O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


-MAVZU:MILLIY G`OYA NEGIZLARINI ASRAB- AVAYLASH, UNI HIMOYA QILISH SHART-SHAROITLARI VA OMILLARI



Download 251,05 Kb.
bet22/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

11-MAVZU:MILLIY G`OYA NEGIZLARINI ASRAB-
AVAYLASH, UNI HIMOYA QILISH SHART-SHAROITLARI
VA OMILLARI

11.1.Milliy g`oyaning negizlari tushunchasi, uning inazmun va
niohiyati

Milliy g`oyaning ma`no-mazunini belgilaydigan asoslardan biri xalqimizning qadimiy va boy tarixi bo`lib, yurtimizdagi qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an`analari, Vatanimizning shonli tarixi, boy tarixiy moddiy va ma`naviy merosi to`g`risidagi tasavvur va tushunchalar, shu muqaddas diyorda yashayotgan har bir inson qalbida g`urur - iftixor tuyg`ulariini uyg`otadi. Xalq og`zaki ijodi namunalari, san`at durdonalari, milliy qahramonlarimizning ibratli hayoti milliy g`oya va mafkuramiz oziqlanadigan manbalardir.

Har qanday g`oya singari milliy g`oya ham o`zining tub ildizlariga egadir. Shu ma`noda unga kuch berib, rivojlanishi uchun asos vazifasini o`taydigan milliy g`oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlarini yaratish bilan birga, uning rivojlanishiga munosib hissa qo`shish yurtning baxtli kelajagini o`ylagan har bir fuqaro uchun mas`uliyatdir.

Milliy g`oya fanining tarixiy ildizlari o`zbek xalqining milliy o`zligini anglashi, ozod va obod Vatan ravnaqi yo`lida tinmay samarali erkin mehnat qilishi, insoniylikni ulug` fazilat deb bilib, komil insonlarni voyaga yetkazishga yordam beruvchi moddiy va ma`naviy madaniyat yutuqlariga asoslanadi. Milliy g`oyaning falsafiy asoslari deb har qanday g`oya va mafkuraning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma`naviy asos bo`lib, nazariy-uslubiy vazifani bajaradigan ilmiy falsafiy ta`limotlarga aytiladi.

Milliy g`oya tamoyillari asosida O`zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat asoslarining eng qadimgi ildizlaridan biri “Avesto”dir. U miloddan avvalgi VII-IV asrlarda hozirgi O`zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan ilk davlatchilik to`g`risidagi ijtimoiy-falsafiy, diniy ta`limot hisoblanadi. “Avesto”ni “Hayot yo`qnomasi”, “Qonunlar to`plami”, “Bilimlar majmuasi” deb bejiz atashmagan. “Avesto”da xalqimizning miloddan avvalgi davrdagi hayoti, dunyoqarashi, olam va odam to`g`risidagi tasavvur, urf-odat va ma`naviy qadriyatlari, g`oyalari, diniy qarashlari o`z ifodasini topgan. Hozirgi adolatparvar demokratik jamiyat asoslarini yaratishga qaratilgan milliy g`oya bilan hamohang ijtimoiy-falsafiy fikr “Avesto”da mavjudligi yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, manbalarda yozilishicha, mahalliy xalqni o`z asoratida tutib turish uchun bosqinchilar mustahkam o`rnashib olish maqsadida “Mahalliy xalq ustidan o`z hukmini yanada mustahkamlash, ular ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi natijasi o`laroq, boshqaruv apparati, boshqaruv markazi muntazam qurolli kuchlar, nazorat organlari tashkil etila boshlandi. Davlat ana shu tartibda tarkib topa boshladi”. Ana shunday tarixiy sharoitda mahalliy xalqni birlashlirish obyektiv zaruriyatga aylanib, qadimgi ma`naviy merosimiz bo`lgan “Avesto”da milliy g`oyani asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma`naviy yuksaklikka da`vat etish, odamlar o`rtasida mehr-oqibat tuyg`ularini mustahkamlash va xalq an`analarini saqlab qolish kabi fikrlar ilgari surilgan. Miloddan oldingi VII asrda Markaziy Osiyo hududida temirdan yasalgan mehnat qurollari keng tarqalib, mehnat unumdorligi oshdi, jamiyatda mulkiy jihatdan tabaqalanish yuz berib, turli tabaqalar, chorvador va o`troq ziroatkor xalqlar o`rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Mana shunday sharoitda jamiyatdagi barcha odamlarning manfaatlariga javob beruvchi mafkuraga ehtiyoj vujudga kelib, bu mafkura vazifasini “Avesto” bajardi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar-Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlari “Avesto” bilan bir vaqtda vujudga kelgan bo`lib, Zardo`sht ta`limoti cho`l bilan voha xalqi, kelgindi va o`troq xalqlar o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishda mulum ahamiyat kasb etdi. “Avesto”da davlat boshqaruvi tizimiga doir, jamiyat tarixi va uning rivojlanishiga oid ma`lumotlar o`z ifodasini topgan bo`lib, unda avvalo, inson haq-huquqi, manfaati, erki, uning ruhiy, ma`naviy komilligi masalalariga katta e`tibor qaratilgan. “Avesto”da “Ezgu fikr, ezgu so`z va ezgu amal”ni amalga oshirish asosiy g`oya bo`lib, barcha insonlar unga da`vat etiladi. Shu bilan birgalikda zardushtiylar iymoni mana shu uch so`z “Ezgu fikr, ezgu so`z va ezgu amal”dan iborat ekanligi ta`kidlanadi.

“Avesto”da sog`lom avlod g`oyasini amalga oshirish masalasida ham bir qator falsafiy fikrlar ilgari surilgan. Oila qurishda yigit va qizning sog`lom bo`lishi, inson faqat halol mehnat evaziga topilgan rizqni yeyishi, oila qurganda er va xotinning teng huquqliligi masalalariga katta e`tibor qaratilgan. “Avesto” Vatanimiz hududida buyuk davlat, buyuk madaniyat, buyuk ma`naviyat bo`lganidan guvohlik beruvchi bebaho tarixiy hujjat bo`lib, ming yilar, asrlar davomida avlodu-ajdodlar uchun ma`naviy-ruhiy tayanch, cheksiz kuch-quvvat manbai bo`lib kelgan. Qadimgi ajdodlarimizning ezgu g`oyalari va milliy davlatchilik an`analari aks etgan bu kitobda milliy g`oyamizning tarixiy negizlari o`z ifodasini topgandir.

O`rta asr Sharq Uyg`onish davrining buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiy o`zining “Fozil odamlar shahri” risolasida jamiyatni boshqarish tizimi haqidagi ilmiy-nazariy ta`limotni yaratdi. Forobiyning demokratik jamiyat haqidagi ta`limotining asosini adolat va axloq, qonunchilik g`oyasi tashkil etadi. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar (ya`ni mamlakat) shunday boladiki, - deb ta`kidlaydi Forobiy, - shu mamlakatning aholisidan bo`lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma barobar bo`ladi, kishilar o`rtasida farq bo`lmaydi, har kim o`zi istagan va o`zi tanlagan kasb-hunar bilan shug`ullanadi Odamlar chin ma`nosi bilan ozod bo`ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo`lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo`ladi”.

Odil - demokratik jamiyat barpo etish haqida gap borar ekan, Amir Temur va temuriylar davriga alohida to`xtalmoq lozim. Chunki, bu davrda demokratik jamiyat nazariyasi emas, balki uning real voqelikda namoyon bo`lishi bilan bog`liq muhim ilmiy-falsafiy g`oyalarni uchratishimiz mumkin.

Ma`lumki. XIII asrda Markaziy Osiyo mintaqasi mo`g`ullar tomonidan bosib olinib, ushbu jarayon shakllanayotgan milliy davlatchilik tamoyillari rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Mo`g`ular istilosi Markaziy Osiyo xalqlari moddiy va ma`naviy madaniyati tanazzuliga olib kelib, shaharlar vayron qilindi, aholining ko`pchiligi qirib tashlandi, milliy davlatchilik yo`q qilindi. Ayniqsa, ma`naviy hayotda, iqtisodiyotning izchil rivojlanishida va ijtimoiy munosabatlarda bu ta`sir yaqqol namoyon bo`lib, Markaziy Osiyo xalqlari qattiq jabr-zulm ostiga olindi, mehnatkash mahalliy aholi soliqlardan qattiq ezildi, ularga nisbatan zo`ravonlik siyosati olib borildi. Mo`g`ular istilosi davrida ming yilar davomida avloddan-avlodga o`tib kelayotgan moddiy va ma`naviy merosimizga juda katta zarar yetkazildi, ko`plab ilm-fan maskanlari, madrasalar va qiroatxonalar yakson qilindi. Ana shunday, bir murakkab davrda Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi va Markaziy Osiyoda mustaqil davlatchilik tizimini shakllantirishi mamlakatda ichki nizolarni, mahalliy xalqqa nisbatan adolatsizlikni bartaraf etishga olib keldi. Amir Temurning dunyoda buyuk shaxs, davlat arbobi, mashur sarkarda, fan va madaniyat homiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo`lgan fazilatlar “Temur tuzuklari”da o`z ifodasini topgan bo`lib, ushbu asarda davlatni boshqarish, mamlakatni idora qilish yo`l-yo`riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari o`rin olgandir. “Temur tuzuklari”da do`stlik, vafodorlik, iymon va e`tiqod, kasb-hunar va boshqa insoniy fazilatlarga rioya qilish to`g`risida fikr yuritilgan. “Temur tuzuklari”da ilgari surilgan fikr va g`oyalar bugungi kunda ham katta ahamiyatga egadir.

“Yana tajribamda ko`rib bildimki, davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to`ra-tuzukka bog`larinias ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo`qoladi, - deydi Amir Temur, - Bunday sallanat yalang`och odamga o`xsharkim, uni ko`rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi – to`sig`i yo`q uyga o`xshaydi. Shuning uchun ham men o`z saltanatim binosini dini islom, to`ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishimda uchragan har qanday voqea va ishni to`ra va tuzuk asosida bajardim”. Amir Temur davlatining mafkurasi islom dinining Hanafiylik mazhabiga asoslangan bo`lsa, to`ra va tuzuk qonun-qoida, qonunlar degan ma`noni bildirib, Amir Temur davlatida davlat boshqaruvi qonunlarga asoslangan holda olib borilishini o`zida ifodalaydi. Ikkinchidan, hayotda, davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va haqiqatning ustuvorligini ta`minlash uchun kurash masalasi “Temur tuzuk”larida ilgari surilgan asosiy masaladir.

Amir Temurning Markaziy Osiyo xalqlari tarixida adolatli davlat barpo etishdagi tutgan o`rni alohida ahamiyatga molik bo`lib, u markazlashgan yirik davlatga asos solgan buyuk siymodir.

E`tiborli jihati shundaki, musulmonlarga diniy masalalardan ta`lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilganligi sohibqironning demokratik tizimni ijtimoiy hayotga joriy etish uchun ma`navryat, mafkura va g`oyaning ahamiyatiga alohida e`tibor qaratganini ko`rsatadi. Ijtimoiy qatlamlar va guruhlariga tayangan holda faoliyat yuritish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish o`sha davr boshqaruvining o`ziga xos jihatlaridan biri edi. Temur esa, davlatni boshqarishda alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlarini himoya qilmasdan, davlat tizimining qatlamlariga, har bir fuqaroga tayanadi. “Saltanatim ishlarni qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim. - deydi Amir Temur, - Saltanatimni o`n ikki toifaga bo`lib, ularga tayangan holda ish yurgizdim. Saltanatim qonun-qoidalarini ham shu o`n ikki toifaga bog`lab tuzdim. Bu o`n ikki toifani saltanatim falakining o`n ikki burji va davlatim korxonasining o`n ikki oyi deb hisobladim”. “Temur tuzuklari”da aytilishicha, davlat asosini o`n ikki ijtimoiy toifa tashkil qilib. ularga 1) savyidlar, ularno, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarion, donishniand odamlar; 3) xudojo`y, tarkidunyo qilgan kishilar; 4) no`yonlar, amirlar, mingboshilar, ya`ni harbiy kishilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotiblar; 8) hakimlar, tabiblar, munajjimlar, muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 1O) ahli hunar va san`atchilar; 11) so`fiylar; 12) savdogar va sayyohlar kiradi. “Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir... Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin”, - devdi Amir Temur.

Markaziy Osiyoda demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda ma`naviyat, mafkura va milliy g`oyaning naqadar muhimligi haqidagi ta`limotlar tariximizda ham, hozirgi davrda ham nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega bo`lib, yirik mutafakkirimiz Alisher Navoiy ham o`z faoliyatida amaliyot bilan nazariyaning birligini mujassam etgan siymolardan biri bo`lib hisoblanadi.

Alisher Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida xalq hokimiyati va davlat siyosatining adolatga asoslanganligini va uning mafkuraviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo`shgan, Uning fikricha, adolatsizlik, fuqarolarning fikrini inobatga olmaslik davlat boshqaruv tizimi tanazzuliga sabab bo`ladi va pirovard natijada demokratik jamiyat emas, balki jamiyatni jaholatga olib keladi.

Alisher Navoiy o`zining shoh asarlaridan biri bo`lgan “Mahbub ul-qulub” nomli asarida, “Goh amirlik o`rnida o`tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arzu dodini so`rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko`rsatdim”, - deydi. Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy ta`limotining asosida adolatli jamiyat g`oyasi yotadi. Adolatli jamiyat esa, kishilarning jamiyat hayotidagi tengligini ta`minlay oladi. Bunday jamiyatga erishishda, nafaqat podshohning adolatliligi, balki kishilar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning yuksak ma`naviyat va mafkura asosida sog`lom bo`lishi lozimligiga e`tibor qaratiladi. Alisher Navoiy dostonlaridagi asosiy g`oya va mavzu mehnatkash xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo`yish, adolat va insof, mardlik va qahramonlik, sof sevgi va muhabbat, halollik va rostgo`ylik, go`zallik va nafosatni ulug`lash, mehnatni butun borliqning boshlang`ich ibtidosi va asosi deb bilishdir. Navoiy dostonlaridagi asosiy qahramonlar - Farhod, Shirin, Layli va Majnun kabi obrazlar insonlardagi barcha ulug` va oliyjanob fazilatlarni o`zlarida mujassamlashtirgan. Navoiyning xalqchil asarlari uning obro`siga yana obro` qo`shadi. O`zbekiston mustaqilligidan so`ng avlodlarimiz ongida milliy ong, mustaqillik tafakkuri va milliy birlik kabi g`oyalarni shakllantirishda Alisher Navoiyning bosib o`tgan boy, jo`shqin hayot va ijod yo`li hammamiz uchun ibrat va namunadir.

Yurtimizga islom dini kirib kelishi bilan adolatli jamiyat haqidagi tarixiy ma`lumotlarning barcha ko`rinishlarida islom falsafasi, fiqh ilmi arkonlari, ilmi kalom, ilmi hikmat, ilmi rivoyat, tavhid ilmining barcha qarashlari o`z ifodasini topa boshladi.Islomning birinchi ildizi tavhid, ikkinchi ildizi axloq va uchinchi ildizi ilmdir. Qur`oni Karimdagi ilm, madaniyat, ma`naviyat, ma`rifat haqidagi g`oyalar umumbashariyatga tegishli bo`lib, unda ilm-ma`rifatga inson ma`naviy-axloqiy barkamolligining ustuvor sohalaridan biri sifatida qaralgan. “Quron” kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. “Qur`on”da saxovat, mehmondo`stlik, jasorat, sabr va qanoat, qo`li ochiqlik, bag`rikenglik, muruvvatlilik, keng fe`llilik, to`g`rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e`tibor berilgan va yuksak ma`rifat belgisi deb qaralgan. Hadislar islomda Qur`oni Karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi va xalqning turmush tarzidagi barcha qonun-qoidalarini belgilab beradi. Hadislarda insonning inson oldidagi mas`uliyati “savob” va “gunoh” tushunchalari orqali bayon etilib, hadislarda ota-ona, keksalarni hurmat qilish, ayolarni e`zozlash, halollik, qanoat, ilmli bo`lish, saxovat, ishonch, rostgo`ylik, xayr-ehson, diyonat, vafo, qadr, rahm-shafqat, sahiylik, sadoqat, mehr-oqibat kabi masalalar bayon etilgan.

Binobarin, islom dini jamiyatda insonparvarlik, adolatparvarlik g`oyalarini keng targ`ib-tashviq qilib, unda, birovlarning haqiga ko`z olavtirish, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o`g`rilik kabi qabih ishlar bilan shug`ullanish, fohishabozlik, poraxo`rlik qattiq qoralanadi. Islom dini odamlarni harom-harish yo`lardan uzoq yurishga, insofli- diyonatli bo`lishga, o`zidan yaxshi iz qoldirishga undaydi. “Biz ko`p joylarda jaholatga qarshi ma`rifat tashabbusi bilan chiqyapmiz, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. - Muqaddas islom dinini niqob qilib boshqa ko`chalarga kirib ketayotgan johil kimsalar bir narsani tushunmaydi yoki tushunishni istamavdi. Ya`ni, islom faqat nurli hayotga, ilm-ma`rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo`ravonlikka chaqirmaydi, deb ta`kidlanishi islomning odil jamiyat qurishda o`rni beqivos ekanligini ko`rsatib turibdi.

Ijtimoiy voqelikning turli sharoitlarida O`zbekistonda odil jamiyat, demokratik jamiyat haqidagi nazariyalar va ta`limotlar tarixiga oid misolarning goh unisi, goh bunisi o`z mohiyatini, ahamiyatini ko`proq namoyon qilishi mumkin. Ammo bizning

nazarimizda, yuqorida ko`rib chiqqan jihatlar bugungi kunda O`zbekistonda barpo etilayotgan demokratik janiyatning tarixiy- nazariy asoslari desak, mubolag`a bo`lmaydi. Binobarin, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek: Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo`lida birlashishga da`vat etadigan teran ma`noli fikr va g`oyalar bugun ham o`z qimmati va ahamiyatini yo`qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo`la turib, ularni har tomonlama o`qib-o`rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o`sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo`yicha yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak.

Shu o`rinda, ulug` ajdodlarimiz yaratgan boy ijtimoiy-falsafiy, ma`naviy-madaniy meroslarning tiklanib borishi va xalqimiz hayotiga kirib borishini alohida ta`kidlash kerak. Ayniqsa, jahon ilm fani va tafakkuri taraqqiyo`tida muhim o`rin egallagan ilmiy-falsafiy meros, ma`naviy qadriyatlarimiz demokratik jamiyatning shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish bugungi kundagi muhim vazifadir.

Kelajagi buyuk davlatni barpo etish jarayonida o`zining tub negizlariga asoslangan milliy g`oyalarimiz O`zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish, milliy o`zlikni anglash, milliy g`urur, iftixor tuyg`ularini yuksaltirish, insonning qobiliyatini rivojlantirish, uning o`z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib, millat taraqqiyoti yo`lida jipslashib bir maqsad sari harakat qilishiga zamin bo`lib xizmat qiladi.

Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo`ladi. - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. - Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o`rganish va ajlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Bugungi kunda boy tarixiy ma`naviy meros va milliy qadriyatlarni tiklash masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.



Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish