O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


O`zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g`oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli



Download 251,05 Kb.
bet14/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

6.3.O`zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g`oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli

O`zbekistonning o`tgan mustaqil taraqqiyot davri mobaynida, mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o`ta muhim bir maqsadga, ya`ni hokimiyatlar bo`linishi konstitutsiyaviy tamoyilini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o`rtasida o`zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlar hamda nazorat vazifalarning rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta`minlash bo`yicha g`oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko`rishga qaratilgan edi. Mustaqil O`zbekiston dunyoning ilg`or davlatlarining tajribasini har tomonlama o`rganib va mamlakatimizning muayyan sharoitlarini inobatga olib, xalqning an`analari va mentaliteti bilan hisoblashib, bu tizimni yuzaga keltirdi.



O`zbekiston o`zining milliy mustaqilligini qo`lga kiritganidan so`ng milliy istiqlol g`oyasi davlatimiz tomonidan olib borilgan siyosatda “O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan iborada ifodalandi. Mustaqillikni mustahkamlash, yaratuvchilik ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy jipslik, ichki osoyishtalik nechogli zarurligini hisobga olib, milliy g`oya ifodasi yanada aniqlashtirildi, yanada soddaroq shaklda ifodalandi - “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. Ushbu g`oyaning mohiyati quyidagi fikrda o`z ifodasini topgandir. Shu aziz Vatan barchamizniki, uning mustaqilligini ko`z qorachig`iday avaylab-asrash, har tomonlama rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga teng huquqli a`zo bo`lish, kelajak avlodga obod Vatan qoldirish lozim. Mustaqil taraqqiyotning, mamlakatimizda o`tkazilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi inson ekanligi avval boshdanoq e`tirof etilib, “Islohotlar islohotlar uchun emas, balki inson uchun” tamoyili yangi jamiyat barpo etishning tamal toshiga aylandi. Erkin fikrlaydigan, ijtimoiy mas`ullikni to`g`ri tushunadigan shaxs iqtisodiyotni rivojlantirishning, jamiyatni demokratiyalashtirishning, erkin va farovon turmushni qaror toptirishning muhim sharti va asosiy subyektidir. Shuning uchun O`zbekistonning milliy istiqlol g`oyasi “Ozod va obod Vatanda - erkin va farovon yashash”, deb oydinlashtirildi. Milliy g`oya - mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g`risidagi yaXIIt va izchil ta`limotdir. Milliy g`oya mamlakatdagi har bir millat, elat, ijtimoiy guruh, din, partiya yoki ijtimoiy qatlam vakili uchun umumiy mezon bo`lib, u ko`pmillatli O`zbekiston xalqining umuiniy g`oyasidir. Xalqning mustaqil davlatchilik an`analarini ta`minlash hamda fuqarolarga yot va begona g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin, demokratik fuqarolik jamiyati barpo etish yo`lida birlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi ishiga safarbar etish bu g`oyaning asosiy maqsadi va vazifasi sanaladi. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotganligi, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotganligi, xalqimizning ma`naviy boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani Vatan ravnaqining asosi bo`ladi. Bugungi kunda O`zbekistonda ishbilarionlik, tadbirkorlikni rivojlantirishga, yangi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishga, chet el investitsiyalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etib, yangi ish o`rinlarini yaratishga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli shartnomalarni imzolab, 2018-yilda O`zbekistonda 3764 ta qo`shnia korxona, 3196 ta xorijiy korxonalar faoliyat olib bordi. O`zbekistonda sanoat sohasida 2818 ta, savdoda 1484 ta, sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishda 90 ta, axborot va aloqada 181 ta, tashish va saqlashda 207 ta, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida 286 ta, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda 289 ta va qurilishda 425 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalari tashkil etilib, bu korxonalarning olib borayotgan faoliyati Vatan ravnaqiga xizmat qilmoqda.

Vatan ravnaqi - mlliy mafkuramizning asosiy g`oyalaridan biri bo`lib, bu g`oya har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg`unlashtiradigan, uni xalq baxt-saodati yo`lida xizmat qilishga da`vat etadigan bunyodkor g`oyadir. U milliy g`oyaning oliy maqsadlaridan biri bo`lgan, barchamiz uchun muqaddas sanalgan Vatanimizning ravnaqini ta`minlash, uning jahon maydonida munosib o`rin egallashiga erishishini nazarda tutadi. Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma`naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog`liq bo`lib, bu o`z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasidagi yuksak fuqarolik mas`uliyatini his etishga, o`z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirib yashashga da`vat etadi. Vatan ravnaqi g`oyasini amalga oshirish bevosita jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy rivojlanishiga bog`liqdir. Vatan ravnaqi g`oyasini amalga oshirishda hozirgi davrda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat, O`zbekistonning xalqaro`miqyosda obro`- e`tiborini oshirish, iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar bilan shartnomalarni tuzib, iqtisodiyotga zamonaviy innovatsiyalar, chet el investitsiyalarini joriy etish, ilm-fanni taraqqiy ettirish muhim ahamiyatga ega bo`lib, shu bilan birgalikda ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik, jamiyatni boshqarishda ommaviy tashkliotlar, birinchi navbatda mahallaning mavqeini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tamoyillariga amal qilish ham Vatan ravnaqi g`oyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Vatan ravnaqi g`oyasini amalga oshnishda hayotda demokratik tamoyillarning ustuvorligi, jamiyatning barcha jabhalarini erkinlashtirish, bozor munosabatlariga xos muqobil mulkchilikning shakllanishi, ishbilarionlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Tarixiy merosimizning tiklanishi, aholi intellektual salohiyatini oshirish, fan va ilmiy muassasalar, san`at va adabiyotni rivojlantirish, komil insonni tarbiyalash bo`yicha milliy ta`lim dasturining qabul qilinishi va izchil amalga oshirilishi, xalqaro madaniy aloqalarni kuchaytirish ham Vatan ravnaqiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz hayotning barcha sohalarida qonun usluvorligiga erishish, huquqiy demokratik jamiyat qurish sohasidagi tajribalar, davlatimizning xalqaro huquq normalarga amal qilishi Vatan ravnaqini ta`minlashga xizmat qiladi. Vatan ravnaqi g`oyasi har bir insonning taqdirida o`z ifodasini topadi, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun hammaga birdek mas`uliyat va majburiyat yuklaydi. Vatan ravnaqi g`oyasi har bir yurtdoshimizni o`zining ma`naviy kamoloti uchun yuksak mas`uliyatni his etishga, o`z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirib yashashga da`vat etadi. Milliy g`oya O`zbekistonning barcha fuqarolarida “O`zbekiston - vagona Vatan” degan tuyg`uni shakllantiradi.

Yurt tinchligi g`oyasi milliy istiqlolimizning asosiy g`oyalaridan biri bo`lib, u bebaho ne`mat, ulug` saodatdir. Insoniyat o`z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Tinchlikni saqlash va mustahkamlash butun insoniyatning oldida turgan muhim masaladir. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy masalalari tinchlik-totuvlik sharoitidagina samarali hal etilgan. Xalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi hamda uni o`z orzu-umidlari, oliy maqsadlarining kafolati deb biladi. Shu bois ota-bobolarimiz duoga qo`l ochsa, dastavval tinchlik-omonlik tilaydi. Xalqaro maydonda ro`y berayotgan tub siyosiy o`zgarishlar tinchlikning qadrini yanada oshirmoqda. Boshqacha aytganda, xalqimizning “Qo`shning tinch - sen tinch” maqoli yanada teranroq ma`no kasb etib bormoqda. Tariximizga nazar tashlasak, yurtimiz tinch, elimiz xotiljam yashagan davrlardagina yurtimiz yuksak moddiy va ma`naviy yutuqlarga enshganiga guvoh bo`lamiz. Yurtimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab tinchlik-totuvlikni o`z siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri deb bildi. Bugungi kunda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o`z sa`y-harakatlari tufayli, nafaqat o`z hududida, balki butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga katta hissa qo`shib kelmoqda. Harbiy sohadagi islohotlarimizning samarasini oshirish maqsadida yangidan qabul qilinayotgan Mudofaa doktrinasi muhim rol o`ynaydi, - deydi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. - Ushbu doktrina O`zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyilini, yaqin qo`shnilar bilan do`stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirishni ifoda etadi. Unda davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida aniq belgilab qo`yilgan1.

Yurt tinchligi - dunyo va mintaqalar tinchligi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, davlatlar o`rtasida o`zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda tinchlik nihoyatda muhim omil sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Yurt tinchligi Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, birovga qaram xalq hech qachon erkin va farovon yashay olmaydi. Xalqimizning tinch va osoyishta yashashi, farovon va porloq kelajagi Vatan, yurt taqdiri bilan bog`liq. Hozirgi davrda yuksak ma`naviyat, siyosiy madaniyat, doimiy ogohlik va hushyorlik, millatning g`oyaviy va mafkuraviy yetukligi - yurt tinchligini saqlashning eng muhim omilidir. Yurt tinchligi g`oyasi jamiyatdagi turlicha fikr va qarashga ega bo`lgan barcha kuch va harakatlarni birlashtiradi, shu orqali milliy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yurt tinchligi g`oyasini amalga oshirish bir qator yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi:

1)mamlakatimizning hududiy bo`linmasligi va sarhadlarining daxlsizligini qonuniy yo`l bilan uzluksiz ravishda ta`minlab borish ishlarini kuchaytirish;

2)mamlakatimiz mustaqilligi va davlat hokimiyatining suverenitetini himoya etuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qurolli kuchlarimizning jangovar shayligini oshirish va takomillashtirish;

3)yoshlarni vatanparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalash ishlarini zamon talablari darajasida olib borish;

4)mamlakatimiz aholisining fuqarolik burchi va Vatanga sadoqat tuyg`usini yanada oshirish;

5)jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashishni izchil yo`lga qo`yish:

6) mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish yo`lida birlashish ishlarini takomiliga yetkazish kabi ishlarni amalga oshirish zarur bo`ladi.

Insoniyat tarixining barcha davrlarida odamlar tinch-totuv va farovon hayotga intilganlar. Mustaqillikka erishgan O`zbekiston xalqining oliyjanob maqsadlaridan biri - xalq farovonligi g`oyasidir. Xalq farovonligi - Vatan obodligini, unda yashaydigan kishilar hayoti uchun moddiy-ma`naviy boyliklarning mo`l-ko`lligini, odamlarning munosib turmush sharoitiga ega bo`lishini anglatadi. Xalq farovonligiga erishish uchun mamlakat iqtisodiyoti bugungi kunda tubdan isloh qilinmoqda. Eng avvalo, iqtisoqiyot o`zining tabiiy qonuniyatlari asosida rivojlanib, unda talab va taklif muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar o`z qobiliyatiga yarasha mehnat qilib, o`zining ehtiyojiga yarasha narsalarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`zbekiston g`alla, yoqilg`i-energetika sohasida mustaqillikka enshib, paxta yetishtirish sohasida respublikada ko`pgina klasterlar tashkil etildi. Mamlakatda qazib olinayotgan oltin bugungi kunda respublikamizning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilmoqda. Mustaqillik davrida O`zbekiston iqtisodiyotida neft-gaz ishlab chiqalish, mashinasozlik, kimyo va yengil sanoat kabi sohalarning hissasi ortib bordi. Mustaqillik davrida iqtisodiyotda biz uchun mutlaqo yangi islilab chiqarish tarmoqlari – avtomobilsozlik, sellyuloza-qog`oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa sohalar vujudga keldi. Mustaqillik davrida erishilgan ulkan yutuq ya natijalar Vatanimiz, xalqimiz shuhratini, boy tariximiz, bebaho milliy qadriyat va an`analarimiz, qudratli ma`naviy va iqtisodiy salohiyatimizni, bizning kimligimiz, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni butun dunyoga tarannum etdi. O`zbekistonning o`ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelini ishlab chiqishda milliy davlatchilik asoslarini qayta tiklash va yangicha asosda shakllantirish, mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz va g`urur-iftixor tuyg`usini yuksaltirish, jamiyatni tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga ega bo`lgan har tomonlama barkamol avlodni - yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalash kabi masalalarga katta e`tibor qaratilmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish – hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. - Bizning yana bir muhim vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o`zini va oilasmi, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo`lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya`ni, xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi1.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir inson o`z aql-idrokini ishlatib, fidoyi mehnati bilan yashab, kichik korxonalar ochib, tijoratni rivojlantirib, boy-badavlat yashashi mumkin. Hozirgi davrda xususiy mulkchilikka, tadbirkorlik, sarmoyadorlik, ijarachilik, fermerchilikka - xullas, mulkning turli-tuman shakllariga yo`l ochildi. Biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o`zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qav darajada ta`sir ko`rsatayotgani bilan olchanadi, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Shu maqsadda lsh haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish bo`yicha biz aniq chora-tadbirlarni rejalashtirganmiz va ular albatta amalga oshiriladi1 . Bugungi kunda ishbilarionlik va tadbirkorlik kundalik hayotimizda muhim o`rin tutib, davlat korxonalari ham, xususiy korxonalar ham eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etsalar, bozor talablariga javob bera oladilar. Hozirgi davrda O`zbekistonga ilg`or, zamonaviy texnologiyalar ham keltirilib, qo`shnia korxonalar tashkil etilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar chet elarga eksport qilinib, davlat byudjetiga chet el valyutasi kelib tushnioqda. Bu esa mamlakat qudratini oshirib, xalq farovonligini ta`minlamoqda.


6.4.Mustaqil demokratik taraqqiyotning milliy g`oya
konsepsiyasi bilan mushtarakligi

O`zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyoti mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida o`zining nufuzli o`rniga ega bodishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurning shakllanishiga, milliy ma`naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda O`zbekistonda mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, o`z fikri va qarashlariga ega navqiron yoshlar hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda. O`zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyotida fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha`ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog`liq qadriyatlarning shakllantirilishi milliy g`oya konsepsiyasining ishlab chiqilishi va jamiyat hayotiga tatbiq etilishi bilan bevosita bog`liqdir Mustaqil demokratik taraqqiyotning milliy g`oya konsepsiyasi bilan o`zaro bog`liqligi fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda namoyon bo`ladi. O`zbekistonda mustaqil demokratik taraqqiyotning vazifasi fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iboratdir. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda demokratik institutlar shakllandi. Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon mavjud bo`lib, bular, xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlardan qanchalik xabardorligi, hukumat qarorlarining xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi hamda oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi bilan bog`liqdir. Shu bilan birgalikda hozirgi davrda “milliy demokratik davlat" tushunchasi ham ishlatilib, milliy demokratik davlatga xos bo`lgan jihatlar quyidagilardan iborat:

- demokratik normalarga tayanadigan huquqiy davlat;

-demokratiyaga zid bo`lmagan holda tarixiy an`analar va jamiyat hayotining muhim sohaldridagi milliy xususiyatlarning saqlanishi;

-barcha fuqarolarning tengligiga asoslangan milliy siyosat olib borish;

-uning geosiyosiy mavqei iqtisodiy, ma`naviy va harbiy texnik imkoniyatiga, salohiyaliga mos bo`lish;

-fuqarolar ijtimoiy ongida demokratik tafakkurga amal qilinishi;

-mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borish;

-o`z taraqqiyot yo` lini mustaqil tanlash va amalga oshirish;

-mustaqil demokratik taraqqiyot yo`lini belgilashda milliy g`oya konsepsiyasiga tayanish, boy tarixiy ma`naviy meros, milliy qadriyatlar asosida fuqarolarda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularni yuksaltirish.

Demokratiya - yuksak ma`naviyat, fuqarolarning ichki madaniyati va intellektual imkoniyati, fuqarolarning barcha uchun birday zarur bo`lgan qonunlarga to`liq rioya etishi, inson haq-huquq va erkinliklarini, umumxalq, umumdavlat manfaatlarini himoya qiladigan, barchani qonunlarga bo`ysunib yashashga undaydigan umuminsoniy, huquqiy va ma`naviy qadriyat hisoblanadi.

O`zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining ishlab chiqilishi va uning hayotga tatbiq etilishi buyuk ajdodlarimiz yaratgan jamiyat barpo etishga doir milliy falsafiy merosni zamonaviy tajribalar bilan uyg`unlashtirishi, islohotlarimizni esa xalq farovonligini oshirishga qaratgan holda amalga oshirishni taqozo etadi.

O`zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyotining strategik maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu maqsadga bozor iqtisodiyotiga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish orqali erishiladi. O`zbekistonning taraqqiyot yo`li ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda rivojlantirish yo`lidir. Milliy istiqlol g`oyasi va milliy g`oya konsepsiyasi ana shu yo`lda O`zbekiston fuqarolarini birlashtiradi, ular o`rtasida hamkorlik va hamjihatlikni ta`minlaydi.

Demokratlashtirish jarayoni - davlatni boshqarish sohasidagi vazifalarning davlat zimmasiga o`tib borishini, bu jarayonda xalq vakillarining faol ishtirok etishini o`zida ifodalaydi. Demokratiya fuqarolarning o`z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg`unlashtirishini talab etadi. Demokratlashtirish jarayonini chuqurlashtirish jamiyatdagi turli manfaatlar, turli-tuman kuch va harakatlar o`rtasidagi muvozanatni ta`nrinlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi. Jamiyat siyosiy hayotidagi demokratlashtirish jarayoni ko`ppartiyaviylik asosida amalga oshiriladi. Ko`pparliyaviylik deganda bir qancha partiyaning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki tushuniladi. Partiyalar parlament ishida o`z vakillari orqali ishtirok etib, qonunlar qabul qiladi va ularni hayotga tadbiq etish borasida faollik ko`rsatadi. Ko`ppartiyaviylik turli manfaatlar, xilma-xil kuchlar o`rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy oinil bo`lib, O`zbekistondagi turli manfaatlar, turli-tuman kuch va harakatlar muvozanatini ta`minlaydigan ma`naviy omil esa milliy istiqlol g`oyasidir. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida barcha siyosiy partiya va tashabbuskor guruh vakillarining bo`lishi, ular o`z fraksiya va guruhini tuzish imkoniyatiga ega ekanligi turli fikrlilik, bahs-munozara asosida faoliyat yuritish, ishchanlik muhitini shakllantirish imkoniyatini beradi. Deputatlarning ichida yuristlar, iqtisodchilar, sanoat, qurilish, transport, aloqa, qishloq xo`jaligi, fan, ta`lim madaniyat, sog`liqni saqlash sohalari vakillari va tadbirkorlarning bo`lishi Qonunchilik palatasi aholi keng qatlamlarini qamrab olgani uning aholi turli qatlamlari manfaatlarini teng ifoda etishini ko`rsatadi. Biz barpo etayotgan jamiyatda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, fuqarolarga g`amxo`rlik qilish taraqqiyotimizning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib qolaveradi. Bu esa, milliy g`oyaning ijtimoiy sohadagi tamoyillarini belgilaydi, ularning amalga oshishiga xizmat qiladi. Kelajagi buyuk davlatni barpo etish, yosh avlodga ozod va obod Vatanni meros qoldirish borasidagi oliyjanob ishlar taqdiri eng avvalo yoshlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlar va zamonaviy kasb-hunarlarni mukammal egallashlariga bevosita bog`liqdir. Jamiyatimizning ma`naviy hayoti sohasida ma`naviy qadriyatlarimizni zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Milliy g`oya O`zbekiston fuqarolarini ma`naviy qadriyatlarni to`g`ri baholay bilishga da`vat etadi. Buning uchun milliy qadriyatlar va ma`naviy merosga ilmiy asosda to`g`ri yondashuvni shakllantirish, insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqchillik va taraqqiyparvarlik mezonlari asosida milliy qadriyatlar va ma`naviy merosni baholash talab etiladi.


6.5.Taraqqiyotning o`zbek modeli, uning asosiy tainoyillari

Taraqqiyotning o`zbek modeli asosiy tamoyillari mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan bo`lib, u jamiyat hayotini har tomonlama isloh etish va bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, adolatli, demokratik davlat qurishning strategik yo`lini o`zida ifodalaydi. Milliy g`oya adolatli, demokratik davlat qurayotgan xalqimizni pirovard maqsadlarga yo`naltirib, taraqqiyotning o`zbek modelini amalga oshirishga yordam beradi.

Taraqqiyotning o`zbek modeli o`zining nazariy va amaliy jihatlariga ega bo`lib, u nazariya sifatida mamlakatimizning salohiyati va keng imkoniyatlaridan, tabiiy boyliklari, aholisining ongi, bilimi va yaratuvchilik mahoratidan kelib chiqqan holda rivojlantirish tamoyillarini belgilab beradi. Amaliy faoliyat dasturi sifatida esa taraqqiyotning o`zbek modeli islohotlarning huquqiy negizini yaratish va mustahkamlashga qaratilgan aniq siyosatni olib borishga taalluqli bo`lgan fikr va takliflarini bayon etadi. Taraqqiyotning o`zbek modelining amaliy jihati boshqaruv, tashkilotchilik ishlari va aniq ijro mexanizmini o`zida aks ettiradigan va ularning ijrosini ta`minlaydigan farmonlar, qarorlar, davlat dasturlarini qabul qilishni hamda investitsiya, soliq, moliya -kredit, iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Taraqqiyotning o`zbek modeli iqtisodiy munosabatlarni yangicha asosda rivojlantirish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni demokratlashtirish, mulkdorlar sinfi va o`rta biznesni shakllantirish kabi davlatchilik negizini tashkil etadigan masalalarni hal etishni nazarda tutadi.

O`zbekistonda barpo etilayotgan davlat. eng avvalo, jahon sivilizatsiyasi, boshqa xalqlarning ijobiy va ijodiy tajribalari, umuminsoniy qadriyatlarni inobatga olgan holda, adolatparvarlik va ma`rifatparvarlik bilan sug`orilgan Sharq falsafasi va islom dini ta`limotlariga, milliy davlatchilik an`analariga asoslanilmoqda. “Sharq demokratiyasi” tushunchasi hamjihatlik g`oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakllanadi. O`zbekistonda davlatchilik asosini qonunni hurmat qilish, qonunga itoat etish, insonparvarlik tashkil etib, odamlarning teng huquqliligi va o`z ijtimoiy manfaat hamda burchlarini to`liq anglab olishlariiga erishish davlat tizimining bosh yo`nalishini tashkil etadi. Demokratik, adolatli, odil jamiyatning asosiy vazifasi odamlarning o`z qobiliyati va ehtiyojlarini to`la namoyon qilishlari va ro`yobga chiqarishlari uchun zarur bo`lgan dastlabki imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratib berishdan iborat bo`lib, jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta`lim va maorifni yuksaltirish, milliy Uyg`onish g`oyasini ro`yobga chiqaradigan yangi avlodni vovaga yetkazishdan iboratdir. O`zbekistonda demokratlashtirish jarayonining chuqurlashib borishi natijasida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo hamda dinlararo hamkorilk, totuvlik ta`minlarinioqda, ko`pmillatlilik asoslari va baynalminallik tamoyillari rivoj topmoqda. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, avvalo, xalqimizning milliy mentalitetiga mos, tarixiy an`analari, urf- odatlari, milliy ruhiyati, ongi va turmush tarziga xos amalga oshirilmoqda. O`zbekiston ko`zlagan strategik istiqbolli vazifa mustaqillikning iqtisodiy poydevorini, modelini yaratishdan iborat bo`lib, O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishining o`ziga xos yo`li Islom Karimov tomonidan olg`a surilgan quyidagi besh tamoyilda ifodalab berildi:

Birinchi tamoyil - iqtisodiyot siyosatdan ustuvor bo`lishi va buning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli bo`lishi kerak. Iqtisoqiyot o`ziga xos bo`lgan ichki qonunlar asosida rivojlariniog`i zarur. Iqtisodiyot siyosatga nisbatan ustuvor mavqega ega bo`lishi lozim. Iqtisodiyotga na siyosat, na mafkura o`z tazyiqini o`tkazmasligi kerak. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi o`zbek modelining asosiy tamoyilidir. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning mazmun-mohiyatini aks ettiribgina qolmay, balki yurtimiz iqtisodiy hayotining yangiliklarga, ilg`or tajribalar va oqilona tashabbuslarga ochiqhgini ham ko`rsatadi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili iqtisodiy rivojlanishda ma`naviyatning ahamiyati nechog`lik muhim ekanligini ham nazarda tutadi.

Ikkinchi tamoyil - davlat bosh islohotchi bo`lishi kerak. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o`tish tartibsiz ravishda, o`zibo`larchilik asosida emas, balki davlat rahbarligida amalga oshiriladigan islohotlar orqali vuz berishini bildiradi. O`tish davrida davlat xalq xojaligining, ayniqsa, uning asosini, tizimini belgilaydigan tarmoqlarning faoliyatini qo`llab-quvvatlashi, narx-nayolarni tartibga solib turishi, shuningdek, bevosita yordam berishda imtivozlar yaratishi, bevosita yordam ko`rsatish yo`li bilan`ana shu tarmoqlarga madad berishini talab qiladi.

Uchinchi tamoyil - qonunlar va ularga amal qilinishining ustuvorligini ta`minlash. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o`tish tartibli ravishda, hammaning, keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqqan davlat qonunlarga so`zsiz rioya etishi orqali borishini bildiradi. Qonunning ustuvorligi tamoyili - O`zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat yangilanishi, inson shaxsining yuksalishi uchun xizmat qiladi. Qonun ustuvorligi tamoyili to`liq qaror topishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi:

-jamiyat va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladigan puxta va zaruratga qarab o`zgaruvchi qonunlar majmuasining vujudga kelishi va dolimiy takomillashib borishi;

-jamiyat a`zolarining yuksak huquqiy savodxonligi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasining yuqoriligi hamda qonunga qat`iy bo`ysunishi;

-amaldagi qonunlarni hayotga tatbiq etishning zarur iqtisodiy shart-sharoiti, siyosiy-ma`muriy va ijtimoiy mexanizmini yaratish.

To`rtinchi tamoyil - faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu iqtisodiyotga kuchli ta`sir eta oladigan, xalqning ijtimoiy himoyasini, uning faolligini taminlaydigan, ijtimoiy adolatni yuzaga chiqaradigan siyosatni ohb borishni anglatadi. Shu boisdan iqtisodiy islohotlar jarayonida avval odamlar, birinchi navbatda, himoyaga muhtoj qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini ko`rish zarurligi inobatga olinadi. Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish o`zbek modelining insonparvarlik mohiyatini belgilovchi tamoyillardan biridir.

Beshinchi tamoyil – bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o`tish. Bu yetakchi tamoyil bo`lib, islohotlarning butun ichki mantig`ini, rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi. Bozor iqtisodiyotiga tadrijiy ravishda, puxta o`ylangan holatda bosqichma-bosqich o`tish, mablag`lardan samarali foydalanish imkonini bermoqda, odamlarning safarbarligini oshirmoqda, ijtimoiy larzalarning oldini olmoqda, mulkchilik shakllarini bosqichma-bosqich rivojlantirmoqda. O`zbek modelining yana bir ustuvor xususiyati shundan iboratki, uning amalga oshirilishi mamlakatimiz ichida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarning izchil joriy etilishini ta`minlamoqda.

Taraqqiyotning o`zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an`analari, qadriyatlari va o`ziga xos ichki dunyosiga tayangan, ayni vaqtda, dunyo tajribasining ilg`or yutuqlariga asoslanganligi tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e`tirof etilmoqda.

Nazorat uchun sayolar:

1.Mustaqillik nima?

2.Mustaqil demokratik taraqqiyot deganda nimani tushunasiz?

3.Milliy g`oya tushunchasining demokratiya bilan bog`liqligini tushuntirib bering?

4.Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta`minlash jarayonida milliy-ma`naviy qadriyatlarning rolini bilasizmi?

5.Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta`minlashning umuminsoniy demokratik tamoyillarini aytib bering?

6.O`zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlashda davlatning rolini tushuntirib bering?

7.Yurt tinchligi qanday g`oya?

8.Vatan ravnaqi g`oyasi yoshlarni qanday ruhda tarbiyalaydi?

9.Xalq farovonligi g`oyasini amalga oshirishda mafkuraning roli qanday?

10.Mustaqil demokratik taraqqiyotning milliy g`oya konsepsiyasi bilan uyg`unligini aytib bering?

11.Taraqqiyotning o`zbek modeli deganda nimani tushunasiz?


Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish