12-bob. Yakunlovchi qoidalar
83-modda. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish
Shaharsozlik
faoliyatini
moliyalashtirish
budjet
tizimi
budjetlarining
mablag‘lari,
buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan, yuridik va jismoniy
shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushli
ishtirok etishi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish quyidagi hollarda budjet tizimi budjetlarining
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi:
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining
1 — 4-bandlarida
nazarda tutilgan shaharsozlik
hujjatlarini ishlab chiqishda, kompleks muhandislik qidiruvlarini o‘tkazishda, mikroseysmik
hududlashtirish xaritalarini tuzishda va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda;
shaharsozlik faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va
qoidalarini ishlab chiqishda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy manzilgohlarni,
umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni
rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa maqsadli umumdavlat
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini
yuritishda.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyoriga davlat korxonalarini
xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi.
Agar hududni shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirish davlat manfaatlariga, ikki va undan ortiq
viloyatning manfaatlariga yoki aholi punktlari guruhlarining manfaatlariga daxldor bo‘lsa, budjet
mablag‘laridan boshqa shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari har
yilgi qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda aholi punktlari bosh rejalarining ishlab
chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o‘tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik
hududlashtirish xaritalarini, tabiatni muhofaza qilishning hududiy kompleks tarhlarini tuzishni, joriy
qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalarining amalga oshirilishi
monitoringi ishlab chiquvchilar tomonidan o‘tkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishib olinishi va
ekspertizadan o‘tkazilishini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutishi
kerak.
84-modda. Nizolarni hal etish
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
85-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |