O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


Istiqlolga asoslangan yangi g`oyalar tizimini takomillashtirish, uning ma`naviy ta`sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usulari va yo`lari



Download 251,05 Kb.
bet17/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

8.3.Istiqlolga asoslangan yangi g`oyalar tizimini
takomillashtirish, uning ma`naviy ta`sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usulari va yo`lari


O`zbekiston xalqining tub manfaatlari, yuksak orzu-umidlari, ezgu niyatlari va oldiga qo`ygan buyuk ishlarni amalga oshirish yosh avlodga bog`liq bo`lib, yosh avlod yurtni kelajakda taraqqiyot va farovonlik sari yetaklaydi. Insonni yetuk shaxs qilib tarbiyalashda ta:lim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaning eng muhim yo`nalishi g`oyaviy tarbiya bo`lib, bu inson qalbi va ongiga hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy tushuncha va qarashlarni, muayyan g`oya va mafkura tamoyillarini bosqichma-bosqich singdirishdan iborat bo`lgan jarayondir. Milliy g`oya chuqur e`tiqodga aylansa, u ulkan kuch va qudratga ega bo`ladi. G`oyaviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har bir a`zosi, ijtimoiy qatlam yoki guruhda ezgu g`oyalarga sadoqat, ularni amalga oshirish uchun mas`uliyat, yot va zararli g`oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishdir. Sog`lom g`oyalar natijasida insonda sobit e`tiqod va yuksak dunyoqarash shakllanadi. Mustaqillik davrida yoshlar ongida Vatanga, milliy qadriyat va an`analarga muhabbat ota-ona, oila va mahallaga mehr, kasb-hunar va bilimga intilish hissiyoti shakllantirilmoqda. Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo`lib, u millatning o`ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo`lida millat vakillarini birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo`nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Milliy g`oyani odamlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta`lim-tarbiya, targ`ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Milliy g`oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishda ta`lim va tarbiya muhim o`rin tutadi. Ta`lim va tarbiya jarayonida yoshlar ongiga milliy g`oya va mafkura singdirib boriladi. Ta`lim va tarbiyada milliy g`oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirish bosqichma-bosqich olib boriladi. Milliy g`oya targ`iboti va tashviqotining dastlabki bosqichi oila tarbiyasidan iborat bo`lsa, keyingi bosqichi maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan g`oyaviy tarbiyadir. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy savodxonlik va maktabdagi ta`lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi sifatida ko`rib o`tiladi. Ta`lim beruvchi barcha muassasalar-maktablar, litsev va kollejlar, texnikumlar, oliy o`quv yurtlari g`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiyaning asosiy o`choqlari bo`lib, ularda ta`lim berish jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e`tibor qaratiladi. G`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiya jarayonida ta`lim oluvchilarda Vatan tuyg`usini shakllantirishga katta e`tibor qaratiladi. Ona tiliga muhabbat uyg`otish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo`lgan ayolni ulug`lash, oilaviy tarbiyada vatanparvarlikka e`tiborni kuchaytirish, mahallaning demokratik institut va o`z-o`zini boshqarish organi sifatidagi mohiyatiga e`tiborni qaratish ham g`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiyadagi muhim masalalardir. G`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag`rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg`or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanligi kabi jihatlarga ham katta e`tibor qaratilmoqda Milliy g`oya va mafkurada dinning insonparvarlik mohiyati va davlatning dunyoviylik tamoyili masalalariga ham katta e`tibor qaratilgan. G`oyalar adolatli va haqqoniy bo`lib, ko`pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta`sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo`lsa, g oyaviy tarbiyadan ko`zlangan maqsadga erishiladi. G`oyaviy tarbiyani yo`lga qo`yish, sog`lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirib borish bugungi kundagi dolzarb masaladir.

O`zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi-xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir. G`oyaviy, mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, texnikumlar, oliy o`quv yurtlari, ommaviy axborot vositalarii, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, uzluksiz ta`lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo`g`indir, zero mafkuraviy maqsadlarni yoshlar ongiga singdirish vazifasi asosan ta`lim tizimi orqali amalga oshiriladi.

O`zbekiston o`zining milliy mustaqilligini qo`lga kiritganidan so ng “Islohot - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” degan ezgu g`oya asosida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga kirishdi. Aholining hayot darajasi va turmushi sifatini yaxshilashga qaratilgan faol ichki va tashqi siyosat olib borildi. O`zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan strategik ahamiyatga ega bo`lgan masalalarni yechish bilan bir qatorda, jamiyatimiz hayotini, fuqarolarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini tubdan o`zgartirishga qaratilgan ko`pqirrali vazifalar ham amalga oshirildi. O`zbekistonda islohotlar jarayonida barkamol insonni tarbiyalash masalasiga katta e`tibor qaratilib, “Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bolishlari shart”, shiori olib borilayotgani insonparvar siyosatning mohiyatini tashkil etdi. O`zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati “Bizga tinchlik va omonlik kerak” shiorida o`z ifodasini topgandir. O`zbekiston mustaqilligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, xalqimiz faravonligini ta`minlashga qaratilgan ishlar “Ona- Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish - oliy saodatdir” degan shiorda o`z ifodasini topdi. Shu bilan birgalikda O`zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili amal qilmoqda. Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik sohasmi qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashda, “Xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi” degan tamoyilga tayanilmoqda.

Milliy g`oya targ`iboti va tashviqoti yuqorida ko`rsatib o`tilgan g`oyalar va tamoyillarga tayanilgan holatda olib borilib, ushbu jarayonda quyidagi masalalarga e`tibor qaratiladi. Milliy g`oya mustaqillikni mustahkamlash, uni asrab-avaylash va himoya qilish omili bo`lib, u inson ongini bunyodkorlik g`oyalariga yo`naltirishga xizmat qiladi. Milliy g`oyani o`rganish insonda milliy g`ururni uyg`otadi va uni doimo o`zligini bilib yashashga undaydi. Shuning uchun milliy g`oya Vatan, millatning dardi, orzu-umidlarini, maqsadlarini, sha`nini baland tutib, uni doimo qalbida saqlagan holda o`zligini boyitib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.


8.4.Inson, uning sha`ni va qadr-qimmati, huquq va
erkinliklarini taminlashning huquqiy kafolatlari


Har qanday mamlakatning demokratik taraqqiyot yo`lidan ketayotganligini ko`rsatuvchi muhim belgilardan biri o`sha mamlakatda insonning sha`ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarining himoya qilinishi ta`minlanishidir. O`zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy davlat qurishdan asosiy maqsadi mamlakatda yashovchi har bir insonning huquq va erkinliklarini to`la ta`minlashdan iboratdir. O`zbekiston mustaqilligidan so`ng insonning sha`ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga katta e`tibor qaratildi. Inson huquqlariga amal qilishni ta`minlovchi vositalardan biri - har bir insonning o`z huquqini yaxshi bilishi, huquqiy ong va madaniyat darajasining yuqori bo`lishidan iboratdir. Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar”, degan modda kiritilgan, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”. Har bir jamiyatning yetakchi kuchi bu inson bo`lib, inson jamiyatning rivojlanishida, uning tarkib topishida eng asosiy o`rinni egallaydi. O`zbekislonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida insonning jamiyatda tutgan o`rni masalasi eng muhim masalaga aylanib bormoqda. Inson huquqlari davlat tomonidan ruxsat etilgan, man etilgan va uning o`z xohishi bilan amalga oshirilishi mumkin bo`lgan huquqlarga bo`linadi. O`zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, davlatimiz ishlarini rivojlantirish, mustaqilligimizni mustahkamlashga qaratilgan 200 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Inson qonun doirasida o`ziga berilgan huquq va erkinliklarni hamda burchlarni aniqlaydi, unga rioya etishga harakat qiladi. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu ko`st yashash imkoniyatini beruvchi, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o`zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta`minlovchi huquqiy maqomdir. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar qonunlarning mazmuni qo`llanilishiga hamda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning faoliyatiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasining inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy kafolatlan tizimi bilan taminlangandan keyingina amalga oshishi mumkinligi masalasi muhim o`rin egallaydi. Inson huquq va erkinliklarini ta`minlashda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muhim aliamiyatga ega bo`lib, Konstitutsiyaning 13-moddasida, “O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deyilgan. Qadr-qimmat tushunchasi insonning o`z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligmi, o`z shaxsi oldida o`zi mas`ul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan hissiyot bo`lib, u sha`n, nomus, g`urur tushunchalari bilan bog`liqdir.

Mustaqilik davrida O`zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy qadriyatlar talablari darajasida shakllantirildi. O£zbekistonning bosh maqsadi-erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlatni barpo etishdan iborat bo`lsa, mustaqillikning asl mohiyati insonni va uning hayotini ulug`lashdan iboratdir. Mustaqilikning dastlabki paytidan boshlab O`zbekistonda inson huquqlari va ularni ta`minlash vazifasi davlat siyosatidagi ustuvor vazifalardan biri deb e`lon qilmdi. Demokratik taraqqiyot yo`lini tanlab, insonparvar davlat qurish yo`lidan ketayotgan davlatlar qatori O`zbekiston ham o`z Konstitutsiyasida insonlarning tabiiy, ajralmas huquqlari mavjudligi va barcha insonlar o`z qobiliyati, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy, mafkuraviy mansubligiga ko`ra har xil bo`lishiga qaramay, qonun va sud oldida tenghgi to`g`risidagi insonparvar qoidalarni oliy maqomda mustalikamlab qo`ydi. Inson shaxsining kamoli uchun erkin fuqarolik jamiyati zarur bo`lib, faqat shunday jamiyatdagina shaxs o`zining barcha qobiliyatlarini to`la amalga oshiradi. Bugungi kunda dunyoda inson va fuqaro huquqlari bo`yicha 300 dan ko`p xalqaro-huquqiy hujjat amal qilib turibdi. O`zbekiston mustaqillikdan so`ng inson huquqlariga doir xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoidalariga qat`iy rioya etishini butun xalqaro hamjamiyatga e`lon qildi. O`zbekiston tomonidan inson huquqlari bo`yicha 60 dan ortiq konvensiya imzolangan. Mustaqillik davrida O`zbekistonda huquqqa munosabat tubdan o`zgarib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining eng muhim vazifasi qonuniylikni ta`minlash, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarish, asossiz jinoiy ta`qib va xususiy hayotga aralashish holatlariga yo`1 qo`ymaslik, shaxsiy daxlsizlik huquqlari samarali muhofaza etilishini ta`minlash hisoblanadi. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari tizimida eng muhim va birlamchi huquq va erkinliklar - bu eng avvalo, shaxsiy huquq va erkinliklardir. Chunki, kishilarning shaxsiy huquq va erkinliklari ta`minlanganidan keyingina Konstitutsiya, qonunlar va qonun hujjatlarida mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va himoya qilinadigan boshqa huquq va erkinliklarni ta`minlash uchun shart-sharoit yaratiladi. Har bir shaxsning huquqi va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta`minlash, fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyilini hayotga izchil tatbiq etishga qaratilgan sud-huquq islohotlari bugun o`zining yuksak samaralarini bermoqda. O`zbekistonda sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish va liberallashtirish, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligini ta`minlash bo`yicha mamlakatimizda keng miqyosli ishlar olib borilmoqda. O`zbekistonda 2008-yil 1-yanvardan boshlab o`lim jazosini bekor qilish to`g`risida, shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o`tkazish to`g`risidagi qonun hujjatlarining amalga joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo`lib, mamlakatimizda dunyodagi eng insonparvar, liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. Jamiyatimiz taraqqiyoti yo`lida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli lslohotlar huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida fuqarolar o`z huquq va erkinliklaridan to`g`ri foydalanishlari va zimmalariga yuklatilgan burchlarini halol, ixtiyoriy va vijdonan bajarishlari lozim bo`lib, bular ma`lum bir ta`moyilar asosida amalga oshiriladi. Bu tamoyillarga qonuniylik, teng huquqlilik, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg`unlashganligi, huquq va burchlarning birligi tamoyillari kiradi. Qonuniylik barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O`zbekiston Konstitutsiyasi, respublika qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlarning aniq va og`ishniav bajarilishida o`z ifodasini topadi. Qonuniylik fuqarolarda ishonch tug`diradi, qonunning adolatliligi uning inson va jamiyat mustaqilligi ehtiyojlariga mosligidan kelib chiqadi. Teng huquqlilik tamoyili respublika fuqarosi huquqiy maqomining asosiy xususiyati bo`lib, u hamma fuqarolar huquqlari va burchlarining tengligini bildiradi. Fuqarolar belgilangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklardan foydalanishda ham teng huquqlarga egadir. Fuqarolarning o`z huquqlari va erkinliklaridan keng foydalanishlari ularning faolligini oshiradi va davlat oldida turgan vazifalarning bajarilishini osonlashtiradi.
Nazorat uchun savollar:

1.Insonparvarlik deganda nimani tushunasiz?

2.Milliy g`oyada avlodlararo vorislik va yangilanish qanday namoyon bo`ladi?

3.Jamiyatda yangi g`oyalar tizimi qanday tamoyillar asosida rivojlanadi?

4.Istiqlolga asoslangan yangi g`oyalar tizimida mafkuraning rolini tushuntirib bering?

5.Insonparvarlikning ma`naviy ta`sirchanligi nimalarda aks etadi?

6.Yangi g`oyalarning mafkuraviy samarasini oshirish usulari va yo`larini aytib bering?

7.Inson, uning sha`ni va qadr-qimmatining huquqiy asoslari qanday me`yoriy hujjatlarda ifodalangan?

8.Insonning huquq va erkinliklarini ta`minlashda asosiy Qomusimizning rolini tushuntirib bering?

9.Milliy g`oyada insonparvarlik tamoyili qanday o`rin egallaydi?

10.Ta`lim muassasalarida milliy g`oyani yoshlar ongi va qalbiga singdirishning samarali usulari qanday?

11.Avlodlararo vorislikda mafkuraviy immunitet qanday shakllanadi?

12.Milliy g`oyaning jamiyatdagi ma`naviy ta`sirchanligi deganda nimani tushunasiz?

13.Huquqiy davlatda inson sha`ni va qadr-qimmati qanday kafolatlanadi?

14.O`zbekistonda qanday huquq sohasidagi islohotlar amalga oshirilmoqda?


Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish