O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MSTAQIL ISH
BXA 54-2 GURUX TALABASI JUMABOYEV XURSANDBK MADIYOROVICH
TOSHKENT-2022
15-variant
Talaba: Jumaboyev Xursandbek
Guruh: BHA 54-2
1-TOPSHIRIQ
Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish.
Nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo’ljallangan bo’lib, mulkchilik huquqiga ega bo’lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi subyekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo’lib, bir qancha turlarga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta’riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko’rinishiga, material-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo’lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi.
2. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi ijobiy omillarni aytib bering.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko’lami, yo’nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog’liqdir.
Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti to’g’risida quyidagilarni ta’kidlab o’tadilar: «Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o’sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega». Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi.
Investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o’zida aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
Respublikada siyosiy-iqtisodiy sharoitning mavjudligi, ya’ni qulay investitsiya muhitining yaratilishi va xorijiy kapitalni qabul qilish tizimining samarali bo’lishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zaruriy shartidir. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo’lib, birinchi navbatda, kapital mablag’larning daromadliligini ta’minlab beradi.
3. Xorijiy investitsiyalar deganda nimani tushunasiz va ularni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati qanday?
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad shartnoma ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo’lishga, boshqarish tajribasini egallashga, sotish bozorlarini o’rganishga, tashkiliy bilimlarni egallash va boshqalarni o’zlashtirishga qaratiladi. Bunda eng muhimi jahon bozoriga o’z mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi bo’lishdir.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqib kelishini rag’batlantirish, mamlakat qonunchiligini takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanishning uzoq muddatli maqsadli dasturiga muvofiq amalga oshirilishini talab etadi. to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga jalb etish va O’zbekiston mintaqalarida xususiy sektorni yuksaltirish, ayniqsa qishloq hududlarida qo’shma korxona tashkil qilish yo’nalishlarida amalga oshirilishi bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biridir.
Ma’lumki, jahondagi biron-bir davlat xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisholgan emas. Shuning uchun ham bu ish bizning iqtisodiy siyosatimiz ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Biz bu siyosatni quyidagi tamoyillar asosida qurmoqdamiz:
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
Respublika iqtisodiyotiga kapital mablag’larni jalb etishni ta’minlovchi huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish;
jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni etkazib beruvchi hamda xalq xo’jaligining zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko’maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish;
mablag’larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan bog’liq eng muhim ustuvor yo’nalishlarga sarflash.
4. Real investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari.
Real investitsiya-asosiy kapitalga, nomoddiy aktivlarga hamda joriy aktivlarni qo’shimcha o’sishiga qo’yilmalardir Real investitsiyalar quyidagi maqsadlar uchun yoʼnaltiriladi,
ishlab chiqarishni kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilash uchun;
yangi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar hamda mahsulot turlariga;
ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun.
Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamg’arish, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
5. Investitsiyaning obyekti va subyektlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |