327-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar
boʻyicha soliq bazasini aniqlashning
oʻziga xos xususiyatlari
(1-q.)
Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda
chiqib ketishidan (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplashdan)
olingan daromadlari qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib
ketish narxidan, shuningdek soliq toʻlovchiga xaridor tomonidan toʻlangan, jamlangan foizli
(kuponli) daromadning summasidan va soliq toʻlovchiga emitent (veksel beruvchi) tomonidan
toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bunda soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda
chiqib ketishidan olgan daromadiga ilgari soliq solishda hisobga olingan foizli (kuponli) daromad
summasi kiritilmaydi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan payli investitsiya fondining
investitsiya paylarini realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi (shu
jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplash) chogʻidagi xarajatlari
qimmatli qogʻozni sotib olish narxidan (shu jumladan uni sotib olish xarajatlaridan), uni
realizatsiya qilish xarajatlaridan, investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan qiymatidan
ajratilgan siylovlar miqdoridan, qimmatli qogʻozlarni sotuvchiga soliq toʻlovchi tomonidan
toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda
ilgari soliq solishda hisobga olingan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasi xarajatga
kiritilmaydi.
(3-q.)
Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qogʻozlar quyidagi hollarda ham realizatsiya
qilingan (sotib olingan) deb eʼtirof etiladi:
1) soliq toʻlovchining tegishli qimmatli qogʻozlarni bir turdagi muqobil talablarni hisobga
oʻtkazish orqali berishga (qabul qilishga) doir majburiyatlari tugatilganda, shu jumladan bunday
majburiyatlar qonunchilikka muvofiq kliringni amalga oshirishda tugatilgan taqdirda;
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) uyushtirilgan savdolar qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan
shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablar hisobga oʻtkazilganda, agar bunday hisobga
olish netto-majburiyatlarning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa.
(4-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitimlar amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli
qogʻozga doir tegishli bitim tuzilgan savdolar oʻtkazilgan sana bitim amalga oshirilgan sana deb
eʼtirof etiladi.
(5-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitim qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozoridan tashqarida amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha jiddiy
shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni amalga oshirish sanasi deb eʼtirof etiladi.
(6-q.)
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish chogʻida
olingan aksiyalarni realizatsiya qiluvchi aksiyador boʻlgan soliq toʻlovchi daromadni aksiyalarni
realizatsiya qilish narxi va aksiyalarning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish natijasida
aksiyalarning soni oʻzgarishi hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan, dastlab toʻlangan qiymati
oʻrtasidagi farq sifatida aniqlaydi.
(7-q.)
Soliq toʻlovchi soliq solish maqsadlarida qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq,
qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi chogʻida
chiqib ketgan qimmatli qogʻozlarning qiymatini xarajatlarga oʻtkazishning quyidagi usullaridan
birini mustaqil ravishda tanlaydi:
1) sotib olish vaqtiga koʻra birinchi boʻlgan qiymat boʻyicha (FIFO);
2) birlikning qiymati boʻyicha.
(8-q.)
Ushbu modda maqsadlarida toʻlovi qimmatli qogʻozni chiqarish shartlarida nazarda
tutilgan, qimmatli qogʻozni chiqarish sanasidan yoki keyingi kuponli daromadni toʻlash sanasidan
qimmatli qogʻozni berish sanasiga qadar oʻtgan kalendar kunlar soniga mutanosib ravishda hisob-
kitob qilinadigan foizli (kuponli) daromadning bir qismi jamgʻarilgan foizli (kuponli) daromad
deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchilar
tomonidan alohida aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha soliq bazasini qimmatli
qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar operatsiyalari
boʻyicha soliq bazasidan alohida aniqlaydi.
(10-q.)
Oʻtgan soliq davrlari davomida qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha
zarar (zararlar) koʻrgan soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha joriy
hisobot (soliq) davrida olingan tegishli soliq bazasini ushbu Kodeksning 336-moddasida
belgilangan tartibda va shartlarda kamaytirishga (ushbu zararlarni kelgusiga oʻtkazishga) haqli.
(11-q.)
Oʻtgan soliq davrlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada
boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan zararlar hisobot (soliq) davrida
belgilangan ushbu qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarning soliq bazasini kamaytirishi
mumkin.
(12-q.)
Oʻtgan soliq davrlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada
boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan zararlar ushbu toifadagi qimmatli
qogʻozlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida soliq bazasini
kamaytirishi mumkin.
(13-q.)
Tegishli hisobot davrida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada
boʻlgan hamda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli
qogʻozlar operatsiyalaridan koʻrilgan zararlarni soliq davri mobaynida kelgusiga koʻchirish
qimmatli qogʻozlarning koʻrsatilgan toifalari boʻyicha tegishincha bunday qimmatli qogʻozlarga
doir operatsiyalardan koʻrilgan foyda doirasida alohida-alohida amalga oshiriladi.
(14-q.)
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli
qogʻozlarga doir operatsiyalardan olingan daromadlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida
muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha qilingan xarajatlarga
yoki koʻrilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas.
(15-q.)
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli
qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha olingan daromadlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha qilingan
xarajatlarga yoki koʻrilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas.
(16-q.)
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozning bozor kotirovkasi deb quyidagilar
eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasida savdo tashkilotchisining savdolariga (shu jumladan birjaga)
qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar uchun - bunday savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni mobaynida
amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha qimmatli qogʻozning oʻrtacha tortilgan narxi;
2) chet el savdo tashkilotchisining savdolariga (jumladan birjaga) qoʻyilgan qimmatli
qogʻozlar uchun - bunday savdo tashkilotchisi tomonidan savdo kuni mobaynida oʻzi orqali
amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob qilinadigan qimmatli qogʻozning yopilish narxi.
(17-q.)
Agar ayni bir qimmatli qogʻoz boʻyicha bitim ikki yoki undan ortiq savdo
tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi savdo tashkilotchilarining birida
yuzaga kelgan bozor kotirovkasini mustaqil tanlashga haqli.
(18-q.)
Agar oʻrtacha tortilgan narx savdo tashkilotchisi tomonidan hisob-kitob qilinmasa,
ushbu modda maqsadlarida bu savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni davomida amalga oshirilgan
bitimlarning eng past hamda eng yuqori narxlari yigʻindisining yarmi oʻrtacha tortilgan narx deb
eʼtirof etiladi.
(19-q.)
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan savdo tashkilotchisi orqali bitim
amalga oshirilgan taqdirda:
1) qimmatli qogʻozga doir tegishli bitim amalga oshirilgan savdolar oʻtkazilgan sana bitim
tuzilgan sana deb eʼtirof etiladi;
2) soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozni haqiqatda realizatsiya qilish (sotib olish)
yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi eʼtirof etiladi.
(20-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitim qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozoridan tashqarida (savdo tashkilotining ishtirokisiz) amalga oshirilgan taqdirda:
1) qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi
bitimni amalga oshirish sanasi deb eʼtirof etiladi;
2) agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish
maqsadlarida quyidagi shartlarning hech boʻlmaganda bittasiga rioya etilganda, qimmatli qogʻozni
haqiqatda realizatsiya qilish (sotib olish) yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi bozor narxi
deb eʼtirof etiladi:
agar bitim amalga oshirilgan kuni qimmatli qogʻozga nisbatan bittadan koʻp bitim roʻyxatga
olingan boʻlsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, basharti bu narx bitimni amalga oshirish
sanasida savdo tashkilotchisi (tashkilotchilari) tomonidan ushbu sanada roʻyxatga olingan mazkur
qimmatli qogʻozga doir bitimlarning eng yuqori va eng past narxlari oʻrtasidagi oraliqda (narxlar
oraligʻida) boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi;
agar bitim amalga oshirilgan sanada qimmatli qogʻozga doir bitta bitim roʻyxatga olingan
boʻlsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu narx koʻrsatilgan qimmatli qogʻoz
bilan bozor narxi belgilanayotgan bitimni amalga oshirish sanasidagi boshqa bir bitimning narxiga
muvofiq boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi;
3) ushbu qismning 2-bandini qoʻllash maqsadlarida:
savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi
(bitta bitimning narxi) manzilsiz buyurtmalar asosida amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha
aniqlanadi;
savdo tashkilotchilarida bitimni amalga oshirish sanasidagi narxlar oraligʻi (bitta bitimning
narxi) toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda, ushbu band maqsadlari uchun savdo
tashkilotchilarining tegishli bitim amalga oshirilgan kunga qadar boʻlib oʻtgan eng yaqin savdolar
sanasidagi maʼlumotlariga koʻra ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish chogʻidagi oraliq
narx (bitta bitimning narxi), agar ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha savdolar savdo
tashkilotchisida bitim amalga oshirilgan sanadan keyingi ketma-ketlikdagi uch oy ichida loaqal bir
marta oʻtkazilgan boʻlsa, qabul qilinadi;
agar ayni bir qimmatli qogʻoz boʻyicha bitimlar koʻrsatilgan sanada ikki va undan ortiq
savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, agar ushbu bandda boshqacha qoida
belgilanmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida qimmatli
qogʻozning narxini aniqlash uchun foydalanadigan narxlar oraligʻining (bitta bitim narxining)
qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Bunda, agar ushbu moddada koʻrsatilgan savdo
tashkilotchilaridan ayrimlarida ushbu qimmatli qogʻozga doir bittadan ortiq bitim roʻyxatga
olingan boʻlsa, boshqa savdo tashkilotchilarida esa ushbu qimmatli qogʻozga doir faqat bitta bitim
roʻyxatga olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi ushbu qimmatli qogʻozga doir bittadan ortiq bitim
roʻyxatga olingan savdo tashkilotchilari orasidan savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida
qimmatli qogʻozning narxini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar oraligʻining (bitta bitim
narxining) qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
(21-q.)
Muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularni joylashtirish chogʻida
sotib olingan taqdirda, shuningdek ushbu qimmatli qogʻozlar joylashtirilgandan keyin doirasi
cheklanmagan shaxslarga birinchi bor taklif qilinganda, shu jumladan ushbu qimmatli qogʻozlarni
taklif etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan brokerdan sotib olinganda bunday qimmatli
qogʻozlarning haqiqiy narxi bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul
qilinadi.
(22-q.)
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozoridagi bitimlarning eng past narxidan past narx boʻyicha realizatsiya qilingan taqdirda
moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi bitimning eng past
narxi qabul qilinadi.
(23-q.)
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozoridagi bitimlarning eng yuqori narxidan yuqori narx boʻyicha sotib olingan taqdirda,
moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi eng yuqori narxi qabul
qilinadi.
(24-q.)
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida yagona bitim amalga oshirilgan
taqdirda, bunday bitimning narxi eng yuqori (eng past) narx deb eʼtirof etiladi.
(25-q.)
Ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya paylariga doir
operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi
mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyadan sotib olingan (toʻlangan)
taqdirda, bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda
belgilangan tartibda investitsiya payining hisob-kitob qiymatiga teng boʻlsa, bozor narxi deb
eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadida qabul qilinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
(26-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimning haqiqiy narxi, agar
ushbu bandda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qimmatli qogʻozning hisob-kitob
qilingan narxi va narxning cheklangan tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng
yuqori va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda turgan boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq
solish maqsadlari uchun qabul qilinadi.
(27-q.)
Ushbu modda maqsadlari uchun muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar
narxining cheklangan tarzda chetga chiqishi, ushbu qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan
narxidan 20 foiz miqdorda koʻpayishidan yoki kamayishidan kelib chiqib belgilanadi.
(28-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻoz hisob-kitob qilingan narxidan kelib chiqqan
holda belgilangan eng kam narxidan va narxlarning chegaraviy tarzda chetga chiqishidan kelib
chiqib hisoblangan narxidan past narxda realizatsiya qilingan taqdirda, moliyaviy natijani
aniqlashda qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy
oʻzgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng past narx qabul qilinadi.
(29-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob
qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy oʻzgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng
yuqori narx boʻyicha sotib olingan taqdirda, soliq solish maqsadlarida moliyaviy natijani
aniqlashda qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy chetga
chiqishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx qabul qilinadi.
(30-q.)
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada
boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob narxini belgilash tartibi qimmatli qogʻozlar bozori
boʻyicha vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan
holda belgilanadi.
(31-q.)
Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida
muomalada boʻlmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular ochiq
payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi
boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan (toʻlangan) taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi
investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya
payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning
haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(32-q.)
Yopiq va oraliq payli investitsiya fondlarining muomalada boʻlmagan investitsiya
paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil
etuvchi mol-mulk ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib
olingan taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda
belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng boʻlsa,
soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism)
(33-q.)
Agar investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq payli investitsiya
fondlarining muomalasi cheklangan investitsiya paylarini berish, toʻlash yoki ayirboshlash
investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati boʻyicha amalga oshirilmasa, agar bitimning
haqiqiy bahosi bitta investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish
qoidalariga muvofiq, tebranishlarning eng koʻp chegarasi hisobga olinmagan holda aniqlangan pul
mablagʻlarining summasiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy narxi qabul
qilinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(34-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob qilingan narxi qimmatli
qogʻozni oʻtkazishning barcha muhim shartlarini belgilovchi shartnoma sanasida aniqlanadi.
(35-q.)
Soliq solish maqsadlari uchun muomalada boʻlmagan investitsiya paylarining hisob-
kitob qilingan narxi bitimni tuzish sanasiga eng yaqin boʻlgan, investitsiya payining hisob-kitob
qilingan qiymati aniqlanadigan sanadan oldingi sanada aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |