11.2.Milliy ma`naviy meros va umuminsoniy demokratik
tamoyillar. Ruhiy safarbarlik va ma`naviy jipslikning milliy
g`oya negizida shakllanishi
O`zbek xalqi o`zining boy milliy ma`naviy merosi bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Uning ildizlari juda chuqur bo`lib, uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. O`zbekistonda qo`lyozma va toshbosma asarlarning o`zidan yuz mingdan ziyod asarlar mavjud bo`lib, ular Toshkentda Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Qo`lyozmalar institute, Diniy nazorat, O`zbekiston Milliy uniyersiteti va boshqa joylarda saqlarinioqda.
O`zbek xalqining ma`naviy merosi IX-XX asrlarda yozilgan va fanning barcha muhim sohalariga-matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, minerologiya, fiqh, falsafa, tarix, adabiyotga oid asarlardir. Ma`naviy meros - insoniyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql zakovatining ifodasidir. O`zbekistonning boy ma`naviy merosi shakllanayotgan yangi ma`naviyatimizning negizini, poydevorini tashkil qilib, ma`naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va tajribalar mujassamlashgan bo`ladi. Milliy g`oya va milliy mafkuramiz ham ma`naviy merosimizga tayangan holda shakllanadi va uning yanada rivojlanishida muhim ma`naviy omil bo`lib xizmat qiladi. Ma`naviy meros xalqning muqaddas xotirasi bo`lib, uning insoniyat tarixi va ma`naviy taraqqiyotidagi tutgan o`rnini belgilab beradi. Ma`naviy merosga ilmiy munosabatni shakllantirishda, eng avvalo, unga aksiologik mezonlarga tayangan holda vondashish taqozo qilinadi. Ma`naviy merosni qadriyatlar nuqtai nazaridan tahlil qilish har bir muayyan qadriyatning taraqqiyotdagi o`rnini to`g`ri baholab, uning milliy istiqlol ma`naviyatini shakllantirishda qay darajada xizmat qila olishnii belgilashga imkon beradi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi O`zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlar qayta tiklanib, milliy qadriyatlarimiz istiqlol madaniyatini yaratishimizda negiz bo`lib xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanishi milliy g`oya va milliy mafkuramizda ham o`z ifodasini topib, jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda Bugungi kunda O`zbekistonda boy ma`naviy merosimizm tiklash va rivojlantirish jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma`naviy boyliklar - siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi, o`sha davr hayotini aks ettiradi va keyingi avlodlar uchun ma`naviy meros bo`lib qoladi. Har bir avlod mavjud ma`naviy merosga tayanib uni taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Ma`naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchungina emas, balki butun jamiyat, xalq uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ma`naviy merosni baholaganda umummilliy manfaatlardan kelib chiqiladi. Ma`naviy merosga aksiologik yondashganda xalqparvarlik va vatanparvarlik mezonlari ham asosiylardan bo`lib hisoblanadi. Haqiqiy qadriyat Vatanni sevishga, uni ardoqlashga, Vatan ravnaqi, yurt tmchligi va xalq farovonligi uchun jonini fido qilishga tayyor fuqarolarni tarbiya qilishga bog`liqdir. Jamiyatda yuksak ma`naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an`analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Milliy g`oya millat tafakkurining mahsuli bo`lib, turli xalqlarning milliy g`oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e`tiqodini ifodalaydi, ayni paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Ezgu g`oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g`oyalar xalqlarni taraqqiyotga olib boradi. Milliy ma`naviy qadriyatlar va milliy g`oyaning aloqadorligi ularning o`zaro ta`sirida namoyon bo`lib, milliy g`oya qadriyatlarni yanada yuksaltuish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf qilish vazifalarini ham bajaradi. Milliy g`oya va milliy mafkuraning muhim vazifalaridan biri - kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdan iboratdir. Millatning tub manfaatlari, uning o`z o`tmishiga bergan bahosi va kelajakka ishonchi milliy g`oyada o`z aksini topadi. Yuksak ma`naviyatga, pokiza axloqqa, demokratiya tamoyillariga tayangan milliy g`oya jamiyatni rivojlanishga yetaklab, O`zbekislonda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida demokratiyaning butun dunyoda e`tirof etilgan asosiy tamoyillariga bevosita tayanilmoqda. Bu tamoyillar - erkin va adolatli saylovlar, ochiq va hisobot beruvchi hukumat, inson huquqlarining ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylanib qo`yilishi, so`z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi, qonun ustuvorligi, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarining mavjudligi hamda ularning tengligi, tayinlash yo`li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo`yiladigan organlar oidida hisob berishda burchliligi, ko`ppartiyaviylik tizimining mavjudligi, umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o`tkazilishi, jamiyatda plyuralizm, ya`ni fikrlar xilma-xilligi, turli- tumanligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi kabilardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |