O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


-MAVZU: MILLIY G`OYADA SIYOSIY INSTITUTLAR VA MAFKURALAR XILMA-XILLIGI TAMOYILI



Download 251,05 Kb.
bet19/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

10-MAVZU: MILLIY G`OYADA SIYOSIY INSTITUTLAR VA
MAFKURALAR XILMA-XILLIGI TAMOYILI

10.1.Siyosiy institutlarda va siyosiy jarayonlarda turli xil
fikrlarning erkin ifoda qilinishi

Bugungi kunda O`zbekistonda kechayotgan faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlar siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishni talab etmoqda. Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o`tish bu davrilng asosiy xususiyatidir.

Ikki palatali parlamentning shakllanishi, Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori palata - Senatga o`tkazilishi, Bosh vazir huquq va vakolatlarining kuchaytirilishi “Davlat boshqaruvini vangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to`g`risida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi bilan yanada amaliy tusga kirdi.

Siyosat jamiyatning asosiy sohalaridan biri bo`lib, jamiyatning boshqa sohalari kabi xalqqa va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladi. U jamiyatning birligi va yaXIItligi, xavfsizlik va barqarorligi, tinch-totuvligi va osoyishtaligini ta`minlovchi sohadir. Siyosat jamiyatni boshqarish, tartibga solish va mustahkamlash uchun uning barcha sohalariga, ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy sohalarga chuqur kirib boradi va ta`sir o`tkazadi. Hozirgi paytda siyosiy institutlar xilma- xilligining siyosiy jarayonlarga bo`lgan ta`sirining oshib borishi kuzatilmoqda. Zamonaviy demokratik siyosiy institutlar - ikki palatali parlament, ko`ppartiyaviylik, turli ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar siyosiy hayotni demokrallashtirishga tobora kuchliroq ta`sir ko`rsatmoqda. Siyosiy tizim jamiyatda siyosat, hokimiyat va boshqaruvni shakllantirish hamda amalda ro`yobga chiqarish bilan bog`liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar yig`indisidan iborat bo`lib, siyosiy tizimni tashkil etuvchi elementlar siyosiy hokimiyatni shakllantirish va amalga oshirishdagi o`rniga qarab quyidagi to`rtta kichik tizimlar guruhiga ajratiladi. 1. Tashkiliy tizim bo`lib, bu tizimga davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar kiradi. 2. Madaniy-mafkuraviy tizim bo`lib, bu tizimga siyosiy madaniyat, siyosiy ong, mafkura va jamoatchilik fikri taalluqlidir. 3. Me`yoriy tizim bo`lib, bu tizim siyosiy-huquqiy, tashkiliy, axloqiy, siyosiy va boshqa me`yorlardan iboratdir. 4. Axborot-kommunikatsiya tizimi bo`lib, bu tizimga ommaviy axborot vositalari va ularning kommunikatsiyalari hamda ilmiy infratuzilmalar kiritiladi.

Xalq hokimiyatchiligi, demokratik maqsadlar va idealarni amalga oshirish uchun real istiqboli ko`proq barqaror bo`lgan siyosiy tizim turi - demokratiyadir. Demokratik siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari - fuqarolarning siyosatga keng jalb etilganligi, ular huquqlari va erkinliklarining kafolatlanganligi, hayot darajasining yuqoriligi, rivojlangan o`rta tabaqaning muhim rol o`ynashidan iboratdir. Demokratik siyosiy tizimda hokimiyatni amalga oshirishda hokimiyat institutlari va shaxslar keng ishtirok etadi, rahbarlik ko`ppartiyaviylik shaklida tashkil etiladi. Xalqning xohish irodasi parlament shaklida ifoda etilib, qonun chiqaruvchi organlar saylovlar asosida shakllantiriladi. Shu asosda demokratik siyosiy madaniyat shakllantiriladi, davlatni boshqarishda fuqarolar huquq jihatidan teng bo`ladilar. Siyosiy tizimni shakllantirishda milliy davlatchilik negizlariga tayanish va an`analarini hisobga olish natijasida hokimlik institutining tarixiy-siyosiy qadriyat sifatida tiklanishi, ko`ppartiyaviylikning shakllanishi, o`z-o`zini boshqarish organi - mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e`tibor qaratilganligi, milliy parlament-Oliy Majlisning ikki palatali qilib shakllantirilishi. saylov tizimiga muqobillik, ko`ppartiyaviylikning chuqur kirib borayotganligi, jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tuzilmalarining o`rni tobora oshib borayotganhgi islohotlar jarayonining tarkibiy qismlaridir. Sud-huquq tizimini chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo`yicha yangi konsepsiya hayotga tatbiq etilishi natijasida sudlar ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha alohida sudlar tashkil etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o`lim jazosi bekor qilindi, shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o`tkazildi. O`zbekistonni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo`lidagi vazifalarni hal etishga qodir bo`lgan yangi avlodni tayyorlash maqsadida 1997-yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. O`zbekistonda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi asosiy vazifalar, parlament roli va ta`sirini kuchaytirish, hokimiyat vakolatlarining ma`lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o`tkazish, nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta`sirini kuchaytirish, sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirish, matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, senzuradan xalos bo`lish, axborot erkinligini ta`minlash, aholining ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish vazifalari belgilab berildi.

O`zbekistonning inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, iqtisodiy, siyosiy, yuridik, tashkiliy kafolatlari tizimi bilan ta`minlandi. Inson huquq va erkinliklarini ta`minlashda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muhim o`rin tutib, O`zbekistonda kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari faol ish olib bormoqdalar. O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat bo`lib hisoblanadi. O`zbekistonda olib borilayotgan siyosatdagi asosiy maqsad bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdir. O`zbekistonda inson huquqlari eng oliy qadriyat bo`lib hisoblanib, bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e`tiqodlaridan qat`iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlab beradigan davlatdir. Mustaqillik yillarida O`zbekistonning siyosiy qurilishi, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida tub ijodiy o`zgarishlar, yangilanish jarayonlar sodir bo`ldi va bu jarayon davom etmoqda. O`zbekistonda ko`ppartiyaviylik asosida o`tkazilgan saylovlar natijasida ikki palatali parlament shakllanib, faoliyat yuritmoqda. Sud-huquq tizimi sohasidagi lslohotlar o`zining hal qiluvchi bosqichiga ko`tarildi. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ma`muriy islohotlar o`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra ijro hokimiyatining samaradorligini tubdan yaxslnlashni ta`minlashga qaratilmoqda. O`zbekiston mustaqilligidan so`ng mamlakatimiz fuqarolari siyosiy ongi va siyosiy madaniyatini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta`minlash borasida ko`pgina ishlar amalga oshirildi. O`zbekistonda inson huquqlari va uni ta`minlash masalasi davlat siyosatidagi ustuvor masalalardan biridir.


10.2.O`zbekistonda ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishi

Mustaqillikdan so`ng O`zbekistonda ko`ppartiyaviylik tizimi qaror topgan bo`lib, “partiya” atamasi lotincha “pars” so`zidan kelib chiqqan va “qism”, “bo`lak” degan ma`nolarni bildiradi. Siyosiy partiya deganda fuqarolarning muayyan siyosiy maqsadlar atrofida birlashgan va muayyan siyosiy tashkilotlarga uyushgan qismi tushuniladi. Siyosiy partiyalar bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida xalq bilan hokimiyat o`rtasida asosiy bog`lovchi bo`g`in bo`lgan demokratik institutga aylandi. Siyosiy partiya muayyan guruh yoki qatlamning maqsad va manfaatlarini ifoda etuvchi, uni umumdavlat va umummillat manfaatlari bilan uyg`unlashtirgan holda faoliyat ko`rsatadigan, rivojlanishning siyosiy yo`nalishlarni aniqlab beradigan siyosiy tashkilotdir. Siyosiy partiya muayyan siyosiy dastur asosida faoliyat ko`rsatib, siyosiy partiya atrofida jamiyatning muayyan guruhlari, tabaqalari, sinflari ma`lum bir maslak, g`oya asosida birlashadilar. Siyosiy partiyalar, odatda butun jamiyatning emas, balki jamiyatdagi muayyan bir ijtimoiy guruhning, gohida esa aholi qatlamlari katta bir qismining manfaatlarini ifoda etadilar. Siyosiy partiyalar jamiyatdagi muayyan guruhlar manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar. Bu manfaatlar ular uchun ijtimoiy asos, manba bo`lib xizmat qiladi, partiyalar bu manfaatlarni himoya qiladilar va ularni qondirish uchun hokimiyatga erishishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yadilar. Keng jamoatchilikning, butun jamiyatning xayrixohligiga, qo`llab-quvvatlashiga erishish yo`larini qidirish - siyosiy partiyaning muhim xususiyatlaridan biridir.

“Biz yurtimizda ko`ppartiyaviylik tizimini mustahkamlab, iqtisoqiy va ijtimoiy jarayonlarda partiyalarning rolini oshirishga ko`rnaklashamiz, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Qachonki, siyosiy partiyalarning faolligi oshib, parlament faoliyati doirasida ular o`rtasida sog`lom raqobat va bahs-munozara muhiti shakllansa, shundagina vakillik hokimiyati organlari ham samarali faoliyat ko`rsatadi. Buni hayotning o`zi hammamizga har kuni ko`rsatayapdi. Agar rahbarlarimiz xalq vakillari bilan maslahat qilib ish tutsa, xato kam bo`ladi. Shuning uchun vakillik hokimiyati organlari ishi samarali bo`lishida partiyalarimiz faolligini oshirishimiz shart. Xalq deputatlari mahalliy kengashlarida partiya guruhlarining vakolati va rolini oshirish, ayniqsa, ijro hokimiyati organlari faoliyatini nazorat qilish borasidagi ta`sirni yanada kuchaytirish zarur, deb hisoblaymiz”.

O`zbekistonda siyosiy partiyalar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tarkibiga, demokratik parlamentning asosiy omiliga aylanib, siyosiy partiyalar o`zlarining jamiyat siyosiy tizimida egallagan mavqelaridan kelib chiqib dasturlar ishlab chiqadilar, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yo`larini belgilab beradilar. Shu orqali jamiyat va davlat rivojiga o`z hissalarini qo`shadilar. Siyosiy partiyalar siyosiy jarayonlarning jamoatchilik nazorati ostida kechishini ta`minlashga yordam berish bilan birga davlatni jamiyatning turli ijtimoiy guruh va qatlamlari bilan bog`lab, ular o`rtasidagi mushtaraklikni yanada kuchaytiradilar. Bugungi kunda mamlakatimizda O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O`zbekiston “Adolat" sotsial-demokratik partiyasi, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O`zbekiston ekologik partiyasi faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekiston Xalq demokrarik parriyasiga 1991-vil 1- novabrida bo`lib o`tgan ta`sis qurultoyida asos solingan bo`lib, XDPning asosiy dasturiy maqsadi, bosh siyosati, kundalik faoliyatining asosiy qismi sifatida xalqinuz mehnat ahli, har bir oilaning moddiy va ma`naviy, barkamol bo`lishiga keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, dini, mazhabi, millatidan qat`iy nazar, barcha insonlarning sha`ni, qadr-qimmati, tinch hayotini ishonchli himoya qilish belgilangan. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyoji bor fuqarolar manfaatlarini ifodalaydi va ularni ijtimoiy jihatdan himoya qiladi. Bular - iqtisodiyotda band bo`lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar, doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo`lmagan aholi qatlarini, boshqa ijtimoiy sohalarining xodimlari va mutaxassislari, kam ta`minlangan va ko`p bolali oilalar, pensionerlar hamda imkoniyati cheklangan kishilardan iboratdir. Partiyaning markaziy nashrlari “O`zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalaridir.

O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar o`rtasida xronologik jihatdan ikkinchi o`rmda turadigan partiya O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. O`zbekiston ASDP 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan bo`lib, partiya ijtimoiy tarkibini asosan, ziyolilar, yoshlar, ishchilar va aholining boshqa qatlamlari tashkil qiladi. O`zbekiston ASDP o`z dasturida O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlashni siyosat sohasidagi asosiy vazifa deb biladi. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mamlakatimizda mafkuraviy bo`shliqqa yo`l qo`ymashkni o`zining muhim vazifalaridan biri qilib belgilagan. Partiya dasturida jamiyatda adolat mezonining buzilishiga qarshi kurash olib borish vazifasi qayd etilgan bo`lib, bu vazifa jamiyatda adolatni, haqiqatni qaror toptirish, qonun ustuvorligini ta`minlash, demokratik yuksak onglilik, ma`naviy-axloqiy qadriyatlarga amal qiluvchi fuqarolarni tarbiyalashdek tadbirlar bilan hamohang tarzda amalga oshiriladi. O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi demokralik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asosiangan kuchli, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda O`zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta`minlangan ma`naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etishdan iboratdir. “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O`zbekiston “Adolat" sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi.

O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalardan yana biri O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hisoblanadi. O`zbekiston MTDP 1995 yil 3-iyundagi ta`sis qurultoyida tashkil topgan edi. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an`analarni va qadriyatlarni saqlashdan iboratdir. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O`zbekistonning globallashib borayotgan dunyoda munosib o`rin egallashini ta`minlashni yoqlaydi. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi biz faxrlanadigan milliy an`analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo`lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Bunday shaxslar partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillari boshlarigan milliy qadriyatlarni tiklash, o`zlikni anglash, milliy g`oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma`naviy hayotida diniy an`analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy siyosiy shiori - “O`zbekiston fuqarosi ongida o`z mamlakatining tarixiy o`tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg`usini tarbiyalash va mustahkamlash”dan iboratdir. Davlatning yangi xalqaro sharoitlarda va geosiyosiy voqelikda milliy manfaatlarini ro`yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan amaliy qadamlarining taktik va strategik maqsadlari va vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi mavjudligi - bizning muqaddas orzumiz va strategiyamiz bo`lgan yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi - umummilliy g`oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtirishga asoslangan yo`lini O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ya`ni O`z.MTDP qo`llab - quvvatlaydi. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining matbuot nashri “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.

O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003-yilning 15- noyabrida tashkil topib, O`zLiDeP mulkdorlar sinfi, kichik biznes, fermer xo`jaliklari, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi yuqori malakali mutaxassislar hamda ishbilarmon kishilar manfaatini ifoda etib, himoya qiladi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda O`zLiDeP quyidagilarni o`z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida belgilagan. Eng avvalo, O`zLiDeP siyosiy kuchga aylanib, tadbirkorlarning yo`lini yanada ochib, ularning lstiqbolini ham nazariy, ham amaliy sohalarda isbotlab berish, manfaatini himoyalash, ertangi kunini ta`minlash, shu ijtimoiy toifa nomidan O`zbekistonning siyosiy sahnasiga chiqishni va o`zining munosib o`rnini egallashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan, uning strategik istiqbolari dasturini Konstitutsiya tamoyillariga suyanib, boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish uchun partiyaning kuch- imkoniyatlarini safarbar etishni ham asosiy vazifa sifatida belgilagan. O`zbekiston tanlagan ochiq demokratik, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojiga keng yo`l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirish ham partiyaning vazifalaridandir. O`zLiDeP davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta`sir o`tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, hayotimizdagi muammolarni hal etishda ko`rnaklashish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, asrab-avaylashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish, o`zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g`oyalar va maqsadlarni o`z faoliyati bilan keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o`ylangan tashviqot va targ`ibot ishlarini olib borish va o`z safini kengaytirishni o`ziga asosiy vazifa sifatida belgilagan. O`zLiDeP yuqorida qayd etilgan vazifalarni o`z ustavida mustahkamlab, amaliy faoliyatida ro`yobga chiqarmoqda. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining matbuot nashri “XXI asr” gazetasi bo`lib, bu matbuot nashri partiya faoliyatini keng yoritish, o`z maqsad va vazifalarini amalga oshirishga, aholini siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga salmoqli hissa qo`shnioqda.

O`zbekiston ekologik partiyasi 2018-yilning 8-yanvarida tashkil topib, yangi partiya sifatida o`zining faoliyatini boshladi. O`zbekiston ekologik partiyasi - jamiyatning barcha kuchlari, O`zbekistonning bugungi fuqarolar va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof-muhitda yashash huquqiga ega bo`lishlari, aholi salomatligmi yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo`naltirilgan sayi-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. “Sog`lom muhit - inson salomatligi” ekologik partiyaning bosh shioridir.

O`zbekistondagi mavjud siyosiy partiyalar o`z faoliyatlarini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oliy Majlisning

“Siyosiy partiyalar tog`risida”gi (1996-yil 26-dekabr), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida”gi (2004-yil 29-avgust), “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni (2007-yil 11- aprel) asosida amalga oshiradilar. Partiya O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingach, yuridik shaxs maqomini oladi. Bizdagi ko`ppartiyaviylikka asoslangan siyosiy tizim har bir partiya uchun qonun doirasida o`z faoliyatini erkin amalga oshirishda shart-sharoilarni yaratib beradi.

Shuning uchun ham siyosiy partiyalar o`z dasturiy maqsad va vazifalarini, mafkuraviy sohadagi ishlarni qayta ko`rib chiqib, ularga zarur o`zgartish va qo`shinichalar kiritishi, bunda jahon tajribasini o`rganish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish foydadan xoli bo`1maydi,-deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi siyosiy jarayonlarda umummilliy ehtiyojdan kelib chiqqan holda partiyalar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda amaliy muqobil takliflar bilan chiqishlari, turli ijtimoiy guruhlarning demokratik jarayonlardagi ishtirokini ta`minlashlari, o`z vakolatlari darajasida xalqni o`z orqalaridan ergashtirib, uni mustaqillikni mustahkamlashga safarbar etishlari zarurdir. O`zbekistonda demokratiyani barpo etish, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlarda siyosiy partiyalar bevosita ishtirok etmoqdalar.




Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish