O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlar (axborot) talab



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

150-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlar (axborot) talab
qilib olish
 
Soliq organining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxsi 
tekshirilayotgan soliq to’lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega 
bo’lgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab 
qilib olishga haqli. 
Tekshirilayotgan soliq to’lovchining (soliq agentining) faoliyatiga taalluqli 
hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish soliq organi rahbarining (rahbar 
o’rinbosarining) soliq nazoratining qo’shimcha tadbirlarini tayinlash to’g’risidagi 
qarori asosida soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish chog’ida ham amalga 
oshirilishi mumkin. 


150 
Agar soliq tekshiruvlarini o’tkazish doirasidan tashqarida soliq organlarida 
muayyan bitimga taalluqli hujjatlarni (axborotni) olishga doir asosli zarurat yuzaga 
kelsa, soliq organining mansabdor shaxsi ushbu bitim ishtirokchilaridan yoki ushbu 
bitim to’g’risidagi hujjatlarga (axborotga) ega bo’lgan boshqa shaxslardan bu 
hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli. 
Soliq tekshiruvlarini yoki soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga 
oshiruvchi soliq organi tekshirilayotgan soliq to’lovchining faoliyatiga taalluqli 
hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to’g’risidagi topshiriqnomani mazkur 
hujjatlar (axborot) talab qilib olinishi lozim bo’lgan shaxsning hisobga olish joyidagi 
soliq organiga yuboradi. 
Bunda topshiriqnomada soliq nazoratining qaysi tadbirini o’tkazish chog’ida 
hujjatlar (axborot) taqdim etish zarurati yuzaga kelganligi ko’rsatiladi, muayyan 
bitimga taalluqli axborot talab qilib olinayotganda esa ushbu bitimni 
identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar ham ko’rsatiladi. 
Topshiriqnoma olingan kundan e’tiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) 
qaysi shaxsdan talab qilib olinayotgan bo’lsa, o’sha shaxsning hisobga olish joyidagi 
soliq organi ushbu shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to’g’risida 
talabnoma yuboradi. 
Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to’g’risidagi 
topshiriqnomaning ko’chirma nusxasi ilova qilinadi. 
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to’g’risidagi talabnomani olgan shaxs 
talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib 
olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligini o’sha muddatda xabar qiladi. 
Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish 
imkoni bo’lmasa, soliq organi hujjatlar qaysi shaxsdan talab qilib olingan bo’lsa 
o’sha shaxsning iltimosnomasiga ko’ra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish 
muddatini uzaytirishga haqli.
Talab etiladigan hujjatlar ushbu Kodeks 155-moddasining uchinchi – ettinchi 
va o’n beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar hisobga olingan holda taqdim 
etiladi. 
Shaxsning soliq tekshiruvi o’tkazilayotganda talab etiladigan hujjatlarni taqdim 
etishdan bosh tortganligi yoki ularni belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi 
soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi va ushbu Kodeksning 235-moddasida 
nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Talab etiladigan axborotni g’ayriqonuniy tarzda xabar qilmaganlik (o’z vaqtida 
xabar qilmaganlik) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi va ushbu 
Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Hujjatlarni va axborotni talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan 
tartibi soliq agentlariga taalluqli hujjatlarni va axborotni talab qilib olish chog’ida 
ham qo’llaniladi. 
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to’g’risidagi talabnomani olgan shaxs 
ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bo’lmagan talab yuzasidan hujjatlarni 
(axborotni) taqdim etishni rad etishga haqli. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish