Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Nazorat qilinadigan chet el



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyalarining foydasiga soliq 
solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) deb mazkur 
kompaniyaning ushbu moddada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan 
aniqlangan foydasining (zararining) miqdori eʼtirof etiladi: 
1) kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan 
mazkur kompaniyaning yillik moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha. Bunday holda nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyasining soliq solinguniga qadar boʻlgan foydasining (zararining) 
miqdori ushbu kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi band) 


2) ushbu boʻlimda soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qoidalar 
boʻyicha. 
(2-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda 
birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda 
amalga oshiriladi: 
1) ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining doimiy turgan joyi soliq solish 
masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan chet 
davlat boʻlsa, bundan soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan axborot almashishni 
taʼminlamaydigan davlatlar (hududlar) mustasno;
2) moliyaviy hisobotga nisbatan salbiy fikrlar mavjud boʻlmagan yoki fikrlarni ifodalash rad 
etilmagan auditorlik xulosasi taqdim etilgan boʻlsa. 
(3-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda 
birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi: 
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash maqsadida 
bunday kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan 
konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotdan foydalaniladi.
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatda bunday 
qonunchilik mavjud boʻlmasa, foyda (zarar) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga 
yoxud moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro jihatdan eʼtirof etilgan, qimmatli qogʻozlarni 
savdolarga qoʻyishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun chet el moliyaviy 
vositachilari roʻyxatiga kiritilgan chet el fond birjalari hamda chet el depozitar-kliring tashkilotlari 
tomonidan qabul qilinadigan standartlariga muvofiq aniqlanadi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning 
qonunchiligiga muvofiq ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti majburiy auditdan oʻtkazilishi 
shart boʻlmasa, ushbu Kodeks maqsadlarida foydani (zararni) aniqlash auditi auditning xalqaro 
standartlariga muvofiq oʻtkazilgan moliyaviy hisobot asosida amalga oshiriladi. Ushbu bandda 
belgilangan shartlarga rioya etish ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandini qoʻllash maqsadlari 
uchun talab etilmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(4-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda, 
shuningdek nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining tanloviga koʻra, nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyasining foydasi (zarari) ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq 
aniqlanadi, bundan ushbu moddaning oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi - oʻn birinchi qismlarida 
belgilangan qoidalar mustasno. 
(5-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash tartibi 
ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha 
qoʻllanilsa, bunday tartib tegishli nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan bu tartibni 
qoʻllash boshlangan sanadan eʼtiboran kamida besh soliq davri ichida qoʻllanilishi lozim va bu 
hisob siyosatida nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchiga soliq solish maqsadlari uchun 
mustahkamlab qoʻyilgan boʻlishi kerak. 
(6-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu kompaniyaning moliyaviy 
hisoboti maʼlumotlari boʻyicha aniqlangan va chet el valyutasida ifodalangan, ushbu Kodeksning 
208-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga olinadigan dividendlarning 
(taqsimlangan foydaning) miqdoriga kamaytirilgan foydasi (zarari) chet el valyutasining yillik 
moliyaviy hisobot tuziladigan davr uchun aniqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 


banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan oʻrtacha kursi qoʻllanilgan holda milliy 
valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim. 
(7-q.)
Nazorat qilinadigan har bir chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi 
kompaniyaning tegishli davr (davrlar) uchun tuzilgan, uning moliyaviy va soliq hisobotlari ilova 
qilingan moliyaviy hisoboti bilan hujjatlar asosida tasdiqlangan boʻlishi kerak. 
(8-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi ushbu 
modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq aniqlangan taqdirda, nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyasi foydasining (zararining) summasi chet el tashkiloti doimiy turgan davlatning 
(hududning) rasmiy valyutasida aniqlanadi hamda u chet el valyutasining nazorat qilinadigan chet 
el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi aniqlanadigan kalendar yil uchun aniqlanadigan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan 
oʻrtacha kursi qoʻllanilgan holda milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim. Nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi foydaning summasini aniqlash 
imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bunday hujjatlar, xususan, nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyasining hisob-kitob varaqlaridan koʻchirmalar, amalga oshirilgan 
operatsiyalarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlardan iborat boʻlishi mumkin. 
(9-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlashda ushbu 
kompaniyaning yillik moliyaviy hisobotida aks ettirilgan quyidagi daromadlari (xarajatlari) 
hisobga olinmaydi: 
1) kompaniyaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning 
paychilik fondlaridagi paylarini va paychilik investitsiya fondlaridagi paylarni, qimmatli 
qogʻozlarni, hosila moliyaviy vositalarni moliyaviy hisobotni tuzishda qoʻllaniladigan 
standartlarga muvofiq haqiqiy qiymati boʻyicha qayta baholash summalari tarzidagi; 
2) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning 
qonunchiligiga (ushbu kompaniyaning moliyaviy hisobotini tuzish maqsadlari uchun hisob 
siyosatiga) muvofiq moliyaviy hisobotda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof 
etilgan shoʻba (birlashgan) tashkilotlar foydasining (zararining) summalari tarzidagi; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
3) rezervlarni shakllantirishga sarflangan xarajatlarning va rezervlarni tiklashdan koʻrilgan 
zararlarning summalari tarzidagi. Bunda nazorat qilinadigan kompaniyaning foydasi ilgari 
shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiradigan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Agar 
nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning 
qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisoboti maʼlumotlariga koʻra zarar aniqlansa, 
ilgari shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiruvchi xarajatlar bunday zararning summasini 
koʻpaytiradi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(10-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash chogʻida 
ilgari shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiruvchi xarajatlar summasini hisobga olishning 
ushbu modda toʻqqizinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibi, agar nazorat qilinadigan chet 
el kompaniyasining moliyaviy hisobotida ilgari shakllantirilgan rezervlarni kamaytiruvchi 
xarajatlar summasi ochib berilgan boʻlsa yoki bunday xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, 
qoʻllaniladi. 
(11-q.)
Kompaniyaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari, kooperativlarning 
paychilik fondlaridagi paylari va paychilik investitsiya fondlarining paylari, qimmatli qogʻozlar, 
hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, 
nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining, ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq, 
aniqlangan foydasiga (zarariga) ularni qayta baholash summalari (agar bunday qayta baholash 


amalga oshirilgan boʻlsa), shu jumladan ularning qadrsizlanishidan koʻrilgan zararning summasi 
miqdorida tuzatish kiritiladi. 
(12-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yillik moliyaviy hisobotlarining 
maʼlumotlariga koʻra zarar aniqlansa, agar ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida boshqacha 
qoida belgilanmagan boʻlsa, u kelgusi davrlarga cheklovlarsiz taqsimlab oʻtkazilishi va ushbu 
kompaniyaning soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi mumkin. 
(13-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu moddaning birinchi qismida 
belgilangan usullardan biri yordamida aniqlangan zarari, agar nazorat qiladigan shaxs boʻlgan 
soliq toʻlovchi mazkur zarar olingan davr uchun nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi 
toʻgʻrisidagi bildirish xatini taqdim etmasa, kelgusi davrlarga taqsimlab oʻtkazilishi mumkin emas. 
(14-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasi nazorat qilinadigan har bir 
chet el kompaniyasiga nisbatan alohida-alohida aniqlanadi.
(15-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasini aniqlashda hisobga 
olinadigan daromadlari oʻziga nisbatan oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilishi 
munosabati bilan soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻliqligini tekshirish oʻtkazilgan 
soliq toʻlovchi bilan nazorat qilinadigan bitim tuzilishi natijasida olingan boʻlsa hamda mazkur 
tekshiruv natijalari yuzasidan qabul qilingan, kuchga kirgan qarorga muvofiq bitim narxiga soliqni 
qoʻshimcha hisoblash maqsadida tuzatish kiritilgan boʻlsa, nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyasining tegishli daromadlari soliq bazasini belgilash maqsadida mazkur tuzatishni 
hisobga olgan holda aniqlanadi. 
(16-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi tomonidan shu nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyasining yoxud uning oʻzaro bogʻliq shaxsining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof 
etiladigan yuridik shaxsning foydasiga qimmatli qogʻozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu 
jumladan ulushlarni, paylarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, shuningdek nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyasining qimmatli qogʻozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu 
jumladan ulushlarni, paylarni) sotib olish narxi tarzidagi xarajatlari, basharti qimmatli qogʻozlarni 
va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) realizatsiya qilish narxi ularning, 
nazorat qilinadigan kompaniyaning hisobga olish maʼlumotlariga koʻra, mulk huquqi mazkur 
qogʻozlarga va (yoki) mulkiy huquqlarga (shu jumladan ulushlarga, paylarga) oʻtgan sanadagi 
hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan kelib chiqqan holda, biroq mazkur qimmatli qogʻozlarning 
va (yoki) mulkiy huquqlarning (shu jumladan ulushlarning, paylarning) mulk huquqi oʻtgan 
sanadagi bozor qiymatidan oshmagan, hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan kelib chiqqan holda 
aniqlangan boʻlsa, nazorat qilinadigan kompaniyaning foydasidan (zararidan) chiqarib tashlanadi. 
(17-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tegishli davrdagi foydasiga nisbatan 
hisoblab chiqarilgan soliq summasi nazorat qiluvchi shaxsning ishtiroki ulushiga mutanosib 
ravishda chet davlatlar qonunchiligiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga 
muvofiq shu foydaga nisbatan hisoblab chiqarilgan soliqning (shu jumladan daromadni toʻlash 
manbaida ushlab qolinadigan daromad soligʻining), shuningdek shu nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyasining Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi foydasiga nisbatan hisoblab 
chiqariladigan foyda soligʻining miqdoriga nisbatan kamaytiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(18-q.)
Chet davlatning qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasi 
hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasining davlat (hudud) bilan soliq solish 
masalalariga doir xalqaro shartnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu summa chet davlatning 


soliqlar sohasida nazorat qilish va tekshirishga vakolatli organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish