13-MAVZU: MILLIY G`OYANING O`ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI, RIVOJLANISH MEXANIZMLARI
VA VOSITALARI
13.1.Milliy g`oyaning o`ziga xos xususiyatlari. Milliy g`oyaning muayyan mamlakat yoki xalq maqsadlari va taraqqiyot yo`li bilan bo`liqligi
Milliy g`oya, eng avvalo, milliy ongning mahsuli bo`lib, u odamlarning e`tiqodiga aylanishi bilan milliy ongning yanada rivojlanishiga olib keladi. Milliy ongning rivojlanib borishi esa, o`z navbatida milliy g`oyaning takomillashib. rivojlanib borishiga ta`sir ko`rsatadi.
Milliy ongning rivojlanishi milliy o`zlikni anglashdan boshlanadi. Milliy ong mazmun jihatdan milliy g`oyadan kengroq bo`lsada, milliy g`oya uning asosiy, umumiy mohiyatini ifodalaydi. Milliy ongi o`zaro uyg`un va mushtarak bo`lgan millat hamda etnik birliklar muayyan milliy g`oya atrofida birlashib, muayyan maqsadni o`z oldiga qo`ygan tarzda faoliyat yuritadi. Milliy ong - har bir millat yoki elatning tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e`tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning bevosita ta`siri tufayli shakllangan dunyoqarashi. iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma`naviy sohalardagi faollik darajasini ifodalovchi tushunchadir. Milliy ong millatning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, mehnati, boshqa millatlar bilan muloqot va aloqadorhgi jarayonida paydo bo`ladi. Milliy ong alohida milliy muhitda sodir bo`lib, uning shakllanishiga tarixiy taraqqiyotda to plangan bilimlar, siyosiy va huquqiy g`oyalar, san`at sohasida erishilgan yutuqlar, axloq, din va ijtimoiy ruhiyat singari jamiyat ongiga ta`sir ko`rsatadi. Milliy ong tarixiy tajribani, oldin o`tgan ajdodlar ishlab chiqqan bilimlarni va tafakkur-mantiq usularini o`ziga singdirib, voqelikni g`oyaviy tarzda o`zlashtirib, muayyan vazifalarni o`z oldiga qo`yadi. Milliy ong - O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biri bo`lib, mustaqillikka erishgan millat o`z vazifalarini umummilliy g`oya va mafkura sifatida qanchalik chuqur va har tomonlama anglab yetsa, bu g`oya va mafkuraning moddiy kuchga, bunyodkorlik omiliga aylanishi shu darajada samarali bo`ladi.
Milliy g`oya milliy ongning milliy burch va mas`uliyat bilan bevosita bog`langan holdagi ko`rinishi bo`lib, milliy g`oya kishilarning ongidagi o`zgarishlarning asosiy mezoni va ko`rsatkichiga aylangandagina o`zining asosiy ijtimoiy funksiyalarini bajara oladi. Demokratik jamiyatning barpo etilishida ma`naviy-ma`rifiy va mafkuraviy jarayonlar muhim rol o`ynaydi, shu bilan birgalikda ijtimoiy ong shakllari, ayniqsaб mafkuraб g`oya, kishilarning turmush tarzi, tafakkuri tarzida ham ko`pgina o`zgarishlar sodir bo`ladi.
Milliy g`oya O`zbekistonning umumiy va yagona Vatan ekanligini tushunish, davlat tilini o`rganish, hurmat qilish, istiqlolga sadoqat, mustaqillikni mustahkamlash va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o`z hissasini qo`shishga intilish kabi jarayonlarni o`zida ifodalaydi. Shu bilan birgalikda, milliy g`oyada kishilarning milliy-madaniy va ma`naviy merosni asrab-avaylash, jamiyatning madaniy-iqtisodiy kamolotiga intilish, etnik munosabatlarda umuminsoniylikning ustuvorligi kabi tuyg`u va maqsadlar ham o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, milliy manfaatlar, ehtiyojlarning umumiy maqsadlarga bo`ysundirilganligi, milliy g`urur, milliy o`zlikni anglash jarayonlarining mamlakatning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga yo`naltirilganligi, siyosiy institutlar, partiyalar, jamoat tashkilotlari hamkorligi, diniy qavmlarning o`zaro hamjihatligi milliy g`oyaning rivoji va ko`zlangan maqsadlarga erishishida muhim ahamiyatga egadir. Milliy g`urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o`z-o`zini anglashi asosida shakllanadigan. ajdodlar qoldirgan moddiy va ma`naviy merosdan, o`z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi, o`zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro`-e`tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushunchadir. Milliy iftixor - millatning yutuqlari, obro`- e`tibori bilan faxrlanish tuyg`usidir. Milliy g`urur va iftixor o`z eliga. millatiga jonkuyar bo`lish, o`z millatining moddiy, ma`naviy merosini asrab-avaylash, xalqimizning urf-odatlari, an`analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish, o`z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilishni o`zida ifodalaydi. Milliy g`oya xalqimizning asosiy maqsad- muddaolarini o`zida ifodalaydi, uning o`tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog`laydi, asriy orzu-islaklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Milliy g`oya O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma`naviyati, an`ana va udumlari, ulug` bobokalonlarimizning o`lmas merosidan oziqlanadi. Milliy g`oya adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g`oyalari hamda xalqimizning ishonch va e`tiqodini aks ettirib, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta`minlashga xizmat qiladi. Milliy g`oya jamiyat a`zolarini, aholining barcha qatlamlarini O`zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etib, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat va o`zaro hurmat tuyg`usini qaror toptiradi. Shu bilan birgalikda milliy g`oya jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma`rifiy yo`l bilan singdiriladi. Milliy g`oya o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qilib, jamiyatdagi barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning umumiy manfaatlarini ifodalaydi. Milliy g`oya mamlakatning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi hamda davlatimizning hududiy yaXIItligi va sarhadlari daxlsizligini ta`minlashga yordam beradi. Milliy g`oya qonun ustuvorligini ta`minlashga xizmat qiladi. U demokratiya va o`z-o`zini boshqarishning hayotda mustahkam o`rin egallashiga asoslanadi. Milliy g`oya milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg`unligiga tayanadi. Shu bilan birga u xalqaro huquq qoidalariga mos kelib, iqtisodiy plyuralizm va xihna-xil mulkchilikning erkin shakllanishini ta`minlaydi. Milliy g`oya vijdon erkinligi, fikrlar xilma-xilligi muhitini shakllantirib, aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiyligi jarayonlariga xizmat qiladi. Milliy g`oya respublikamizda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida untilib kelgan orzu-idealarini, oliyjanob maqsad-muddaolarini o`zida mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |