O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Obyektlarni rekonstruksiya qilish jarayonida yer uchastkalariga, bino va



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
22.02.2021

80-modda. Obyektlarni rekonstruksiya qilish jarayonida yer uchastkalariga, bino va
inshootlarga qo‘yiladigan talablar
Binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga
kelgan yo‘qotishlar o‘rnini imkoni boricha to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi
maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning
rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan
jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui
obyektlarni rekonstruksiya qilishdir.
Obyektlarni rekonstruksiya qilish, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar o‘rnida yer
uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirgan holda yangi obyektlar qurish uchun
ruxsatnomalar aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish to‘g‘risidagi
shaharsozlik hujjatlari asosida sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yong‘in nazorati
organlari bilan kelishuvga ko‘ra maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalari tomonidan
beriladi.
Aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik
hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ruxsatnomalar berish masalalari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi
arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.
Obyektlarni rekonstruksiya qilishda, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar o‘rnida yer
uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirgan holda yangi obyektlar qurishda buyurtmachilar
zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan majburiyatlar yuklanadi.
81-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar
va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni saqlash vazifalari
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar shaharsozlik faoliyati subyektlarining
manfaatlari shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularning


but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha boshqa ehtiyojlar uchun o‘zga yer uchastkasidan cheklangan
tarzda foydalanish huquqisiz ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan taqdirda belgilanadi.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar va yer
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni saqlash vazifalari yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va
bunday uchastkalardan foydalanuvchilarning majburiyatlarini hamda ularning huquqlari
cheklanishini o‘z ichiga oladi va shaharsozlik hujjatlari hamda qurish qoidalari asosida belgilanadi.
Yer uchastkalariga doir servitutlarni va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni saqlash
vazifalarini belgilash hamda bekor qilish tartibi yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish