O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

162-modda. 
Soliq 
auditi 
va 
sayyor 
soliq 
tekshiruvi 
materiallarini 
ko’rib 
chiqish 
natijalari 
bo’yicha 
qaror qabul qilish 
 
Soliq tekshiruvi materiallarini ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda 
tutilgan tartibda ko’rib chiqish natijalari bo’yicha soliq organining rahbari (rahbari 
o’rinbosari) quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni (bundan buyon matnda soliq 
tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror deb yuritiladi) qabul qiladi: 
1)
soliqlarni va penyani qo’shib hisoblashni yoki buni rad etishni; 
2) soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni. 
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
to’g’risidagi qarorda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari mazkur 
holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma’lumotlarga, o’ziga nisbatan soliq 
tekshiruvi o’tkazilgan shaxs tomonidan o’z himoyasi uchun keltiriladigan vajlarga 
hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalariga havola qilgan holda, o’tkazilgan soliq 
tekshiruvida qanday belgilangan bo’lsa, shunday bayon etiladi.
Javobgarlikka tortish to’g’risidagi qarorda ushbu Kodeksning shu 
huquqbuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va qo’llaniladigan javobgarlik 
choralari ko’rsatiladi. 
Soliqlarni qo’shib hisoblashni nazarda tutuvchi qarorda, agar soliqlarga oid 
qarzdorlik tekshiruv chog’ida aniqlangan bo’lsa, soliqlarga oid aniqlangan ushbu 
qarzdorlik miqdori va tegishli penyalar summasi ko’rsatiladi. 
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni rad 
etishni nazarda tutuvchi qarorda bunday rad etish uchun asos bo’lib xizmat qilgan 
holatlar bayon etiladi. 
Soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qarorda o’ziga nisbatan qaror chiqarilgan 
shaxs ushbu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli bo’lsa, o’sha 
muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish tartibi 
ko’rsatiladi. 
Agar soliq auditi chog’ida soliq organining qarori asosida ortiqcha qaytarilgan 
soliq summasi aniqlangan bo’lsa, soliqlar summasini qo’shib hisoblab to’g’risidagi 
qarorda mazkur summa ushbu soliqqa doir soliq qarzi deb e’tirof etiladi. Ushbu soliq 
summasi soliq to’lovchiga qaytarilgan taqdirda, u mablag’larni aniq olgan kundan 
e’tiboran, soliq summasi hisobga o’tkazishga qabul qilingan taqdirda esa ushbu soliq 
summasi hisobga olishga qabul qilingan kundan e’tiboran ushbu summa soliq qarzi 
deb e’tirof etiladi. 
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror qabul 
qilinganidan keyin soliq organining rahbari (rahbari o’rinbosari) ushbu Kodeksning 


162 
164-moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ushbu qarorning ijro etilishi 
uchun ta’minlash choralarini qabul qilishga haqli. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish