sotib olinmagan qimmatli qogʻozlarning REPO operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni
repo shartnomasi orqali yoki REPO operatsiyasi taraflarining boshqa bitimi orqali tugatish
maqsadlari uchun aniqlanadigan narxdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinganligini eʼtirof
etadi va bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini ushbu Kodeksda belgilangan soliq
solish maqsadlari uchun aniqlashga doir talablarni hisobga oladi. Qimmatli qogʻozlarni
realizatsiya qilishni bunday eʼtirof etish shartnoma shartlariga muvofiq REPOning ikkinchi
qismini bajarish sanasida yoxud oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish doirasida qimmatli
qogʻozning oldi-sotdisi sanasida amalga oshiriladi;
2) REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor REPOning ikkinchi qismi bajarilganligini
soliq solish maqsadlarida eʼtirof etadi. Bir vaqtning oʻzida u REPOning ikkinchi qismi boʻyicha
sotilmagan qimmatli qogʻozlarning REPO operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni repo
shartnomasi orqali yoki REPO operatsiyasi taraflarining boshqa bitimi orqali tugatish maqsadlari
uchun aniqlanadigan narxdan kelib chiqqan holda sotib olinganligini eʼtirof etadi va bunda ushbu
qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini ushbu Kodeksda belgilangan soliq solish maqsadlari
uchun aniqlashga doir talablarni hisobga oladi. Qimmatli qogʻozlarni olishni bunday eʼtirof etish
shartnoma shartlariga muvofiq REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida yoxud oʻzaro hisob-
kitoblarni amalga oshirish doirasida qimmatli qogʻozning oldi-sotdisi sanasida amalga oshiriladi.
(16-q.)
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha qisqa pozitsiyalarni ochishda soliq bazasini aniqlash
tartibining oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organi
bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |