O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazoratiga doir



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazoratiga doir 
choralarning huquqiy oqibatlari 
 
159-modda. Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish 
 
Soliq auditi natijalariga ko’ra soliq organlarining ushbu tekshiruvni o’tkazgan
vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilishi 
kerak. 
Soliq auditi dalolatnomasida quyidagilar ko’rsatiladi: 
1)
soliq auditi dalolatnomasining sanasi – ushbu tekshiruvni o’tkazgan 
shaxslar tomonidan dalolatnoma imzolangan sana; 
2)
tekshirilayotgan shaxsning to’liq va qisqartirilgan nomi yoki familiyasi, 
ismi, otasining ismi. Yuridik shaxsni tekshirish uning alohida bo’linmasi joylashgan 


156 
erda o’tkazilgan taqdirda yuridik shaxsning nomidan tashqari tekshirilayotgan 
alohida bo’linmaning to’liq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan eri 
ko’rsatiladi; 
3)
tekshiruv o’tkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ular 
ifodalayotgan soliq organining nomi ko’rsatilgan holda; 
4)
soliq organi rahbarining (rahbar o’rinbosarining) soliq auditi o’tkazish 
to’g’risidagi qarorining sanasi va raqami; 
5)
soliq organiga soliq hisoboti va boshqa hujjatlar (kameral soliq tekshiruvi 
uchun) taqdim etilgan sana; 
6)
soliq tekshiruvi davomida tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan 
hujjatlar ro’yxati; 
7)
soliq tekshiruvi o’tkazilgan davr; 
8)
soliq tekshiruvi qaysi soliqqa nisbatan o’tkazilgan bo’lsa, o’sha soliqning 
nomi; 
9)
soliq tekshiruvi boshlangan va tugagan sana; 
10)
yuridik shaxs joylashgan erning yoki jismoniy shaxs yashash joyining 
manzili; 
11)
soliq tekshiruvini amalga oshirish chog’ida o’tkazilgan soliq nazorati 
tadbirlari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
12)
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola qilgan 
holda soliqqa oid huquqbuzarlikning (mavjud bo’lgan taqdirda) batafsil tavsifi; 
13)
tekshiruv natijalari bo’yicha xulosalar va natijalar. 
Agar o’tkazilgan soliq tekshiruvi natijalariga ko’ra soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlari buzilishlari aniqlanmagan bo’lsa, bu haqda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasida qayd etiladi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tekshiruv davomida aniqlangan soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishlari faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova 
qilinadi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining shakli va uni tuzishga doir talablar 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq organining soliq 
tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq 
tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga uch kun ichida 
topshiriladi. Soliq to’lovchi dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani 
ko’rsatgan holda soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganligiga imzo qo’yishi shart. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining soliq organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi 
materiallariga qo’shib qo’yiladi. 
Soliq to’lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq 
tekshiruvi natijalariga roziligini bildirmaydi. 
Soliq to’lovchi (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh 
tortgan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Ushbu holda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga yuridik shaxs (alohida bo’linma) 


157 
joylashgan er bo’yicha yoki jismoniy shaxsning yashash joyi bo’yicha pochta orqali 
buyurtma xat bilan yuboriladi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan 
taqdirda buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab beshinchi kun ushbu dalolatnoma 
topshirilgan sana deb hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida o’z faoliyatini doimiy muassasa orqali 
amalga oshirmaydigan chet ellik yuridik shaxsga (bundan xalqaro tashkilot yoki 
diplomatik vakolatxona mustasno) soliq tekshiruvi dalolatnomasi pochta orqali 
O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestridagi manzil bo’yicha 
buyurtma xat bilan yuboriladi. Buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab o’n 
ikkinchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana deb hisoblanadi.
O’ziga nisbatan soliq tekshiruvi o’tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq 
tekshiruvi dalolatnomasida bayon etilgan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning 
xulosalari hamda takliflariga rozi bo’lmagan taqdirda, soliq tekshiruvi 
dalolatnomasini olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida tegishli soliq organiga 
mazkur dalolatnoma bo’yicha umuman yoki uning ayrim qoidalari yuzasidan yozma 
e’tirozlarini taqdim etishga haqli. 
Bunda soliq to’lovchi o’z e’tirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni (ularning tasdiqlangan ko’chirma nusxalarini) yozma e’tirozlarga ilova 
qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli. 
Soliq tekshiruvi materiallari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
tomonidan belgilangan tartibda soliq to’lovchi hisobga olingan joydagi soliq 
organida tekshiruv tugagan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay 
ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish