O‘zbekiston Respublikasining Milliy аrхiv fоndi



Download 0,78 Mb.
bet1/4
Sana09.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#647902
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu boyicha maruza matni.архив


O‘zbekiston Respublikasining Milliy аrхiv fоndi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi – bu O‘zbekiston xalqlari tarixiymadaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va ma’naviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tarixan paydo bo‘lgan, doimo to‘ldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlarining majmuidir.
2-ilоvа
"Grafik organayzer" usuli

Milliy arxiv fondi (MAF) tarkibi



Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini quyidagilar tashkil etadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning;

  • sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq ta’limi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning;

  • ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning;

  • vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari;

    1. Kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgunga qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari;

    2. O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari;

    3. Qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yoki ularga berilgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari;

    4. Arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.

Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismini nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati natijasida tashkil etilgan arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning; nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta’lim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining; jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish