O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

152-modda. Guvohning ishtiroki 
 
Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holat o’ziga 
ma’lum bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday voyaga etgan jismoniy shaxs 
ko’rsatuvlar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. 
Guvohning ko’rsatuvlari bayonnomaga kiritiladi. 
Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etishi mumkin emas: 
1)
o’zining jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari sababli soliq nazoratini amalga 
oshirish uchun ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni to’g’ri idrok etishga qodir 
bo’lmagan shaxslar;
2)
o’z kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini 
o’tkazish uchun zarur bo’lgan va ushbu shaxslarning kasbiy siriga taalluqli bo’lgan 
axborotni olgan shaxslar. Bunday shaxslar jumlasiga, xususan, advokat, auditor, 
soliq maslahatchisi kiradi. 
Jismoniy shaxs ko’rsatuvlar berishdan bosh tortishga faqat O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra haqli. 
Guvohning ko’rsatuvlari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq 
organiga kela olmasa, soliq organi mansabdor shaxsining ixtiyoriga ko’ra esa boshqa 
hollarda ham u turgan joy bo’yicha olinishi mumkin. 
Ko’rsatuvlar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni 
ko’rsatuvlar berishni rad etganlik yoki ko’rsatuvni berishdan bosh tortganlik yoxud 
bila turib yolg’on ko’rsatuvlar berganlik uchun javobgarlik to’g’risida ogohlantiradi, 
bu haqda bayonnomaga guvohning imzosi bilan tasdiqlanadigan belgi kiritiladi. 
Soliq organiga guvohlar sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga 
kelganligi sababli ishda bo’lmagan vaqt uchun asosiy ish joyi bo’yicha oylik ish 
haqi saqlanib qoladi. 
153-modda. Ekspertiza 
Zarur hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir aniq harakatlarni 
o’tkazishda, shu jumladan sayyor soliq tekshiruvlarini o’tkazishda ishtirok etish 
uchun ekspert jalb etilishi mumkin. 


153 
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish soliq organi va ekspert o’rtasidagi shartnoma 
asosida amalga oshiriladi. 
Yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun ilm-fan, san’at, texnika yoki 
hunarmandchilik bo’yicha maxsus bilimlar talab etilgan taqdirda ekspertiza 
tayinlanadi. Soliq organining soliq nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor 
shaxsida bunday bilimlarning mavjudligi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod 
etmaydi.
Ekspert oldida qo’yilgan masalalar va uning xulosasi ekspertning maxsus 
bilimlari doirasidan chiqishi mumkin emas. 
Ekspertiza tayinlash to’g’risidagi qaror sayyor soliq tekshiruvini o’tkazayotgan 
mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida soliq organining rahbari tomonidan 
qabul qilinadi. 
Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza o’tkazishi kerak 
bo’lgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi va
ekspertning ixtiyoriga beriladigan materiallar ko’rsatiladi. Ekspert ekspertiza 
predmetiga taalluqli tekshiruv materiallari bilan tanishishga, o’ziga qo’shimcha 
materiallar taqdim etilishi to’g’risida iltimosnomalar berishga haqli. 
Ekspert xulosani o’z nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida o’zi 
o’tkazgan tekshirishlar, shu tekshirishlar asosida qilingan xulosalar hamda o’rtaga 
qo’yilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi. 
Agar ekspertga berilgan materiallar etarli bo’lmasa yoki u ekspertiza o’tkazish 
uchun zarur bilimlarga ega bo’lmasa, ekspert xulosa berishni rad etishi mumkin. 
Soliq organining soliq auditini o’tkazayotgan mansabdor shaxslari 
tekshirilayotgan shaxsni ekspertiza tayinlanganligi to’g’risidagi qaror bilan 
tanishtirishi va uning ushbu moddaning o’ninchi qismida nazarda tutilgan 
huquqlarini tushuntirishi shart bo’lib, bu haqda bayonnoma tuziladi. 
Ekspertiza tayinlash va o’tkazish chog’ida tekshirilayotgan shaxs: 
1)
ekspertni rad etish; 
2)
ekspertni o’zi ko’rsatgan shaxslar orasidan tayinlash to’g’risida iltimos 
qilish; 
3)
qo’shimcha savollarni ular yuzasidan ekspert xulosasini olish uchun taqdim 
etish; 
4)
ekspertiza o’tkazish chog’ida soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati 
bilan hozir bo’lish va ekspertga tushuntirishlar berish; 
5)
ekspert xulosasi bilan tanishish; 
6)
ekspertning xulosasi yuzasidan asoslantirilgan fikr taqdim etish huquqiga 
ega. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish