O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
22.02.2021

79-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik
talablari
Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari,
batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer uchastkalari berilayotganda yuridik va jismoniy
shaxslarni yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari to‘g‘risidagi axborot bilan
ta’minlaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga qurish uchun yer uchastkalari berilayotganda (realizatsiya
qilinayotganda) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga nisbatan
quyidagi shaharsozlik talablari va yer uchastkasini saqlash vazifalari belgilanishi mumkin:
maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalari tomonidan berilgan arxitektura-
rejalashtirish topshirig‘iga binoan hududni qurish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha;
qurilishga tutash bo‘lgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish bo‘yicha;
obyektlar qurilishini boshlash va tamomlash muddatlariga rioya etish bo‘yicha.
Obyekt qurilishi qurilish boshlangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida yoki shaharsozlik
hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda, obyekt tugallanmagan deb
hisoblanadi.
Yangi qurilish mazkur qurilish hududi aholisining tegishli xizmatlar bilan ta’minlanishi
shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan
bo‘lsa, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ular muhandislik, transportga oid va ijtimoiy
infratuzilmalarning qo‘shimcha obyektlarini qurishda ulushli ishtirok etganda berilishi (realizatsiya
qilinishi) mumkin.


Ushbu moddaning 
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan talablar va yer uchastkasini saqlash
vazifalari yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda saqlanib qoladi.
Ushbu moddaning 
uchinchi

to‘rtinchi
 va 
beshinchi qismlari
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi
uchun berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalarida amalga oshiriladigan qurilishga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
hududiy zonaning qurish qoidalarida belgilangan kodi;
doirasida yer uchastkasi joylashgan hududiy zonaning funksional maqsadi;
yer uchastkasi yoki uning qismi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish zonalarining,
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning va suvni muhofaza qilish zonalarining chegaralarida,
shuningdek tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta’siriga duchor
bo‘lgan hududlar va aholi punktlarining hamda foydalanilishiga qonunda cheklovlar
belgilanadigan boshqa hududlarning chegaralarida joylashganligi;
yer uchastkasi chegaralarida muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar
obyektlarining mavjudligi ushbu obyektlarning ko‘rsatkichlari va ulardan foydalanishga doir
cheklovlar ko‘rsatilgan holda;
yer uchastkasi chegaralarida yer uchastkasining mulkdoriga, egasiga yoki bu uchastkadan
foydalanuvchiga tegishli bo‘lmagan binolar va inshootlarning mavjudligi ushbu yer uchastkasida
ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar joylashganligi munosabati bilan undan foydalanishga doir cheklovlar
ko‘rsatilgan holda.
Yer uchastkalari bo‘lib berilayotganda yoki ularning chegaralari va ko‘rsatkichlari o‘zgarganda
qizil chiziqlarga, qurishni tartibga solish chiziqlariga hamda shaharsozlik reglamentlarining eng
kichik o‘lchamdagi yer uchastkalariga doir talablariga rioya etiladi.
Yer uchastkalari hamda ularda joylashgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar bo‘lingan
taqdirda ularning qismlari mustaqil obyektlar sifatida ishlab turishi uchun shart-sharoitlar
ta’minlanishi kerak.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish