O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

455 - modda. Soliq solinadigan baza 
 
Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir. 
456 - modda. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
 
Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan 
foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv 
o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. 
Suvdan o’lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv 
ob’ektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya 
normalaridan, ekinlar hamda dov - daraxtlarni sug’orish normalaridan yoki 


417 
ma’lumotlarning to’g’riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
Soliq to’lovchilar er usti va er osti manbalaridan olib foydalanilgan suv 
resurslari hajmlarining alohida - alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining er usti 
va er osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog’idagi suvdan 
foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo’yicha 
alohida - alohida aniqlanadi. Suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod 
tarmog’iga suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan keladigan suv 
hajmlarining nisbati to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga 
joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati 
organlari besh kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to’lovchilar e’tiboriga etkazishi 
lozim. 
Soliq to’lovchi issiq suv hamda bug’ hosil qilinishi bo’yicha soliq solinadigan 
bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o’zi foydalangan suv resurslari 
hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan 
baza suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi 
tomonidan aniqlanadi. 
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi 
yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani 
mustaqil ravishda aniqlaydi. 
Soliq to’lovchilar yuridik shaxslar bilan suv etkazib berilishi yuzasidan 
solishtirib ko’rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi 
farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob - kitoblarda aks ettiradi. 
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash - qurilish va boshqa ishlarni 
bajaruvchi soliq to’lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv 
uchun 
suv 
resurslaridan 
foydalanganlik 
uchun 
soliq 
to’lamaydi. 
Ta’mirlash - qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi 
uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo’lsa, o’sha yuridik 
shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’laydi. Qurilish ishlari yangi 
qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun 
qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’laydi. 
Yagona er solig’i to’lovchilari bo’lmagan qishloq xo’jaligi korxonalari soliq 
solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug’oriladigan erlarni sug’orish uchun 
sarflanadigan suvning butun xo’jalik bo’yicha o’rtacha hajmidan kelib chiqqan 
holda aniqlaydi. 
Dehqon xo’jaliklari uchun soliq solinadigan baza ushbu moddaning 
to’qqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan aniqlanadi. 
Faoliyat turlari bo’yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchi 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash nazarda tutilmagan faoliyat 
turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq 
solinmaydigan suv resurslarining hajmi hisobini alohida - alohida yuritish asosida 
aniqlanadi. Alohida - alohida hisob yuritish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, soliq 


418 
solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to’lash nazarda tutilgan sof tushumning 
solishtirma salmog’idan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish