modda. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari
Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari:
hududning zonalashtirilishini;
aholini joylashtirish mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini;
mintaqalararo va mintaqaviy ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;
tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini;
hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta’minlashni; hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi.
Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |