Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari:
tumanni (tumanlar guruhlarini) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish xususiyatlarini, tabiiy- iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini;
hududning zonalashtirilishini va rejali tuzilishini;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini;
aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini;
aholi punktlarini rivojlantirish uchun belgilangan zaxira hududni;
yakka tartibda uy-joy qurish, bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarini joylashtirish uchun belgilangan hududni;
aholi dam oladigan joylarni tashkil etish uchun belgilangan hududni; aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirish bo‘yicha boshqa yechimlarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |