tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor bo‘lgan hududlarda
— O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
manfaatdor vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari ma’lumotlari asosidagi taqdimnomasiga ko‘ra;
yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki)
biologik
moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yo‘l qo‘yiladigan eng
yuqori darajalardan ortiqcha
radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasining taqdimnomalariga ko‘ra;
Toshkent shahri hududida — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda Toshkent
shahar ijro etuvchi hokimiyat organining taqdimnomalariga ko‘ra;
moddiy madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan shaharlar hududlarida — O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining
taqdimnomalariga ko‘ra;
kurort shaharlar hududlarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligining,
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining hamda O‘zbekiston Respublikasi
Qurilish vazirligining taqdimnomalariga ko‘ra;
qo‘riqxona shaharlar hududlarida — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hamda
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining taqdimnomalariga ko‘ra;
hayot faoliyatining alohida rejimiga ega bo‘lgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa
rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi va boshqa qo‘riqlanadigan
tabiiy hududlardagi aholi
punktlari) hududlarida — manfaatdor vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning
taqdimnomalariga ko‘ra;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda — manfaatdor vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining
va idoralarning taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik
(umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish,
shuningdek ularning chegaralarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi tomonidan:
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor bo‘lgan hududlarda
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi
hokimiyat organlarining taqdimnomalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan
kelishilgan holda;
yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik
moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha
radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining
taqdimnomalariga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik
(umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish,
shuningdek ularning chegaralarini belgilash Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi
hamda viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, manfaatdor
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda;
hayot faoliyatining alohida rejimiga ega bo‘lgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa
rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalari hududlarida va qo‘riqlanadigan
boshqa tabiiy hududlarda
joylashgan aholi punktlari) hududlarida — manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan
kelishilgan holda;
Nukus shahri hamda viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlar hududlarida,
shuningdek madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan shaharlar hududlarida — tegishli mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralari aholi
punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi tasdiqlangan
shaharsozlik hujjatlari asosida belgilanadi hamda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari bilan mos
kelmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: