O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


 - modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

460 - modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan 
bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 


419 
Dehqon xo’jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va 
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob - kitobi suvdan 
foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar 
tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi: 
yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo’jaligi korxonalari bundan mustasno) — 
yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; 
yagona er solig’ini to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan 
— joriy soliq davrining 15 dekabrigacha; 
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash to’g’risidagi to’lov 
xabarnomasi dehqon xo’jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq 
davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi. 
461 - modda. Soliq to’lash tartibi 
 
Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar, qishloq xo’jaligi korxonalari, 
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlarni to’laydilar. 
Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq 
davrining 25 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgan kundan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki 
suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq 
solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda 
hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga 
kelgan soliq to’lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi 
to’g’risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 
o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar. 
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy 
to’lovlar quyidagicha to’lanadi: 
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam 
ish haqining yuz baravaridan ko’pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan 
(oborotdan soliq to’lovchilar bundan mustasno) — har oyning 25 - kunidan 
kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining o’n 
ikkidan bir qismi miqdorida; 
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam 
ish haqining yuz baravaridan kamni tashkil etadigan oborotdan soliq to’lovchilar 


420 
jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek yagona soliq to’lovini 
to’lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — yilning har choragi 
uchinchi oyining 25 - kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdorida. 
Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq solinadigan baza o’zgargan 
taqdirda, soliq to’lovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi 
to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq 
davrining qolgan qismi uchun joriy to’lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. 
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash joriy 
to’lovlar hisobga olingan holda soliq to’lovchilar tomonidan, suvdan foydalanish 
yoki suv iste’moli joyida, hisob - kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay 
amalga oshiriladi, bundan dehqon xo’jaliklari mustasno. 
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy 
to’lovlar summasi hisob - kitobga ko’ra byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq 
summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq 
xizmati organi joriy to’lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning 
haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab 
chiqadi. 
Dehqon xo’jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
to’lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga 
oshiriladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish